Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/30
tarix29.09.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#124941
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
77e4bdd36bbc099a9e608bda1f9f1862 Табиий ва синтетик полимерлар асосида биологик парчаланадиган композитсион материаллар яратиш.

3-bosqich
. O’quvchilarga dars Metallar mavzusini modulli texnologiya 
asosida o’tilganda ularning o’zlashtirishi aniqlandi. Kimyo fani bilimlarini maxsus 
ishlab chiqilgan o’quv modullari yordamida mustaqil o‘rganish faoliyati sinab 
ko‘rildi[23]. 


49 
Eksperiment natijalarning aniq bo‘lishini ta’minlash maqsadida kimyoviy
bilimlari bir-biriga deyarli teng bo‘lgan sinflar (eksperiment va taqqoslash 
guruhlari sifatida) tanlab olindi. Bunday guruhlarni tanlashdagi asosiy talablardan 
biri eksperiment va taqqoslash guruhlarida bir nafar o‘qituvchining o‘zi dars va 
darsdan tashqari mashg‘ulotlar olib borish zarurligiga e’tibor qaratildi. 
Eksperimental tajriba uchun Buxoro tuman G’ijduvon tuman 62-son IDUM 
maktabida olib borildi. 
Eksperimental tadqiqotning asosiy maqsadi maktab o‘quvchilarining
kimyodan Metallar mavzusini darsda o‘quv faoliyatini tashkil etish va 
takomillashtirishning didaktik-metodik qoidalari va qonuniyatlarini ishlab 
chiqishdan iborat. Shuningdek, o‘quvchilarning mustaqil bilim olish 
samaradorligini oshirishda o‘qitishning turli xil noan’aviy usullaridan 
foydalanishdir . 
Eksperiment uchun kimyo kursining ”Metallar” bo‘limi bo‘yicha nazorat 
ishlari ishlab chiqildi va yetarli miqdorda ko‘paytirildi .
Tajriba-sinov ishlari o‘tkazishdan oldin eksperimental va taqqoslash guruhi 
o‘quvchilari kimyodan ishlab chiqilgan test topshiriqlarining asosiy shakllari 
hamda ularga javob berish tartibi bilan tanishtirib o‘tildi. 
Tajriba-sinov ishlarini o‘tkazishda eksperimental guruh o‘quvchilariga 
internet saytida berilgan ma’lumotlar manzili berildi. Mavzuga tegishli 
ma’lumotlar buxdu.uz saytining masofaviy ta’lim qismida joylashtirilgan.
Umumiy kimyo darslarda internetda joylashtirilgan ma’lumotlarga tegishli 
mustaqil topshiriqlar berildi. Har darsda bu topshiriqlarning bajarilishi nazorat 
qilindi. O‘quvchilarning uyda mustaqil shug’ullanishlarini nazorat qilish uchun 
eksperimental va taqqoslash guruhlarida ham bir xil, ya’ni test topshiriqlarining 2-
varianti orqali har bir darsda 100 ballik sistemada maxsus formula yordamida 
baholab borildi. 
Umumiy kimyodan modulli ta’lim texnologiyalari asosida dars o’tilganda
test topshiriqlari yordamida tekshirildi. O‘quvchilarning internet bilan mustaqil 


50 
ishlashini tashkil etish orqali ularning dars materiallarini chuqurroq 
o‘zlashtirishlariga erishish mumkinligi tajriba-sinov ishlarida tasdiqlandi. 
Metallar bobiga 32 soat ajratilgan. Bu besh oyga mo’ljallandi. Mavzular 4 
ta modulga ajratildi. Shu modul asosida darslar o’tildi.
Eksperimental guruhlarda kimyo darslari modulli ta’lim texnologiyalari 
asosida o’tildi. Taqqoslash guruhlarida esa boshqa ilg’or pedagogik texnologiyalar 
asosida o’tildi. Har ikkala guruh o‘quvchilarining o‘zlashtirish darajasi bir xil 
nazorat topshiriqlari yordamida baholandi.[26] 
Guruh o’quvchilarining tеxnologiyalari vositasida bilim olish jarayonida 
o’zlashtirish samaradorligi bilim darajasining o’zgarishini aniqlash yo’li bilan 
tasdiqlandi.Bo’lim yuzasidan olingan natijalarga asoslanib, metallarning tabiatda 
tarqalishi, olinishi va ishlatilishi, metallarning fizik va kimyoviy xossalari, metallar 
karroziyasi va boshqa bo’limlar modulli ta’lim texnologiyalari asosida o’tildi. Bu 
jarayondagi o’zgarishlar ko’rsatgichi quyidagicha:
 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə