Buxoro davlat universiteti "tasdiqlayman"


-mavzu. Klassik psixoanaliz va uning modifikatsiyalari



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə6/30
tarix11.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#145073
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
1.10. UMUMIY PSIXOLOGIYA NAZARIYASI 2023-2024

2-mavzu. Klassik psixoanaliz va uning modifikatsiyalari
Psixoanaliz nazariyasi psixik voqeilikni ilmiy bilish shakli sifatida. Psixologik nazariyaning o‘ziga xosligi. Implitsit konseptsiya (Dj. Bruner va I'. Tagiuri). Eksplitsit konsepsiya. Z.Freydning klassik psixoanalizi. Ilmiy ijodning uch bosqichi: affektiv jarohat modeli, topik va strukturali modellar. Freyd bo‘yicha psixoseksual taraqqiyot bosqichlari. K.Yungning analitik psixologiyasi. Psixika tuzilmasi. Arxetip va psixik funksiya tushunchalari. Individuatsiya va uning bosqichlari. Shaxs tipologiyasiga yondashuvlar. A.Adlerning Individual psixologiyasi. Nomukammallik tuyg‘usi va nomukammallik kompleksi. Shaxsiy va konstruktiv ustuvorlik hamda qiziqishlar. Ijodiy Men. Hayotiy maqsad va hayotiy uslublari tushunchalari. Klassik psixoanaliznish olti tamoyili. Zamonaviy psixoanalizning asosiy yo‘nalishlari ego­psixologiya (X. Gartmann, A. Freyd, E. Erikson), Ob'ektiv munosabatlar psixologiyasi (M. Klyayn, M. Balint, X. Koxut). Psixoanalitiklarning ishlarida mehr va ajralish muammolari (Dj. Boulbi, M. Maler). Ko‘chish va qarama-qarshilik. Ko‘chish reaksiyasining namoyon bo‘lish tiplari, ko‘chishning asosiy elementlari, ko‘chish turlari klassifikatsiyasi. Qarama- qarshilik va uning klinik namoyon bo‘lishi. Qarama-qarshilik klassifikatsiyalari. Psixologik himoya mexanizmlari va ularni diagnostika metodlari.


3-mavzu. Psixologiyada shaxsning o‘rganishlar nazariyasi
O‘rgatish qonuni (E. Torndayk). Dj.B.Uotson va E.K. Tolmenning insonga nazariy qarashlari. K.Xallning o‘rgatish nazariyasi. Skinnerning operant shartlanganlik nazariyasi. Operantlik va respondentlik xulq- atvor. O‘rgatish jarayon sifatida. Mustahkamlash rag‘batlantirish va jazolash ko‘rinishida. Mustahkamlash tartiblari. Psixopatologiyada o‘zlashtirilmagan va adaptatsiyalashmagan reaksiyalar. O‘rgatish psixologiyasida terapiya prinsiplari. O‘rgatish va sotsial kognitiv nazariyalarining o‘xshashlik va tafovutlari. Kuzatish yo‘li bilan o‘rganish. Diqqat, xotira, harakatni o‘zlashtirish. Motivatsiya kuzatish jarayoni ta’limining to‘rt jabhasi.
O‘zin-o‘zi samaradorligini oshirish va uning baholash manbalari.



Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə