Buxoro davlat universiteti "tasdiqlayman"


II. Asosiy nazariy qism (ma'ruza mashg‘ulotlari)



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə2/30
tarix11.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#145073
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
1.10. UMUMIY PSIXOLOGIYA NAZARIYASI 2023-2024

II. Asosiy nazariy qism (ma'ruza mashg‘ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
I MODUL. “PSIXOLOGIYAGA EVOLYUTSION KIRISH”
1-mavzu. Psixologiya fan sifatida
Psixologiya fani predmeti, vazifalari, ob’ekti va ahamiyati. Psixologik bilimlar olami. Psixologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishi. Psixologik maktablar. Psixologiya rivojiga hissa qo‘shgan ulug‘ olimlar. Psixologiya tarmoqlari. Psixologiya fani rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari. Psixolog - mutaxassislar tayyorlash muammolari.


2-mavzu. Psixologiya kasb sifatida
Psixologiya kasb sifatida. Psixologlarning kasbiy faoliyat turlari. G‘arb mamlakatlari va MDHda mutaxassis psixologlarni tayyorlashni sifatini oshirish jihatlari. Psixologlarni tayyorlash bosqichlari. Psixologlar jamiyati va assotsiatsiyalarini shakllanishi. Ilmiy tadqiqotlar psixologlar faoliyati turi sifatida. Amaliy psixologik ish psixologlar faoliyat turi sifatida. Psixologik bilimlarni o‘rgatish psixolog faoliyati turi sifatida.


3-Mavzu. Antik davr psixologiyasi
Antik davr psixologiyasida jon haqida materialistik ta'limotlarning asosiy holatlari. Antik materiallizm cho‘qqisi, avtomatik materializm. Demokrit va uning ustozi Livkini dunyoqarashlari (mill.avv. U asr). Antik materiallizmda “jon” haqidagi ta'limotlar. Demokrtining jon haqidagi tushunchasi. Epikurning jon haqidagi tasavvuri. Jonning 8 qismi haqidagi stoiklar tasavvurlari. Ong haqida ta'limotlar.


4- Mavzu. Sharq mutafakkirlarningpsixologik g‘oyalari (IX-XV) asrlar
O‘rta asrlarda Markaziy Osiyo mutafakkirlarning psixologik qarashlari. Abu Nasr Farobiyning (873-950 yy.) psixologik qarashlari. Abu Rayxon Beruniy (973-1048yy.) ning psixologik qarashlari. Mutafakkirning «Mineralogiya» « Geodeziya», «Hindiston», «O‘tgan avlodlar obidalari» nomli asarlar psixologiya sohalariga oid ma'lumotlar. Abu Ali ibn Sino umr davrlari psixologiyasiga oid qarashlari va ularning bugungi kun fan uchun ahamiyati. Yusuf Xos Xojib XI asrning atoqli mutafakkir. Uning psixologik qarashlari.



Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə