Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish


-rasm. Hududlar kesimida qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi



Yüklə 2,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/93
tarix11.08.2023
ölçüsü2,5 Mb.
#120506
növüУчебник
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   93
agrobiznes

1.2-rasm.
Hududlar kesimida qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi 
mahsulot (xizmat)larining hajmi 
1.2-rasmdan ko’rinib turibdiki, 2019–yilda hududlar kesimida 
qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi mahsulot (xizmat)larining eng yuqori 
hajmi Samarqand (30,3 trln. so’m) va Andijon (24,4 trln. so’m) 
viloyatlariga to’g’ri kelmoqda. Aksincha, kam hajmga ega hududlarga 
Sirdaryo viloyati (7,3 trln. so’m), Qoraqalpog’iston Respublikasi (8,1 
trln. so’m) va Navoiy viloyatini (10,3 trln. so’m) keltirib o’tish mumkin. 
Respublika ko’rsatkichidan (102,5 foiz) yuqori o'sish sur'atlari 


14 
Qoraqalpog’iston Respublikasi (106,6 foiz), Xorazm (105,7 foiz), 
Surxondaryo (104,6 foiz), Buxoro va Jizzax (104,3 foiz), Farg’ona 
(104,2 foiz), Andijon (103,4 foiz) viloyatlarida kuzatildi. Toshkent (93,8 
foiz), Sirdaryo (101,2 foiz), Qashqadaryo (101,5 foiz), Samarqand 
(102,2 foiz) va Navoiy (102,3 foiz) viloyatlarida esa aksincha, o’sish 
sur'atlari pastligi kuzatildi.
 
Xususan, yuqori o'sish sur'atlari Surxondaryo (106,6 foiz), Navoiy 
(104,1 foiz) viloyatlarida, Qoraqalpog’iston Respublikasida (103,8 foiz) 
va Farg’ona (103,3 foiz) viloyatida kuzatildi. Xorazm (100,1 foiz), 
Toshkent va Qashqadaryo (100,8 foiz) vilotlarida esa aksincha past 
sur'atlar kuzatildi. 
Manba: www.stat.uz 
1.3-rasm. Hududlar kesimida qishloq, o’rmon va baliq
xo’jaligi mahsulot (xizmat)larining taqsimlanishi. 
Respublikaning qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi mahsulot 
(xizmat)larining umumiy hajmida Samarqand viloyatining ulushi 13,5 
foizni tashkil etdi va hududlar bo’yicha yuqoriligicha qolmoqda, 
Andijon, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari mos ravishda 10,9 foiz va 
9,1 foiz ko'rsatkich bilan keyingi o'rinlarni egalladi. Eng kam ulush 
Sirdaryo viloyati (3,2 foiz) Qoraqalpog’iston Respublikasi (3,6 foiz) va 
Navoiy viloyatida (4,6 foiz) qayd etildi (1.2-rasm). 


15 
2019 – yilda ishlab chiqarilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 
108,3 trln. so'mni yoki 2018 yilning mos davriga nisbatan 103,7 foizni 
tashkil etdi. Ishlab chiqarilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarining 
umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 50,2 foizni 
tashkil qildi. Respublikaning barcha toifadagi xo’jaliklarida 7 187,4 
ming tonna (110,0 foiz) – don ekinlari, 2 950,9 ming tonna (101,3 foiz) 
kartoshka, 9 945,5 ming tonna (101,9 foiz) – sabzavotlar, 1 922,2 
ming tonna (104,6 foiz) – oziqbop poliz, 2 739,6 ming tonna (101,2 foiz) 
– mevalar, 1 595,2 ming tonna (100,3 foiz) – uzum ishlab chiqarildi.
Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 107,4 trln. so'mni 
yoki 2018 – yilning mos davriga nisbatan 101,7 foizni tashkil qildi. 
Ishlab chiqarilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida 
chorvachilik mahsulotlarining ulushi 49,8 foizni tashkil etdi. Barcha 
toifadagi xo'jaliklar tomonidan tirik vaznda 2 465,0 ming tonna go’sht 
(2018 – yilning yanvar – dekabriga nisbatan 1,4 foizga ko’p), 10 710,8 
ming tonna sut (2,3 foizga ko’p), 7 757,4 mln. dona tuxum (4,0 foizga 
ko’p), 35,4 ming tonna jun (2,3 foizga ko’p), 1 173,8 ming dona 
qorako’l teri (8,2 foizga ko’p) ishlab chiqarildi. 
Xo'jaliklar toifalari bo'yicha tahlillar, qishloq xo'jaligi mahsulotlari 
umumiy hajmining 70,1 foizi – dehqon (shaxsiy yordamchi) 
xo'jaliklariga, 26,9 foiz – fermer xo'jaliklariga, 3,0 foiz – qishloq 
xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to'g’ri kelishini 
ko'rsatmoqda.
Qishloq xo'jaligi mahsuloti ulushining hududlar bo'yicha xo'jaliklar 
toifalari kesimida taqsimlanishi tahlil qilinganda, eng yuqori 
ko'rsatkichlar 
barcha 
hududlarda 
dehqon 
(shaxsiy 
yordamchi) 
xo'jaliklariga to'g’ri kelishi kuzatildi. 2019 – yilning yanvar – dekabr 
oylari yakunlariga ko’ra ishlab chiqarilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari 
tarkibidagi fermer xo’jaliklarining ulushi bo`yicha eng yuqori 
ko`rsatkich Samarqand viloyatida (33,5 foiz), dehqon (shaxsiy 
yordamchi) xo'jaliklarining eng yuqori ulushi Navoiy viloyatida (78,7 
foiz), qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning eng 
yuqori ulushi Toshkent viloyatida (10,3 foiz) qayd etildi. Fermer 
xo’jaliklarining qishloq xo'jaligi mahsuloti tarkibidagi ulushi bo`yicha 


16 
eng kam ko`rsatkich Navoiy viloyatida (18,1 foiz), dehqon (shaxsiy 
yordamchi) xo'jaliklarining eng kam ulushi Samarqand viloyatida (63,7 
foiz), qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning eng 
kam ulushi Xorazm viloyatida (1,1 foiz) qayd etildi (1.4-rasm).
Qishloq xo'jaligi yalpi mahsulotining ulushi xo'jaliklar toifalari 
bo'yicha taqsimlanishi hududlar kesimida tahlil qilinganda, eng yuqori 
ko'rsatkichlar 
barcha 
hududlarda 
dehqon 
(shaxsiy 
yordamchi) 
xo'jaliklariga to'g’ri kelishi kuzatildi. 
Manba: www.stat.uz 

Yüklə 2,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə