Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish


-rasm. Ishlab chiqarilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarining



Yüklə 2,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/93
tarix11.08.2023
ölçüsü2,5 Mb.
#120506
növüУчебник
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   93
agrobiznes

1.4-rasm. Ishlab chiqarilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarining 
xo'jaliklar toifalari bo'yicha taqsimlanishi, hududlar kesimida. 
Dehqon (shaxsiy yordamchi) xo'jaliklari dehqonchilik mahsulot-
larining aksariyat turlarini asosiy ishlab chiqaruvchilari bo'lib qolmoqda, 
hisobot davrida kartoshka umumiy hajmining 77,9 foizi, sabzavotlarning 
66,2 foizi, meva va rezavorlarning 53,5 foizi ular tomonidan ishlab 
chiqarildi. Don ekinlarining esa asosiy qismi fermer xo'jaliklari 


17 
tomonidan ishlab chiqarildi, ishlab chiqarilgan ushbu mahsulot 
hajmining 80,7 foizi ular hissasiga to’g’ri keladi. 
Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini xo'jaliklar 
toifalari bo'yicha tahlil qilar ekanmiz, tirik vaznda go'shtning umumiy 
hajmidan 94,0 foizi dehqon (shaxsiy yordamchi) xo'jaliklari hissasiga 
to’g’ri kelishini qayd etish lozim, shuningdek sutning 95,6 foizi, 
tuxumning 60,8 foizi, junning 87,5 foizi, qorako’l terining 83,2 foizi 
ham dehqon (shaxsiy yordamchi) xo'jaliklari hissasiga to’g’ri keladi. 
 
1.2.
 
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida agrar sohani 
rivojlantirish yo’llari. 
Iqtisodiy rivojlanishning innovatsion yo’liga o’tish nafaqat 
O’zbekiston iqtisodiyotining qishloq xo’jaligi tarmog’ida to’planib 
qolgan muammolarni, balki ushbu tarmoq oldida turgan asosiy 
vazifalarni ham hal etish zarurligi bilan bog’liq. Hozirgi sharoitda 
innovatsion faoliyat qishloq xo’jaligini rivojlantirishning asosiy omili 
hisoblanadi. Mazkur omildan imkon qadar ko’proq foydalanish 
mamlakatimizda 
agrosanoat 
majmuining 
barqaror 
rivojlanishini 
ta’minlashning yagona yo’lidir. Ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar 
jadallashib, jahon iqtisodiyotining globallashuvi kuchayib borayotgan 
sharoitda 
mamlakatimiz 
qisqa 
muddatda 
qishloq 
xo’jaligini 
rivojlantirishning innovatsion yo’liga jadal o’tishni amalga oshirishi, 
iqtisodiyotning ushbu strategik ahamiyatga ega bo’lgan tarmog’ini 
zamon talablariga javob beradigan sifat jihatdan yangi texnik-texnologik 
asosda tiklashi lozim. Aks holda, qishloq xo’jaligi tarmog’i 
rivojlanishdan ortda qoladi va o’zining raqobatbardoshligini ta’minlay 
olmaydi. Hozirgi kunga qadar qishloq xo’jaligining rivojlanishi eng 
muhim ustuvor yo’nalishlardan biri bo’lib kelgan va bundan keyin ham 
shunday bo’lib qoladi. Chunki, qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishning 
samaradorligi, mamlakatimizning iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligini 
ta’minlash, nafaqat qishloq aholisi, balki mamlakatimiz aholisining 
moddiy farovonligini oshirish bebaho boyligimiz bo’lgan yerimizning 
unumdorligi, uning sifatini muntazam yaxshilab borish bilan uzviy 
bog’liqdir. 


18 
O’zbekiston qishloq xo’jaligi tarmog’ining barqaror rivojlanishi 
ko’p jihatdan innovatsion faoliyatning samaradorligiga bog’liq. 
Innovatsiyalarni o’zlashtirish natijasida qishloq xo’jaligida ishlab 
chiqarish bazasi texnologik, texnik va tashkiliy-iqtisodiy jihatdan 
yangilanib boradi. Bu esa o’z navbatida, O’zbekistonning jahon 
bozoriga integratsiyasini kuchaytiradi. Mamlakatlar iqtisodiyoti turi va 
rivojlanish darajasiga qarab, asosan, xom-ashyo ishlab chiqarishga 
ixtisoslashgan 
iqtisodiyot, 
industrial 
iqtisodiyot, 
postindustrial 
iqtisodiyot, aralash iqtisodiyot va innovatsion iqtisodiyot yoki bilimlar 
iqtisodiyotiga 
asoslangan 
mamlakatlarga 
bo’linadi. Innovatsion 
iqtisodiyot iqtisodiyotning eng yuqori rivojlangan turi hisoblanadi va u 
uchun bilimli jamiyat xosdir. Hozirgi kunda fan-texnika yutuqlarini 
keng joriy etish va undan samarali foydalanish uchun turli mexanizmlar 
va 
institutsional 
tuzilmalar, 
ya’ni milliy innovatsion tizim 
shakllanmoqda. 
Qishloq 
xo’jaligini barqarorlashtirishda qishloq 
xo’jaligini texnologik jihatdan modernizatsiya qilish ustuvor 
yo’nalishlardan biridir. 
Bugungi 
kunda 
O’zbekistonda 
innovatsion 
jarayonlarni 
chuqurlashtirishga va innovatsiya bazasini mustahkamlash uchun barcha 
zarur ijtimoiy-iqtisodiy asoslar mavjud. Biroq agrar sohani innovatsion 
rivojlanish yo’liga o’tkazish, yoki boshqacha aytganda, innovatsion 
loyihalarni bir, hatto bir necha fermer xo’jaliklari miqyosida ham 
amalga oshirishda muammolar mavjud, chunki: birinchidan, fermer 
xo’jaliklari va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi sub’ektlar 
hozirgi vaqtda ilmiy tadqiqot ishlariga buyurtma berish hamda 
tadqiqotlarni moliyalashtirishda ishtirokining sustligi; ikkinchidan, ilg’or 
innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishda tadqiqot olib borish va 
ilmiy-tadqiqotlarni moliyalashtirishni ham xo’jalik sub’ekti o’zi amalga 
oshira olmaydi; uchinchidan, yangi texnologiya, yangi navlardan 
foydalanish uchun qishloq xo’jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilar va 
qayta ishlovchilarning yetarli darajada bilimlarga ega emasligi, ular 
olimlar va mutaxassislar xizmatidan foydalanishlari zarur, shuningdek, 
mahsulotni qayta ishlash va sotishda ham fermerlar ma’lum darajadagi 
qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar; to’rtinchidan, oliy ta’lim va ilmiy 


19 
tadqiqot muassasalari olimlari tomonidan tayyorlangan innovatsion 
ishlanmalarga ishlab chiqaruvchilarning talabi yetarli darajada emasligi, 
ular o’rtasida uzviy bog’liqlik mavjud emas; beshinchidan, ayrim 
qishloq xo’jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarning mas’uliyatsizligi. 
Jahonda ro’y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar hamda 
mamlakatlararo integratsiya sharoitida respublikada qisqa vaqt ichida 
qishloq xo’jaligi tarmog’ini va qishloqni, shu bilan birga qishloq 
infratuzilmasini, yangi innovatsion rivojlanish yo’liga o’tishi zarur. Bu 
yo’l orqali zamonaviy texnik-texnologik asosida qishloqning mavqeini 
oshirish 
imkoniyati 
paydo 
bo’ladi. O’zbekiston iqtisodiyotini 
innovatsion rivojlanish yo’liga o’tish hozirgi kundagi ustuvor 
vazifalardan biri sifatida baholanib kelinmoqda. Tahlillarga ko’ra, 
O’zbekiston agrar sektorida innovatsiyalar hajmi jami yalpi ichki 
mahsulot hajmida 1-2 foizni tashkil etadi, qishloq infratuzilmasi 
tarmog’ida esa bu ko’rsatkich undan ham kam, vaholanki ushbu 
ko’rsatkich boshqa rivojlangan mamlakatlarda 50-60 foizdan ko’proqni 
tashkil etadi. 
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligini 
oshirish qishloq xo’jaligi korxonalarida ishlab chiqarishni ratsional 
tashkil etish, fan va texnika taraqqiyoti yutuqlaridan keng foydalanishni, 
yuqori samara beradigan yangi mashinalar va asbob-uskunalarni, 
agrotexnika va zootexnika usullarini, mehnat va ishlab chiqarishni 
tashkil etishni yangi metodlarini joriy etishni taqozo qiladi. Eng samarali 
usul va metodlarni tanlash va joriy etish uchun ularni oldindan tekshirib 
ko’rish, ularga tashkiliy - iqtisodiy jihatdan baho berish talab qilinadi. 
Qishloq 
xo’jalik korxonalarida bunday baho berish milliy 
iqtisodiyotning 
samaradorlik 
mezoni, 
ya’ni ijtimoiy mehnat 
unumdorligining 
oshirish 
asosida 
amalga 
oshiriladi, 
mehnat 
unumdorligining oshishi esa ishlab chiqarish hajmini va milliy 
daromadni o’stirishda ifodalanadi. Bunga har bir qishloq xo’jalik 
korxonasida ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish va mahsulot sifatini 
yaxshilash, mahsulot birligiga sarflanadigan jonli va buyumlashgan 
mehnat xarajatlarini qisqartirish, sof daromadni orttirish asosida 
erishiladi.


20 

Yüklə 2,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə