Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish



Yüklə 2,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/93
tarix11.08.2023
ölçüsü2,5 Mb.
#120506
növüУчебник
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   93
agrobiznes

 
Oilaviy tadbirkorlik 
Bugun rivojlangan davlatlar tajribasida kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashning eng samarali 


51 
vositasi, aholi bandligi va daromadlarini oshirib borishning muhim omili 
sifatida e'tirof etilmoqda. Mamlakatimizda ham mustaqillikning 
dastlabki yillaridan boshlab davlatimiz tomonidan soha vakillarining 
samarali faoliyat yuritishi uchun zarur normativ-huquqiy baza yaratilib, 
muntazam takomillashtirilib borilmoqda.
Shuni alohida qayd etish joizki, 2012 yil 26 aprelda O‘zbekiston 
Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonunining qabul 
qilinganligi tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan 
fuqarolarga qo‘shimcha imkoniyat va qulayliklar yaratdi.
Gap oilaviy tadbirkorlikni amalga oshirish to‘g‘risida ketar ekan, er-
xotindan biri er-xotinning umumiy birgalikdagi mol-mulkidan 
foydalanadigan hollarda vujudga keladigan munosabatlarni huquqiy 
tartibga solish masalasi muhimdir. Chunonchi qonunlarda, nikoh 
shartnomasida yoki er-xotin o‘rtasidagi o‘zga kelishuvda boshqacha 
qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, bunday holda er (xotin)ning roziligi 
talab qilinadi. Bunday rozilik notarial tasdiqlangan bo‘lib, qaysi mol-
mulkdan foydalanishga kelishilgan bo‘lsa, ushbu mol-mulkka tegishli 
ma'lumotlar qayd etilishi lozim. 
Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga 
oshirish tadbirkorlikning er-xotinning umumiy mol-mulki negizida ular 
tomonidan amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik turida (ish 
muomalalarida) er-xotin nomidan erning yoki xotinning roziligi bilan 
ulardan biri ishtirok etadi, bu rozilik yakka tartibdagi tadbirkor 
ro‘yxatdan o‘tkazilayotganda tasdiqlanishi lozim. 
Oilaviy tadbirkorlikda er-xotinning umumiy birgalikdagi mol-
mulkidan foydalanishda qonun oilaning voyaga yetgan boshqa 
a'zolarining manfaatlarini inobatga olgan, xususan, agar tadbirkorlik 
faoliyati obyekti sifatida uy-joydan foydalanish bilan bog‘liq oilaviy 
tadbirkorlik amalga oshirilayotganda uy-joy mulkdorlaridan birining ish 
muomalalariga kirishishi oilaning voyaga yetgan boshqa a'zolarining 
notarial tasdiqlangan roziligi bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, oilaviy tadbirkorlikni yuridik shaxs tashkil 
etmagan holda olib borish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2009 yil 29 iyuldagi “Yuridik shaxs tashkil etmasdan 


52 
oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish 
va kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 216-son qarorida ham 
ko‘rsatilgan.
Yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshiriladigan oilaviy 
tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakli oilaviy korxonadir. Qonuning 
4-moddasiga binoan “Oilaviy korxona uning ishtirokchilari tomonidan 
tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) va 
realizatsiya qilishni amalga oshirish uchun ixtiyoriy asosda, oilaviy 
korxona ishtirokchilarining ulushli yoki birgalikdagi mulkida bo‘lgan 
umumiy mol-mulk, shuningdek oilaviy korxona ishtirokchilaridan har 
birining mol-mulki negizida tashkil etiladigan kichik tadbirkorlik 
sub'ektidir.
Oilaviy korxona faoliyati uning ishtirokchilarining shaxsiy 
mehnatiga asoslanadi. Oilaviy korxona tadbirkorlik sub'ektlarining 
tashkiliy-huquqiy shakllaridan biridir. Oilaviy korxona faoliyatni faqat 
yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshirishi mumkin.
Oilaviy korxona o‘z mulkida alohida mol-mulkka ega bo‘lishi, o‘z 
nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda amalga 
oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda da'vogar va javobgar 
bo‘lishi mumkin.
Oilaviy korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha qonunga muvofiq 
undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan o‘ziga tegishli barcha mol-mulk 
bilan javob beradi.
Oilaviy korxona ishtirokchilari korxona mol-mulki yetarli 
bo‘lmaganda oilaviy korxonaning majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli 
mol-mulk bilan qonun hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar bo‘ladi. 
Oilaviy korxona qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarni yollashni 
amalga oshirishi mumkin. Oilaviy korxona ishtirokchilarining va uning 
yollanma xodimlarining umumiy soni kichik tadbirkorlik sub'ektlari 
xodimlarining qonun hujjatlarida belgilangan o‘rtacha yillik sonidan 
ko‘p bo‘lishi mumkin emas. Bunda oilaviy korxona ishtirokchilarining 
eng kam soni ikki kishidan oz bo‘lmasligi kerak. 
Oilaviy korxona to‘liq firma nomiga ega bo‘lishi lozim va 
qisqartirilgan firma nomiga ega bo‘lishga haqli. Oilaviy korxonaning 


53 
to‘liq firma nomi uning to‘liq nomini va “oilaviy korxona” degan 
so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak. 
Oilaviy korxonaning qisqartirilgan firma nomi uning qisqartirilgan 
nomini va “oilaviy korxona” degan so‘zlarni yoki “OK” abbreviaturasini 
o‘z ichiga olishi kerak.
Oila boshlig‘i, uning xotini (eri), bolalari va nabiralari, ota-onasi, 
mehnatga qobiliyatli yoshga to‘lgan boshqa qarindoshlari (bolalari va 
nabiralarining erlari (xotinlari), tug‘ishgan hamda o‘gay aka-uka va opa-
singillari, ularning erlari (xotinlari) hamda bolalari, tog‘a va amaki 
hamda amma va xolalari) oilaviy korxona ishtirokchilari bo‘lishi 
mumkin. Faqat muomalaga layoqatli shaxslar oilaviy korxona 
ishtirokchilari bo‘lishi mumkin. 

Yüklə 2,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə