Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish



Yüklə 2,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/93
tarix11.08.2023
ölçüsü2,5 Mb.
#120506
növüУчебник
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   93
agrobiznes

– 
fan sig’imli korxonalar ishlab chiqarishning moddiy asosini qayta 
jihozlash, modernizatsiyalash, takomillashtirish; 
– 
institutlar va universitetlar bilan birgalikda innovatsion loyihalar, 
yangiliklar, kashfiyotlarni ishlab chiqish; 
– 
yengil va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish
– 
yangi texnologiyalar (kashfiyotlar) va yangi mahsulot turlarini 
ishlab chiqarish; 
– 
Yaponiyaning sanoat jihatidan qoloq mintaqalarida kichik 
biznesning yangi korxonalarini yaratish va rivojlantirish. 


45 
Xitoy hukumati mamlakatda kichik biznesni rivojlantirishga katta 
ahamiyat bermoqda. Shu sababli, aynan ushbu soha innovatsion 
texnologiyalarni o’zlashtirishda faol qatnashib, yangi ishchi o’rinlarini 
yaratadi. Kichik biznes 2006 yilda qabul qilingan «Resurs sig’imli ishlab 
chiqarishlarni 
yuqori 
texnologiyali 
tarmoqlar 
tomoniga 
qayta 
yo’naltirish» qoidasiga ko’proq javob beradi. Shunga qaramasdan, Xitoy 
kichik biznesi baribir ham davlatning qo’shimcha qo’llab-quvvatlashi, 
investitsiyalarni jalb qilish, kichik biznesni kreditlash dasturlarini 
kengaytirishga muhtojdir. Shuni anglagan holda, Xitoy hukumati butun 
imkoniyatlarini ishga solib, kichik biznes korxonalarining iqtisodiy 
o’sishini rag’batlantiradi, xususan, kichik biznes faoliyatini tartibga 
solish va kichik korxonalarni soliqqa tortish sohasidagi huquqiy 
qonunchilikni takomillashtiradi. 2002 yilda qabul qilingan «Kichik va 
o’rta korxonalarning rivojlanishini rag’batlantirish to’g’risida»gi qonun 
shunday qonunlardan asosiysi bo’lib, u kichik biznes korxonalariga 
kreditlash, investitsiyalash, ishlab chiqarishni modernizat-siyalash, 
axborot va fan sig’imli texnologiyalarni joriy etishga nisbatan teng 
imkoniyatlarni ko’zda tutadi. Boshqa mamlakatlarda bo’lgani kabi 
Xitoyda ham kichik va o’rta biznesning rivojlanishiga ko’maklashish 
davlat fondlari tuzilgan va faol takomillashtirilmoqda. Ularning asosiy 
roli va vazifasi – kichik biznes korxonalarini bank kreditlari olish 
imkoniyatlari uchun garov ta’minoti va kafolatli majburiyatlar bilan 
ta’minlashdir. Buning uchun Xitoy Kommunistik partiyasi tomonidan 
«Kichik va o’rta korxonalarni rivojlantirish Davlat fondi»ni tuzish 
to’g’risida maxsus qoida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Mazkur fond 
to’liq Xitoy byudjeti tomonidan moliyalashtiriladi va kichik 
korxonalarni rivojlantirish-ning katalizatori rolida chiqadi. Davlat fondi 
iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi kichik biznes korxonalariga soliq 
imtiyozlari, moliyalash, o’z daromadlarining qonuniy muhofazasini 
ta’minlagan holda ularning manfaatlarini yirik kompaniyalar bilan 
kurashda himoyalaydi va yoqlaydi. 
Mamlakatni rivojlantirish Xitoy dasturlari, jumladan, kichik va o’rta 
biznesni aynan kompleks rivojlantirish hisobiga xalq xo’jaligi 
faoliyatining samaradorligini oshirish va salobatli iqtisodiy o’sishni 


46 
ko’zda tutadi. Xususan, Xitoy iqtisodiyotini 2020–2050 yillarda to’liq 
modernizatsiyalashga 
qaratilgan 
dasturlar 
tasdiqlandi
1

Bunday 
dasturlardan biri 2003 yilda qabul qilingan, 2050 yilgacha 
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini to’la modernizatsiyalashni ko’zda 
tutadigan mamlakatni 2020 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 
dasturi hisoblanadi. 
2003 yildan keyin XXR dan kichik biznesning mislsiz o’sishi, 
markaziy byudjetga soliq tushumlarining ko’payishi qayd etildi. 
Rivojlanishning bunday sakrashi, eng avvalo, kichik korxonalar va 
yakka tadbirkorlarning oshib boruvchi soni bilan ta’minlangan. XXR 
Davlat statistika qo’mitasi quyidagi ma’lumotlarni e’lon qildi: 2005 
yilda mamlakatda 3 millionta kichik korxona va deyarli 30 million 
yakka tadbirkor borligi aytildi. Shu tariqa kichik biznes korxonalari 
Xitoydagi umumiy korxonalar sonining katta qismini tashkil qildi. Nima 
uchun Xitoyda kichik biznes iqtisodiyotning tayanch sohasi ekanligi 
ayon bo’ldi. 
XXR mehnatga layoqatli aholisining taxminan 60foizi aynan kichik 
biznesda mehnat qilmoqda. Agar Xitoy kichik biznesining sifat tavsifini 
beradigan bo’lsak, kichik biznes mamlakatning ilmiy dvigateli 
hisoblanadi. Shu sababli aynan shu sohada ko’proq innovatsion 
mahsulotlar, kashfiyotlar va texnik yangiliklar ishlab chiqarilmoqda. 
Aynan kichik biznes korxonalari o’z mahsulotlarini jahon bozorlariga 
chiqargan holda mamlakatda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning 
eksport asosini tashkil qiladi. Biznesni muvofiqlashtirish va 
kooperatsiyalash bo’yicha Xitoy markazi – ixtisoslashgan agentligi 
Xitoyda kichik korxonalarni qo’llab-quvvatlovchi asosiy davlat organi 
hisoblanadi. Mazkur markazning asosiy vazifasi tadbirkorlikni qo’llab-
quvvatlash sohasida texnologik hamkorlik uchun zaruriyinfratuzilmani 
yaratishdan iborat. Markaz tashabbusi bilan kichik biznesni maslahat va 
axborot bilan qo’llab-quvvatlash amalga oshirilmoqda, innovatsion 
mahsulotlarni 
ishlab 
chiqarish 
sohasida 
savdo 
yarmarkalari, 
ko’rgazmalari tashkil qilinmoqda, kichik biznes muammolarini tadqiq 
1
Стратегии модернизации и обеспечения долгосрочного устойчивого экономического роста. Форум 
экономистов Узбекистана. – Т.: «SMIASIA», 2011.


47 
etish va dasturlarini amalga oshirish bo’yicha seminarlar, anjumanlar 
o’tkazilmoqda. 
Kichik biznesni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirishning yana bir 
muhim organi – bu 2001 yilda tuzilgan CSMEO davlat axborot 
xizmatidir. Bu muvofiqlashtiruvchi markaz, asosan, internetdagi o’z 
sayti orqali aholiga axborot xizmati ko’rsatish hamda kichik va o’rta 
korxonalar faoliyati masalalarida xizmat ko’rsatadi. XXRning barcha 
mintaqa va shaharlarini qamrab olgan CSMEO tarmog’i mehnat 
bozoridagi vaziyat, amaldagi qonunchilik o’zgarishlari, oxirgi ilmiy-
texnik yutuqlar va texnologik yangiliklar, kichik va o’rta biznes 
korxonalarining holati va rivojlanishi haqida o’z vaqtida xabar berib 
turadi. Axborot xizmati hukumat vakillari va korxonalar o’rtasida turli 
yig’ilishlar, yarmarkalar o’tkazishni tashkil qiladi, korxonalarga 
maslahatlar xizmatini ta’minlaydi. 

Yüklə 2,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə