Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish


 Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va boshqarishning



Yüklə 2,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/93
tarix11.08.2023
ölçüsü2,5 Mb.
#120506
növüУчебник
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   93
agrobiznes

 
2.5. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va boshqarishning 
xorij tajribasi. 
Kichik 
biznesning 
rivojlanishi 
davlat 
tomonidan 
qo’llab-
quvvatlanayotgan bugungi kunda uning samarali faoliyat ko’rsatishini 
ta’minlash, innovatsion taraqqiyot talablari bo’yicha barqaror iqtisodiy 
rivojlantirish yuzasidan foydalanilmayotgan imkoniyatlar hali katta. Bu 
borada rivojlangan va rivojlanayotgan xorijiy mamlakatlarning boy 
tajribasini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. AQShda kichik biznes 
Buyuk Depressiya davrida rivojlandi. Shu sababli uning darajasi 
barqaror tarzda yuqoriligicha qolmoqda. 
Hozirda ayrim mamlakatlarda ishlab chiqarila boshlanayotgan 
davlat dasturlari AQShda 1932 yildayoq ishlab chiqilgan. Shu bilan bir 
vaqtda Buyuk Depressiya davridan keyin davlat tomonidan urush 
oqibatida aziyat chekkan kichik korxonalarni subsidiyalash boshlandi. 
Ayni paytda aynan kichik biznes o’zining muhim ijtimoiy ahamiyatini 
qayd etgan holda AQSh da yangi ishchi o’rinlar yaratishni ta’minladi. 
1953 yilda AQShda Federal Agentlik AQSh kichik biznes ishlari 
bo’yicha maxsus Ma’muriyat tuzilib, o’sha kundan boshlab hozirgacha 
mazkur agentlik kichik biznes manfaatlarini davlat darajasida himoya 
qilmoqda. Ushbu tashkilot filiallari barcha yirik shaharlarda joylashgan, 
shu tariqa kichik biznesni qo’llab-quvvatlash siyosati AQShning asosiy 
iqtisodiy markazlarigagina emas, balki barcha shtatlarga tarqalmoqda. 
Kichik biznes va uning filiallari ishlari bo’yicha asosiy vazifalar 
quyidagilardan iborat: 


39 
– 
biznes uchun kredit olishda yordam; 
– 
AQSh da kichik biznesni texnika va axborotlar bilan ta’minlashda 
qo’llab-quvvatlash; 
– 
biznes uchun kreditlar bo’yicha kafolatlar taqdim qilish; 
– 
o’z byudjeti mablag’lari hisobiga kichik biznesni bevosita 
subsidiyalash va kreditlash
1

AQShda kichik biznesni aniqlaydigan mezonlar tizimi puxta ishlab 
chiqilgan. Bu mezonlar kichik korxonalar va ular ishlayotgan 
tarmoqlarning faoliyat turiga bog’liq. Bir soha korxonalarida 
ishlovchilar soni belgilovchi hisoblansa, boshqalarida oborot va foyda 
shunday hisoblanadi. 
Kichik biznes korxonalariga nisbatan huquqiy qonunchilikni saqlash 
uchun Federal agentlik kabi maxsus Advokatlik bo’limi tuzilib, u sud va 
Kongressdagi biznes manfaatlarini yoqlamoqda. AQSh hukumati 
o’zining iqtisodiyotni rivojlantirish kontseptsiyasida kichik biznesga 
asosiy rol beradi. AQSh hukumati vazirlarining ma’ruzalarida kichik 
biznes butun iqtisodiyotni sog’lomlashtirishning muhim dastagi ekanligi 
muntazam yoritilib kelinmoqda. Bu yerda AQShda kichik biznesni 
rivojlantirishdagi tafovutlar yaqqol kuzatilmoqda. AQShda ancha ilgari 
kichik biznes davlat darajasida iqtisodiyotning ustuvor yo’nalishi 
hisoblangan. Kichik biznes turli dasturlarini yaratishdagi AQSh tajribasi 
juda qimmatlidir, chunki barcha dasturlar haqqoniy ishlamoqda, ularni 
amalga oshirishning aniq mexanizmlari ko’zda tutilgan. 
Ispaniyada kichik biznes XX asrning 70-yillarida shakllandi va faol 
rivojlana boshladi. Kichik biznes rivojlanishining yuqori darajasi tufayli 
yuqori 
iqtisodiy 
ko’rsatkichlarga erishildi. Kichik korxonalar 
mamlakatni ishsizlik muammosidan holi qilishda yordam berdi, umumiy 
yuksalishga xizmat qildi. 
Ispaniya kichik biznesining ayrim 
tarmoqlardagi salmog’i 80foizgacha (qishloq xo’jaligida) etadi, qolgan 
tarmoqlarda (qurilish, sanoat, kemasozlik) o’rtacha 25-30 foizni tashkil 
qiladi. Kichik biznes korxonalarining asosiy tarmoqlari, birinchi 
navbatda, agrosanoat majmuasi, qora va rangli metallurgiya, oziq-ovqat 
1
Стратегии модернизации и обеспечения долгосрочного устойчивого экономического роста. Форум 
экономистов Узбекистана. – Т.: «SMIASIA», 2011.


40 
sanoati (mahsulotlar, qandolatchilik, vinochilik mahsulotlari), qurilish, 
turizm va h.k. hisoblanadi. Ispaniyada katta miqdorda kichik biznesni 
qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish dasturlari ishlab chiqilgan. 
Ispaniya hukumatining asosiy e’tibori mamlakat uchun katta 
ijtimoiy ahamiyatga molik bo’lgan, aholining ijtimoiy nochor qatlamlari 
(talabalar, ayollar, muxojirlar va h.k.) uchun ishchi o’rinlari yaratadigan, 
kam taraqqiy etgan mintaqalar va tumanlarning yuksalishiga yordam 
beradigan kichik biznes korxonalariga qaratildi. Bundan tashqari, 
Ispaniya hukumati fan sig’imli tarmoqlar, innovatsion texnologiyalarni 
ularning ichki bozorni rivojlantirish uchun ham, xalqaro iqtisodiy 
hamkorlik uchun ham katta ahamiyatini anglagan holda rivojlantirishga 
alohida urg’u bermoqda. Evropa dasturlari kichik biznesni rivojlantirish 
dasturlarining katta hissasini egallaydi. Ular Evropaning ko’pgina 
mamlakatlari, xususan, Germaniya, Frantsiya, Buyuk Britaniyaga 
tarqaldi. Ispaniyada davlat tarafidan kichik biznesni qo’llab-quvvatlash 
uchun ko’plab tashkilotlar va fondlar rag’batlantiriladi. Bu tashkilotlarni 
nafaqat Ispaniya hududida, balki Yevropa Ittifoqining boshqa 
mamlakatlarida 
kuzatish 
mumkin. 
Ularning 
kichik 
biznesga 
ko’maklashish sohasida amal qiladigan jamiyatning ikkita ommaviy va 
samarali guruhlarini ajratish mumkin. Birinchi guruhni o’zaro 
kafolatlash jamiyatlari tashkil qiladi. Bu tashkilotlar kreditlar berishda 
kreditorlar oldidagi kafolatlangan majburiyatlarni ta’minlaydi, xususan, 
garov ta’minoti sifatida mulk taqdim qiladilar yoki kafillar sifatida 
chiqadilar.
Ikkinchi guruhga o’zaro moliyalashtirish jamiyatlari kiradi. Bu 
jamiyatlar bevosita kichik korxonalarni moliyalashtirish, investitsiya-
lash, subsidiyalash bilan shug’ullanadi. Bunday jamiyatlardan biri 
Ispaniyada rasmiy kreditlash Davlat instituti hisoblanadi. Shu kabi 
Ispaniyaning har bir shahrida o’z filiallariga ega bo’lgan kichik biznes 
assotsiatsiyasi va savdo-sanoat palatasi kabi kichik biznes manfaatlarini 
qo’llaydigan qator tashkilotlar amal qilmoqda. Ispaniyada byurokratiya-
ning past darajada ekanligini kichik biznes rivojlanishining ijobiy omili 
sifatida keltirish mumkin. Korxonalarni ro’yxatga olish, litsenziya olish–
bularning hammasini amaldorlar tomonidan hech qanday qog’ozbozlik-


41 
larsiz 24 soat ichida bajarish mumkin
2
. Vaholanki, buni mamlakat 
norezidentlari ham amalga oshirishlari mumkin. Yevropa Ittifoqining 
har bir mamlakatida shunday qulay sharoitlar amal qilmoqda. Shunday 
qilib, 
hatto 
xorijlik 
fuqarolar 
ham 
kichik 
biznes 
sohasini 
rivojlantirmoqdalar. Shubhasiz, bularning hammasi kichik tadbirkorlik 
va kichik biznesning rivojlanishi uchun qulay muhitni yaratadi. 
Germaniyada kichik biznes iqtisodiyotning faol rivojlanayotgan 
sohalaridan biri hisoblanadi. Kichik biznes korxonalarini moliyaviy va 
texnologik qo’llab-quvvatlash hokimiyatning barcha bo’g’inlarida 
amalga oshirilmoqda. Germaniyada kichik biznesning rivojiga 
ko’maklashish dasturlari qator rivojlangan mamlakatlar kabi, eng 
avvalo, ishlab chiqarishning fan sig’imli tarmoqlarini ustuvor qo’llab-
quvvatlashni ham ko’zda tutadi. Davlat moliyalashtirish organlari 
tomonidan kichik biznesni imtiyozli kreditlash quyidagi yo’nalishlarni 
o’z ichiga oladi: 

Yüklə 2,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə