Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish


Tadbirkorlik faoliyati va uni rivojlantirishning ijtimoiy-



Yüklə 2,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/93
tarix11.08.2023
ölçüsü2,5 Mb.
#120506
növüУчебник
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   93
agrobiznes

2.2.Tadbirkorlik faoliyati va uni rivojlantirishning ijtimoiy-
iqtisodiy ahamiyati. 
Mustaqillikka erishilgan dastlabki yillardan kichik biznesni 
rivojlantirishga mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltiruvchi 
muhim sohalardan biri sifatida alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. 
Prezidentimiz mustaqil taraqqiyot davrining boshidanoq kichik biznes 
va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish biz uchun muhim vazifa bo’lib 
qolishini alohida ko’rsatib berganlar. Bunda, iqtisodiyotning mazkur 
sohasi uch asosiy masalani hal etishi kerakligiga alohida urg’u berib 
o’tilgan. Birinchidan, yaqin 5-10 yil ichida kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik sub’ektlari mamlakat yalpi ichki mahsulotining 50-60 
foiziga yaqinini ishlab chiqarishi kerak. Ikkinchidan, ular aholi bandligi 
va daromadlari o’sishining eng muhim manbai bo’lmog’i zarur. 
Uchinchi masala – mulkdorlar sinfini mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va 
ijtimoiy barqarorlikni taminlaydigan asosiy kuch sifatida shakllantirish 
zarur. Mazkur vazifalardan kelib chiqan holda, mamlakatimizda amalga 
oshirilgan iqtisodiy islohotlar orqali eng avvalo iqtisodiy manfaatlarni 
ro’yobga chiqarishning muhim vositasi hisoblangan mulkchilik 
munosabatlarini mazmunan o’zgartirishga harakat qilindi. Rejali 
iqtisodiyot 
sharoitida 
asosan 
davlat 
mulki 
monopoliyasining 
hukmronligi va bu munosabatlarga o’ta rasmiyatchilik bilan yondashuv 


29 
mulkchilik munosabatlarining samaradorligini deyarli yo’qqa chiqargan 
edi. Shunga ko’ra, mamlakatimizda amalga oshirilgan iqtisodiy 
islohotlarning markaziy yo’nalishi ko’p ukladli iqtisodiyotni yaratish, 
o’rta mulkdorlar sinfini shakllantirish muammolariga qaratildi. 
Iqtisodiyot 
nodavlat 
sektorining 
shakllanishida 
mulkni 
davlat 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining ta’siri 
ahamiyatli bo’ldi. Bu boradagi islohotlarning maqsadga yo’naltiril-
ganligi, har tomonlama asoslanganligi va izchilligini ta’minlash 
maqsadida hukumat darajasida mulkni davlat tasarufidan chiqarish va 
xususiylashtirish dasturi ishlab chiqilib, iqtisodiyotning barcha tarmoq 
va sohalarida bosqichma-bosqich amalga oshirildi. 
Ma’lumki, tadbirkorlikning rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin 
bo’lgan jihat – bu ularning qimmatli vaqtlarini olib, o’zining 
murakkabligi va takroriyligi bilan noxush taassurot paydo qiladigan 
moliyaviy, statistik va boshqa turdagi hisobotlarni topshirish jarayoni 
hisoblanadi. Aynan mana shu jarayonning tadbirkorlik faoliyatiga salbiy 
ta’sirini kamaytirish va tartibga solish maqsadida qabul qilingan 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 iyuldagi PQ-100-
sonli «Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot 
tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun 
javobgarlikni kuchaytirish to’g’risida»gi Qarori mamlakatimizdagi 
tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini 
ham soddalashtirish, ham takomillashtirish imkonini berdi. Xususan, 
2005 yil 1 iyuldan boshlab mikrofirmalar va kichik korxonalar 
tomonidan soliqlar, yig’imlar, ajratmalar hamda boshqa majburiy 
to’lovlar bo’yicha barcha hisob-kitoblarni davlat soliq xizmati 
organlariga har oyda taqdim etishdan har chorakda taqdim etishga 
o’tkazildi. Shuningdek, mikrofirma va kichik korxonalar tomonidan 
moliyaviy va statistik hisobotlarning ayrim shakllarini (masalan, 
buxgalteriya balansidan iborat moliyaviy hisobot, moliyaviy natijalar 
to’g’risidagi hisobot, debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risidagi 
ma’lumotnoma) yilda bir marta, statistik hisobotni – hisobot turlariga 
qarab har chorakda yoki har yilda bir marta taqdim etish tartibi belgilab 
berildi.

Yüklə 2,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə