Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish


Kichik biznes va tadbirkorlikning mohiyati va mazmuni



Yüklə 2,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/93
tarix11.08.2023
ölçüsü2,5 Mb.
#120506
növüУчебник
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   93
agrobiznes

2.1.Kichik biznes va tadbirkorlikning mohiyati va mazmuni. 
Bozor iqtisodiyotida biznes va xususiy tadbirkorlik erkinligining 
ta’minlanganligi iqtisodiy rivojlanishning muhim sharti hisoblanadi. Shu 
boisdan biznes va tadbirkorlik funksiyasi, nazariyasi iqtisodiy nazariya 
fanida muhim o’rin tutadi. XVIII asrdayoq Fransuz iqtisodchisi 
R.Kantiolon, XIX asrda nemis klassik maktabi vakillaridan I.Tyunen va 
G. Mangolf hamda amerikalik iqtisodchi F.Nayt tadbirkorlik va 
tadbirkorlik faoliyatining xususiyatlarini tadqiq etganlar. R.Kantilon 
tadbirkorlikning muhim xususiyati risk ekanligini asoslab bergan. Uning 
fikricha tadbirkorni oldindan ko’ra bilish qobiliyatiga ega bo’lgan va 
risk qilishga qodir bo’lgan, kelajakka intiluvchi, daromad olishdan 
umidvor bo’lgan va shu bilan birga yo’qotish va zarar ko’rishga ham 
tayyor bo’lgan har qanday shaxs deb ta’riflagan. 
XVIII - XIX asrlarda ijod qilgan R. Kantilon, Y.Tyunen, F.Kene, 
A.Smit, J.B. Sey iqtisodchi olimlar tadbirkorlikni va biznes, shuningdek, 
tadbirkor va mulkdor tushunchalarini aynan bir xil ma’noda 
izohlaganlar. Y.Shumpeter
 
tadbirkor faoliyatining quyidagi maqsadli 
motivlarni ko’rsatib bergan:
- xukmronlik, hokimiyat va ta’sir doirasiga ega bo’lish extiyoji; 
II BOB. KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIKNING 
MOHIYATI VA MAZMUNI 
 


26 
- g’alabaga erishish ishtiyoqi, o’z-o’zini va raqiblarini yengishga 
intilish; 
- ijod quvonchi. 
O’zbek olimlaridan I.E.Tursunov, A.B.Qurbonov, F.F.Mamatovlar 
quyidagicha ta’rif berishadi: biznes va tadbirkorlik bir-biri bilan uzviy 
bog’liq bo’lib, bir xil ijtimoiy – iqtisodiy asoslarga va tamoyillarga ega 
tushunchalardir.
O’zbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining 
kafolatlari to’g’risida"gi qonun asosida biznes va tadbirkorlik faoliyati 
tartibga solinadi. Ushbu qonunda ta’riflanishicha 
"
tadbirkorlik 
(tadbirkorlik faoliyati) – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mulkiy 
mas’uliyat ostida, mavjud qonunlar doirasida, daromad (foyda) olish 
maqsadida, tahlika bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir". Bu 
ta’rif ayni paytda biznesning ham mohiyatini ochib beradigan ta’rifdir. 
Tadbirkorlik bu o’z mohiyatiga ko’ra inson faoliyatining ko’p qirrali 
sohasi bo’lib, u yangilikni yaratish bilan bog’liq va san’at turi kabi 
ijodiy jarayondir. 
Tadbirkorlikning mohiyatini,
 
uning harakat va imkoniyatlari 
doirasini yaxshiroq tushunib olish uchun, uning mohiyati va 
iqtisodiyotdagi roliga bo’lgan qarashlar tizimi rivojini tashkiliy, siyosiy - 
iqtisodiy va ijtimoiypsixologik jihatlar nuqtai nazaridan umumlashgan 
holda 
tahlil 
qilamiz. 
O’zbek 
olimlaridan 
A.O’lmasov 
va 
N.To’xliyevning
 
tadbirkorlikni "daromad keltiradigan yoki naf 
beradigan xo’jalik faoliyati (kasb-kor, mashg’ulot) sohibkorlik- tijorat 
ishlari bilan shug’ullanish, pul topish maqsadida biror ish bilan band 
bo’lish", "...tadbirkorlik - pul topish maqsadida mas’uliyatni zimmaga 
olgan holda biron iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanish", deb 
ta’riflashgan. 
Tadbirkor, ishbilarmon, biznesmenning ma’noviy-ma’rifiy saviyasi, 
bilim va tajribasi, boshqa shaxsiy xususiyatlari, qobiliyatlari
imkoniyatlari va ishga doir sifatlari tadbirkorlikning harakatlantiruvchi 
kuchi bo’ladi. Tadbirkorning ishga doir sifatlari quyidagi tamoyillarga 
asoslanishi kerak:


27 
-
birinchidan, bozorning tovar va xizmatlar bilan ta’minlanish 
darajasini tahlil qilish yo’li bilan iqtisodiy xo’jalik tizimida o’z o’rnini 
topishi;
-ikkinchidan, shaxsiy ishlab chiqarish tuzilmasini yaratishga 
tayyorlik qobiliyati;
-uchinchidan, marketing tadqiqotlari natijalaridan kelib chiqqan 
holda, dastlabki tadbirkorlik hisob-kitoblarini amalga oshirishi;
-to’rtinchidan, tadbirkorlik loyihasini amalga oshirishda rahbarlikni 
to’g’ri yo’lga qo’yish qobiliyati;
-beshinchidan, yangi texnik, texnologik g’oyani birinchi bo’lib 
hayotga tatbiq etish hamda ushbu g’oyadan amalda foydalanish, undan 
qanday yakuniy natija, mahsulot yoki xizmatlar olish mumkinligini 
tasavvur eta olishi. 
Tadbirkorlik nazariyasining asoschisi Y.Shumpeter uchta asosiy 
motivni ajratgan:
-
birinchidan, hokimlik qilish, hukmronlik, ta’sir 
qilishga ehtiyoj; 
- ikkinchidan, aniq harakatlarni bajarish orqali 
erishish 
ehtimoli 
bo’lgan 
g’alabaga 
iroda, 
muvaffaqqiyat sari harakat;
-uchinchidan, mustaqil ish faoliyati beruvchi 
ijodkorlik quvonchi. Ammo, Y.Shumpeter
 
tomonidan 
taklif etilgan motivlashtirish nazariyasi g’arbiy mamlakatlar 
tadbirkorlarining fikrlash uslubini aks ettiradi. Tadbirkorlikning tarixiy 
tomirlariga ega O’zbekistonda tadbirkorlikning zamonaviy haqiqatlarga 
asoslangan o’z motivi bo’lishi kerak. O’zbekistonda tadbirkorlik 
faoliyati bir qator o’ziga xos alomat va xususiyatlar bilan birga bo’ladi. 
Mamlakatimizda tadbirkorlikni motivlashtirish xususiyatlari quyidagi 
alomatlarga ega:
-o’z salohiyatini amalga oshirishga harakat qilish; 
- eng muhim, ijtimoiy va iqtisodiy samara keltiruvchi g’oyalarni 
amalga oshirish istagi;
-to’rachilik tuzilmalari bilan bog’liqlikdan qochish, harakatlar 
erkinligi va faoliyat yuritish jarayonida mustaqil bo’lish;


28 
-qiziqarli ish bilan mustaqil va erkin shug’ullanish;
-o’zining ijtimoiy maqomi va obrusini oshirishga intilish hamda 
o’ziga va o’z yaqinlariga munosib turmush sharoitlarini ta’minlash. 
«Tadbirkorlik» tushunchasi tadbirkorning ensiklopedik lug’atida 
quyidagicha ta’riflanadi: Tadbirkorlik – (ingl. enterprise) shaxsiy 
daromad, foyda olishga qaratilgan fuqarolarning mustaqil faoliyati. Bu 
faoliyat o’z nomidan, o’z mulkiy mas’uliyati va yuridik shaxsning 
yuridik mas’uliyati evaziga amalga oshiriladi. Tadbirkor (frn. 
yentrepreneur) qonun tomonidan ta’qiqlanmagan barcha xo’jalik 
faoliyati, shu jumladan, vositachilik, sotish, sotib olish, maslahat berish, 
qimmatbaho qog’ozlar bilan ish olib borish bilan shug’ullanishi 
mumkin. 

Yüklə 2,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə