Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish



Yüklə 2,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/93
tarix11.08.2023
ölçüsü2,5 Mb.
#120506
növüУчебник
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   93
agrobiznes

Aksiyadorlik jamiyatlari 
Aksiyadorlik jamiyatlari haqida gap ketganda, avvalambor shuni 
ta'kidlash joizki, mamlakatimizda amalda bo‘lib kelgan O‘zbekiston 
Respublikasining 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik 
jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 
223-I-son qonuni 2014 yil 6 mayda O‘RQ-370- sonli yangi tahrirda 
qonun qabul qilindi. Ushbu yangi tahrirda qabul qilingan qonun, hamda 
boshqa qonun va qonunosti hujjatlarida aksiyadorlik jamiyati 
to‘g‘risidagi umumiy qoidalar, aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish, 
Ustav fondi (ustav kapitali), jamiyatning aksiyalari, korporativ 
obligasiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlari, jamiyatning sof aktivlari, 
aksiyalar va qimmatli qog‘ozlarni tarqatish hamda joylashtirish, 
aksiyadorlar reestri va aksiyalarni saqlash, dividendlar, aksiyadorlik 
jamiyatini boshqaruvchi organlari, jamiyatning yirik bitimlar tuzishi, uni 


62 
qayta tashkil etish va tugatish, hisob-kitob va jamiyat faoliyatini nazorat 
qilish masalalari o‘z aksini topgan. 
Aksiyadorlik jamiyatining asosiy ustunligi uning yirik ishlab 
chiqarishni tashkil etishdagi roli va shu asosdagi faoliyatining 
barqarorligidadir. Masalan, to‘liq shirkatdan to‘liq sherikni chiqib 
ketishi shirkatni tugatilishiga, mas'uliyati cheklangan jamiyatdan esa 
uning ishtirokchisini chiqib ketishi ustav kapitalining sezilarli darajada 
kamayishiga sabab bo‘ladi. Aksiyador esa jamiyatdan chiqib 
ketayotganda jamiyatdan hech qanday mol-mulk talab qilmaydi, balki 
o‘ziga tegishli bo‘lgan aksiyani boshqa shaxsga sotib yuborib, o‘z 
ulushini oladi.
Aksiyadorlik jamiyatida ishtirokchilarni jamiyat majburiyatlari 
bo‘yicha javobgarligining o‘ziga xos ko‘rinishi mavjud. Agar jamiyat 
zarar ko‘rsa, aksiyador faqatgina aksiya sotib olish uchun sarflagan 
mablag‘ini yo‘qotadi, xolos. Ishtirokchining cheklangan javobgarligi 
hamda aksiyalarni sotib yuborish orqali aksiyadorlik jamiyatidan erkin 
ravishda istalgan vaqtda chiqib ketishi aksiyadorlik jamiyatiga kapitalni 
jalb etishni osonlashtiradi.
Aksiyadorning mulki aksiyadorlik jamiyatining mulkidan butunlay 
ajratilgan. Shuning uchun aksiyadorning kreditorlari va uning 
majburiyatlari bo‘yicha talabni jamiyat mulkiga qarata olmaydilar, biroq 
aksiyadorning aksiyasiga qaratishlari mumkin. Aksiyadorning jamiyat 
majburiyatlari bo‘yicha javobgarligini cheklanganligi mas'uliyati 
cheklangan jamiyat kabi ularning kreditorlari manfaatlari himoyasini 
asosiy
 
kafolati bo‘lgan ustav fondining ahamiyatini oshiradi. 
Aksiyadorlik jamiyatida aksiyadorlarni jamiyatning kundalik boshqaruv 
faoliyatida ishtirok etishi talab etilmaydi.
Aksiyadorlik jamiyatida xo‘jalik shirkatidan farqli ravishda mulk 
bilan boshqaruv bir-biridan ajratilgan. Aksiya egasi jamiyatning 
kundalik boshqaruvida ishtirok etishi uchun vaqti bo‘lmasligi yoki 
yetarli darajada malakaga ega bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun ham 
jamiyat maxsus bilim hamda malakaga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan 
boshqariladi. 


63 
Aksiyadorlik jamiyati - ustav fondi (ustav kapitali) aksiyadorlarning 
aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan huquqlarini tasdiqlovchi muayyan 
miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan tijorat tashkiloti. (“Aksiyadorlik 
jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 
Qonun 2014 yil 6 may 370-son). 
Amaldagi qonunchilikka muvofiq chiqariladigan aksiyalar davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmay 
chiqarilgan aksiyalar ularning egalaridan majburiy ravishda olib 
qo‘yiladi, qimmatli qog‘ozlarni sotishdan to‘plangan pul emitentdan 
olinib, aksiya egalariga qaytariladi hamda emitentga nisbatan qonun 
hujjatlarida ko‘rsatilgan muayyan sanksiyalar qo‘llaniladi. Jamiyatning 
ustav fondi (ustav kapitali) aksiyadorlar olgan jamiyat aksiyalarining 
nominal qiymatidan tashkil topadi va O‘zbekiston Respublikasining 
milliy valyutasida ifodalanadi. Jamiyat tomonidan chiqariladigan barcha 
aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo‘lishi kerak. Jamiyat ustav 
fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori jamiyat davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankining kursi bo‘yicha to‘rt yuz ming AQSh dollariga teng summadan 
kamni tashkil etmasligi kerak. Aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv 
organlari 2014 yilgi yangi tahrirdagi qonunning 57-moddasiga muvofiq 
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, kuzatuv kengashi, va ijroiya organi 
hisoblanadi. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi jamiyatning yuqori 
boshqaruv organidir. Jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyat faoliyatiga 
umumiy rahbarlik qiladi. Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik 
qilish vakolati jamiyatning ustavida belgilanadigan ijroiya organi 
bo‘lmish direktor yoki jamiyat boshqaruvi tomonidan amalga oshiriladi. 
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish 
to‘g‘risida”gi qonunning 82-moddasiga ko‘ra minoritar aksiyadorlarning 
huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida jamiyatda 
ularning orasidan minoritar aksiyadorlarning qo‘mitasi tashkil etilishi 
mumkin. 

Yüklə 2,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə