Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish



Yüklə 2,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/93
tarix11.08.2023
ölçüsü2,5 Mb.
#120506
növüУчебник
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   93
agrobiznes

“Fermer” xo’jaligi
ijaraga berilgan yer 
uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo’jaligi tovar ishlab 
chiqarish bilan shug’ullanuvchi, mustaqil xo’jalik yurituvchi 
sub’ektdir”, deb tushuncha berilgan. Hozirgi davrda fermer xo’jaligi 
qishloq xo’jaligida xo’jalik yurituvchi sub’ekt sifatida kichik, 
tadbirkorlik vakili hisoblanadi.
Fermer xo’jaligi zimmasiga quyidagi vazifa qo’yilgan. Ya’ni uzoq 
muddatga ijara yerlardan, mavjud bo’lgan barcha resurslardan yil 
davomida oqilona, to’liq va samarali foydalanish natijasida ichki va 
tashqi bozor talablarini qondiradigan miqdorda, sifatli qishloq xo’jalik 
mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, iste’molchilarga yetkazish 
hamda turli xildagi xizmatlar ko’rsatish natijasida ko’proq foyda olish. 
Bu fermer xo’jaligining siyosiy va iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan 
asosiy maqsadidir. Uni to’liq hal etish uchun fermer xo’jaligi bir qancha 
muhim vazifalarni amalga oshirishni belgilab oladi: 
- 30 yildan 50 yilgacha ijaraga olingan yer uchastkasida, shu 
haqdagi shartnomaga va ixtisoslashuvga muvofiq o’z ishlab chiqarish 
faoliyatini to’g’ri tashkil etish; 
- xo’jalik faoliyatini yuritish maqsadida amalga oshirilishi zarur 
bo’lgan barcha tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarning sifati, 
o’z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlaydigan turli xildagi 
kontraktatsiya shartnomalarini to’g’ri va sifatli tuzish;
- ekologik talablarga va atrof muhitni muhofaza qilishning barcha 
qoidalariga rioya etishga erishish;


66 
- ijaraga olingan yer uchastkalarini yil davomida oqilona, to’liq, 
samarali foydalanish maqsadida uning unumdorligining oshirilishini 
ta’minlaydigan irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini ilmiy asoslangan 
holda ishlab chiqish hamda ularni vaqtida, sifatli amalga oshirilishini 
ta’minlash; 
- xo’jalik faoliyatini samarali yuritish uchun talab etilgan 
mablag’larning miqdorini belgilash va ularning manbalarini oqilona 
aniqlash, xo’jalikda mavjud bo’lgan barcha resurslardan samarali 
foydalanishini ta’minlaydigan tadbirlarni aniq ishlab chiqish va ularni 
hayotga tadbiq etilishiga erishish
- xo’jalik ustavida ko’zda tutilgan qishloq xo’jalik mahsulotlarini 
etishtirishga qaratilgan tadbirkorlikni qo’llab, ularga kamroq mehnat, 
mablag’ sarflash evaziga ishlab chiqarish, ularni iste’molchilarga sifatli 
holda yetkazib berish, xizmatlarni ko’rsatish, mulkni mustaqil, o’z 
xoxishiga ko’ra tasarruf etish;
- tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq davlat ehtiyojlari 
uchun qishloq xo’jaligi maxsuloti nazarda tutilgan miqdorda, sifatda 
yetkazib berilishini ta’minlash;
- xarid qilinadigan mahsulotga oldindan haq to’lanadigan fyuchers 
kontraktlari tuzish;
- marketing ishlarini amalga oshirib, sotadigan barcha turdagi davlat 
buyurtmasidan tashqari bajarayotgan ishlari va ko’rsatayotgan 
xizmatlariga erkin narx belgilash
- o’z faoliyatining barcha sohalarida fan yutuqlarini, yangi texnika 
hamda samarali texnologiyalarni izchillik bilan hayotga tadbiq etish;
- barcha xodimlarining bilim va malakasini davr talabini e’tiborga 
olgan holda oshirish, ularni ma’naviyatli, ma’rifatli, halol, pok, 
muomalali yaxshi insonlar bo’lishini ta’minlashi, ular mehnatining 
natijasiga qarab moddiy va ma’naviy rag’batlantirish;
- soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlarni qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda o’z vaqtida to’liq to’lash;
- tadbirkorlik faoliyatini huquqiy va me’yoriy hujjatlar asosida 
yuritish, ko’proq pul daromadlarni olish, ularni mustaqil tasarruf etish, 


67 
hajmi cheklanmagan miqdorda sof foyda olish, unga erkin egalik qilish 
va samarali foydalanish;
- aktsiyalar va turli xildagi qimmatli qog’ozlarni olish;
- kichik biznes korxonalari uchun yaratilgan imtiyozlar va 
proferentsiyalarning barcha turlaridan imkoniyat doirasida to’liq va 
samarali foydalanish;
- o’z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya etish uchun sudga 
murojaat etish, zarur bo’lgan hollarda fermer xo’jaligini davlat bosh 
islohotchi, qonun ustivorligi, erkinlik hamda mustaqillik va boshqa 
tomonlari asosida amalga oshirsa, samarali bo’ladi.
Respublikada fermerlikni rivojlantirishning siyosiy, iqtisodiy va 
ijtimoiy mohiyati quyidagilarga qaratilgan: 
- qishloqda turli xildagi mulk shakllarini va ularga egalik qilish, 
foydalanuvchi korxonalarni tashkil etish, yuritish va rivojlantirish; 
- tarmoqdagi barcha mulkiy munosabatlarni shakllantirish, 
rivojlantirish, modernizastiyalashtirish hamda erkinlashtirish;
- turli mulkchilikga asoslangan sub’ektlarning erkin faoliyat 
ko’rsatishi uchun huquqiy, me’yoriy, iqtisodiy sharoitlarni yaratish;
- qishloqdagi mulkdorlar sinfining mulkiy ongini barqaror 
yuksaltirish;
- qishloq xo’jaligida yangi ish joylarini barpo etish, tarmoqdagi 
aholini ish bilan bandligini yuksaltirib, ishsizlar sonini kamaytirish;
- aholining va qayta ishlash sanoati korxonalarini qishloq xo’jalik 
mahsulotlari bilan ta’minlashni yuksaltirish;
- aholining daromadini ko’tarish, ularning turmush darajasini 
yuksaltirish va boshqalar.
Fermer xo’jagining huquqiy, iqtisodiy asoslari, ularni tashkil etish 
tartibi
O’zbekiston respublikasining Prezidenti va hukumati fermerlikga 
oid bo’lgan jahon tajribasi, mamlakatning o’ziga xos xususiyatlarini 
e’tiborga olgan holda respublikada fermerlikni bosqichma-bosqich 
rivojlantirish jarayonini amalga oshirmoqda.
Dastavval, O’zbekistonda fermer xo’jaliklarini tashkil etish va 
rivojlantirishning huquqiy, me’yoriy hujjatlari yaratildi. Jumladan,


68 
- 1998 yilda “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi qonun Oliy Majlis 
tomonidan qabul qilindi.
- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 27 oktyabrdagi 
“2004-2006 yillarda fermer xo’jaliklarini rivojlantirish Kontseptsiyasi 
to’g’risida”gi PF – 3342 – sonli farmoni; 
- Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 30 oktyardagi “2004-2006 
yillarda fermer xo’jaliklarini rivojlantirish Kontseptsiyasini amalga 
oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 476-sonli qarori;
- Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 dekabrdagi “2004-2007 
yillarda fermer xo’jaliklarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi 607-sonli qarori;
- qayta tashkil etilayotgan qishloq xo’jaligi korxonasi negizida 
fermer xo’jaligini tashkil etishda tanlov g’oliblarini aniqlash 
to’g’risidagi Nizom (2005 yil 4 yanvar).
Davrning talabi bilan 2012 yilda kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirishda fermerlik harakatining o’rni va hissasini 
hamda aholi farovonligini, uning real daromadlarini yanada oshirish 
uchun ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini tashkil etish bo’yicha muhim 
qadam qo’yildi. Prezidentning farmoni bilan “O’zbekistonda fermerlik 
faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish 
bo’yicha chora-tadbirlari”
2
ishlab chiqildi. Farmonda fermer xo’jaliklari 
tomonidan yuqori daromad olish va qo’shimcha qiymat yaratish 
maqsadida ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarni rivojlantirishga alohida 
e’tibor qaratilib, ularga qo’shimcha yer maydonlarini ajratish, imtiyozli 
kreditlar berish, soliq imtiyozlarini qo’llash kabi chora-tadbirlar amalga 
oshirilish ko’zda tutilgan edi. Xususan, 2013 yildan boshlab har yili 
fermer xo’jaliklarida ko’p tarmoqli faoliyatni yo’lga qo’yish yuzasidan 
maxsus dasturlar qabul qilinib uning ijrosi izchil amalga oshirilmoqda. 
Bugungi kunda “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi qonunga 
qo’shimcha va o’zgartishlar kiritilmoqda. Mazkur loyihada ko’p 
tarmoqli fermer xo’jaligining huquqiy maqomi belgilanmoqda. Unga 
2
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2012 йил 22 октябрдаги

Ўзбекистонда фермерлик фаолиятини 
ташкил қилишни янада такомиллаштириш ва уни ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ-4478-
сонли Фармони. 


69 
ko’ra, 

Yüklə 2,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə