Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish



Yüklə 2,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/93
tarix11.08.2023
ölçüsü2,5 Mb.
#120506
növüУчебник
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   93
agrobiznes

 
Unitar korxonalar 
Hozirda yurtimizda ko‘pgina shaxslar o‘zlarining tadbirkorlik 
faoliyatini unitar korxona shakli sifatida ham tashkil etib amalga 
oshirmoqdalar. 
Unitar korxona - o‘ziga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkka nisbatan 
mulkdor tomonidan mulk huquqi berilmagan tijoratchi tashkilot. 
(O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 70-modda). 
Unitar korxonaning mol-mulki bo‘linmasdir va u qo‘shilgan hissalar 
(ulushlar, paylar) bo‘yicha, shu jumladan korxona xodimlari o‘rtasida 
ham, taqsimlanishi mumkin emas. Unitar korxonaning firma nomida 
uning mol-mulkining egasi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Unitar korxonani 
boshqarish organi uning rahbari bo‘lib, bu rahbar mulkdor tomonidan 
yoki mulkdor vakil qilgan organ tomonidan tayinlanadi hamda ularga 
hisob beradi. Unitar korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli 
butun mol-mulk bilan javob beradi. Unitar korxona o‘z mol-mulki 
egasining majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydi. Unitar 
korxonaning mol-mulki unga xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish 
huquqi asosida tegishlidir. Xo‘jalik yuritish huquqiga asoslangan unitar 
korxona Fuqarolik kodeksining 71-moddasiga muvofiq mulkdorning 
yoki u vakil qilgan organning qaroriga muvofiq tashkil etiladi. Xo‘jalik 


61 
yuritish huquqiga asoslangan korxonaning ta'sis hujjati uning 
belgilangan tartibda tasdiqlangan ustavidan iboratdir.
Xo‘jalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona o‘z mol-
mulkining bir qismini xo‘jalik yuritish uchun belgilangan tartibda 
topshirish yo‘li bilan yuridik shaxs bo‘lgan boshqa unitar korxona 
(sho‘'ba korxona) tashkil etishi mumkin. Muassis sho‘'ba korxonaning 
ustavini tasdiqlaydi va uning rahbarini tayinlaydi. Fuqarolik kodeksining 
72-moddasiga muvofiq davlat organining qaroriga muvofiq davlat mulki 
bo‘lgan mol-mulk negizida operativ boshqaruv huquqiga asoslangan 
davlat unitar korxonasi (davlat korxonasi) tashkil etilishi mumkin. 
Davlat korxonasining ta'sis hujjati uning ustavidir. Operativ boshqaruv 
huquqiga asoslangan davlat korxonasining firma nomi uning davlat 
korxonasi ekanligini ko‘rsatishi kerak. Davlat korxonasining o‘ziga 
biriktirib qo‘yilgan mol-mulkka bo‘lgan huquqi Fuqarolik kodeksining 
178 va 179-moddalariga muvofiq belgilanadi. 
Davlat korxonasining mol-mulki yetarli bo‘lmaganida davlat uning 
majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgar bo‘ladi. Davlat korxonasi uni 
tuzgan davlat organining qaroriga muvofiq qayta tashkil etilishi yoki 
tugatilishi mumkin. 

Yüklə 2,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə