Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish


Nazorat uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 2,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/93
tarix11.08.2023
ölçüsü2,5 Mb.
#120506
növüУчебник
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   93
agrobiznes

 
Nazorat uchun savol va topshiriqlar 
1.
Agrobiznes korxonalari faoliyati qanday me’yoriy-huquqiy 
hujjatlar orqali tartibga solinadi? 
2.
Fermer xo’jaliklari faoliyatini tashkiliy-iqtisodiy asoslarini 
tavsiflab bering.
3.
Ko’p tarmoqli fermer xojaliklarini tashkil etish va boshqarish 
tizimida qanday muammoli jarayonlar mavjud?
4.
Ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini tashkil etishni qishloq 
xo’jaligini rivojlanishidagi ahamiyatini qanday baholaysiz?
5.
Ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini tashkil etishni hududlarda 
aholi bandligini ta’minlashdagi roli.
6.
Ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini tashkil etishni hududlarni 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga ta’siri. 


76 
 
 
 
IV BOB. AGROKLASTERLARNI TASHKIL ETISH VA 
BOSHQARISH 


77 
4.1.Agroklaster tushunchasi va ahamiyati. Agroklasterlar 
faoliyatining tashkiliy-iqtisodiy asoslari. 
4.2.Agroklasterlarni belgilovchi me'yoriy huquqiy hujjatlar. 
4.3.Agroklasterlarni tashkil etish va uni hududlarni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishga ta'siri. 
4.4.Agroklasterlarni boshqarish. 
4.5.Agroklasterlar tashkil etishning xorij davlatlari tajribasi 
 
 4.1. Agroklaster tushunchasi va ahamiyati. Agroklasterlar 
faoliyatining tashkiliy-iqtisodiy asoslari

O‘zbekistonda barcha soha va tarmoqlar kabi qishloq xo‘jaligi ham 
jadal rivojlanmoqda. Bunda yer haqiqiy egasini topganligi, sohada izchil 
amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, qishloq xo‘jaligidagi 
mavjud holatlar, ishlab chiqaruvchilarga davlat tomonidan zarur 
ko‘makning berilayotganligi, ularning har tomonlama qo‘llab-
quvvatlanayotganligi o‘z samarasini bermoqda. 
Bugungi kunda qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishi aksariyat 
jihatdan uning raqobatbardoshligini oshirishga bog‘liqdir. Ushbu 
yo‘nalishda O‘zbekistonda agroklasterlarni barpo etish muhim omil 
hisoblanadi. 
Jahon 
iqtisodiyotida 
integratsiya 
jarayonlarining 
globallashuvi agrabiznesning ichki kuchli va zaif tomonlarini ham, 
uning tashqi imkoniyatlari va xavf-xatarlarini ham har tomonlama 
chuqur o‘rganishni taqozo etmoqda. Aynan ana shu imkoniyatlardan biri 
agrosanoat guruhini klaster modeli bo‘yicha tashkil etishdan iborat.
Klaster modeli jahon amaliyotida iqtisodiy guruh, mintaqa, butun 
mamlakat raqobatbardoshliligini ko‘tarish instrumenti sifatida keng 
qo‘llaniladi. Klaster modelining asosiy belgilari: guruhning tashqi 
bozordagi ulushini oshirish imkoniyatiga egaligi; joylashgan hududda 
qulay sharoitlar (xom ashyo, malakali personal, infrastruktura, o‘quv 
markazlar, ilmiy muassasalar va b.)ning mavjudligi; guruhni davlat 
tomonidan kuchli qo‘llash evaziga qatnashuvchilarning guruhda 
samarali ishtirok etish imkoniyatlarining kengligi va boshqalar. 


78 
Klaster atamasi amerikalik iqtisodchi, Garvard maktabi professori, 
raqobat imkoniyatlarini o’rganish bo’yicha mutaxassis bo’lgan 

Yüklə 2,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə