Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish


 Dehqon xo’jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari



Yüklə 2,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/93
tarix11.08.2023
ölçüsü2,5 Mb.
#120506
növüУчебник
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   93
agrobiznes

3.3. Dehqon xo’jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari.
Dehqon xo’jaliklari mamlakat iqtisodiy qudratining oshishiga 
hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga o’zining salmoqli 
hissasini qo’shish bilan birga, qishloq joylarida yashayotgan aholining 
daromad manbai vazifasini ham o’tamoqda. Dehqon xo’jaligida 
intellektual mulkdan, malaka va tajribadan, kapitaldan samarali 
foydalanish hissi boshqa xo’jalik shakllarida ish yuritish sub’ektlariga 
nisbatan yuqoriroqdir. Buning asosiy sababi, ularning ishlab 
chiqarishdan manfaatdorlik darajasining boshqa ishlab chiqarish 
shakllaridagiga nisbatan yuqoriligidadir.
Dehqon xo’jaliklari tashkiliy ishlab chiqarish bo’yicha o’ziga xos 
xususiyatga 
ega 
bo’lgan 
xo’jalik 
bo’lib, 
ishlab 
chiqarish 
munosabatlarining barcha yo’nalishlarini qamrab olgan ishlab chiqarish 
sub’ekti hisoblanadi. Dehqon xo’jaliklarida ishlab chiqarilgan 
mahsulotlarning asosiy qismi aholi tomonidan iste’mol bozorlarida naqd 
tovar-pul shakli ko’rinishida xarid etiladi va iste’mol qilinadi. Natijada 
dehqon xo’jaliklari ham boshqa xo’jaliklar shaklida o’zi ishlab 
chiqargan mahsulotlarining ma’lum qismini tovar shaklida sotishlari 
evaziga foyda oladilar. Dehqon xo’jaliklari o’zlarining ishlab chiqarish 
faoliyatlarida davlatga yer va mulk soliqlarini to’lar ekanlar, fermer 
xo’jaliklari esa shu davrda ayrim soliq turlarini to’lashdan ozod 
etilganligini aytish zarur. Xulosa qilib aytsak, dehqon xo’jaliklari turli 
ishlab chiqarish korxonalari kabi faoliyat olib boradilar. Bu bilan 
ularning ishlab chiqarish faoliyatlarini korxonalar ishlab chiqarish 
faoliyatiga yaqin bo’lgan ishlab chiqarish shakli deb hisoblash mumkin. 
Dehqon xo’jaliklari boshqa ishlab chiqarish korxonalari kabi bozor 
qonuniyatlari asosida o’z faoliyatlarini amalga oshirsalarda, ular 


72 
tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning asosiy qismini aholi iste’ 
mol qilishi bilan o’zining ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatiga ega. 
Dehqon xo’jaligini boshqa qishloq xo’jaligi korxonalari bilan 
taqqoslaganda quyidagi xususiyatlarni alohida ajratib ko’rsatish 
o’rinlidir:
- yerdan foydalanish, egalik qilish va tassaruf etish hududlarining 
mavjudligi, uning kichik va cheklanganligi;
- davlat buyurtmasining yo’qligi;
- oila a’zolari bilan ishlab chiqarishni tashkil etishda va olgan 
daromadlarni erkin va o’z maqsadlaridan kelib chiqqan holda 
taqsimlanishi;
- oilaga asosiy yoki qo’shimcha daromad keltirishi
- oilaning oziq-ovqat manbai ekanligi;
- dehqon xo’jaligida ishlab chiqarishning mustaqil tashkil etilishi. 

Yüklə 2,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə