Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish


Qo‘shma korxonalar (xorijiy investisiyalar ishtirokidagi



Yüklə 2,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/93
tarix11.08.2023
ölçüsü2,5 Mb.
#120506
növüУчебник
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   93
agrobiznes

Qo‘shma korxonalar (xorijiy investisiyalar ishtirokidagi 
korxonalar)


64 
Ta'sis shartnomalari asosida tashkil etiladigan tadbirkorlik huquqi 
sub'ektlari orasida qo‘shma korxonalar (xorijiy investitsiyalar 
ishtirokidagi korxonalar) alohida o‘rin egallaydi. Qo‘shma korxonalar 
xorijiy sarmoyalarni O‘zbekiston Respublikasiga olib keluvchi asosiy 
manbalardan biri bo‘lib hisoblanadi. 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan 
“Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonunining 3-moddasiga binoan, chet ellik investorlar tomonidan 
tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa 
turdagi faoliyat obyektlariga qo‘shiladigan barcha turdagi moddiy va 
nomoddiy boyliklar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan 
intellektual mulkka bo‘lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar chet 
el investitsiyalari deb e'tirof etiladi. Ushbu qonun 5-moddasining 
birinchi qismiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining yuridik va 
jismoniy shaxslari bilan birgalikda tashkil etilgan xo‘jalik jamiyatlari va 
shirkatlarining, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalarining 
ustav jamg‘armalarida va boshqa mol-mulkida ulush qo‘shib qatnashish 
chet el investitsiyasini amalga oshirish shakli hisoblanadi. O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 1996 yil 30 noyabrda qabul qilingan. 
 
3.2. Fermer xo’jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari 
“Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga beriladigan 
qo‘shimcha rag‘batlantirish omillari va imtiyozlar haqida”gi PF-1652-
son farmonida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar haqida 
to‘xtalib o‘tilgan bo‘lib unga ko‘ra, 1998 yilning 1 aprelidan boshlab 
quyidagi shartlarga javob beradigan yangidan tashkil etiladigan 
korxonalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida va uning 
hududiy organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan xorijiy 
sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar jumlasiga kiradi:
1) korxonaning nizom jamg‘armasi 150 ming AQSh dollariga teng 
summadan kam bo‘lishi mumkin emas; 
2) korxona ishtirokchilaridan biri albatta xorijiy, yuridik shaxs 
bo‘lishi shart;
3) xorijiy sarmoyalar ulushi korxona nizom jamg‘armasining 
kamida 30 foizini tashkil etishi zarur. Yangi tashkil etilayotgan 


65 
korxonalar mazkur shartlarga javob bermagan taqdirda, xorijiy 
sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar jumlasiga kirmaydi hamda korxona 
joylashgan hududdagi shahar va tuman hokimliklarida belgilangan 
tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim. 
Fermer xo’jaligi haqida tushuncha, uning maqsad va vazifalari.
Respublika qishloq xo’jaligida davlat rahbarligida, bosqichma-
bosqich amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida mulkning 
xilma-xil turlari va ularga asoslangan korxona turlari shakllangan. 
Jumladan, xususiy mulkga asoslangan fermer xo’jaliklari tashkil 
etilmoqda. Yangi tahrirdagi “Fermer xo’jaliklari to’g’risida”gi 
qonunning 3-moddasida, 

Yüklə 2,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə