Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish



Yüklə 2,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/93
tarix11.08.2023
ölçüsü2,5 Mb.
#120506
növüУчебник
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   93
agrobiznes

Agroklasterlar faoliyatining tashkiliy-iqtisodiy asoslari. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida klasterlarni shakllantirish tamoyillarini 
tadqiq etgan Ye.M.Tereshin, V.M.Volodinlar fikricha: tuzilishi, hajmi 
va faoliyat turiga qarab, klasterlarni shakllantirishning uchta asosiy 
tamoyillari keng tarqalgan, ular
9

-
potensial ishtirokchilar manfaatlarining umumiyligi,
-
konsentratsiya (muntazam aloqalar uchun qulay joylarni 
aniqlanishi);
-
ishtirokchilar bog‘liqligini ta'minlovchi o‘zaro aloqalardan 
iboratdir.
Klaster tuzilmalarini shakllantirish, faoliyat ko‘rsatish va boshqarish 
tamoyillarni aniqlashda ularni uchta guruhga ajratib ko‘rsatish mumkin:
-
maqsad tamoyillari,
-
shakl va mazmun tamoyillari,
-
boshqarish va o‘zaro hamkorlik.
Shu bilan birga, ishtirokchilar manfaatlari asosida shakllangan 
maqsad tamoyillari klasterlar shakllanishining taklif etilayotgan tizimida 
yetakchilik qiladi. O‘z o‘rnida, klasterni shakllantirish tamoyillari uning 
faoliyat ko‘rsatishi, iqtisodiy, tashkiliy, texnologik va tizimli 
xususiyatga ega tamoyillarga asoslangan bo‘lishi lozim, qaysikim ular 
klasterning barcha ishtirokchilarini va klasterni o‘zini mutonosib 
(adekvat) rivojlanishini ta'minlaydi. Bugungi kunda klasterlar dunyo 
mamlakatlarining iqtisodiy siyosatida muhim hodisa bo‘lib kelmoqda. 
Klaster, o‘zining barcha elementlarini uzluksiz takomillashtirib borishni 
9
Терешин Е.М. Володин В.М. Принципы кластерных объединений в российской экономике // Экономика 
сельскохозяйственных и перерабатывающих предприятий. – 2011. – № 3. – С. 57–60.


83 
nazarda tutadi va ularning o‘zaro aloqasi alohida elementni ham, bir 
butun klasterni ham raqobatdoshligini oshishiga hissa qo‘shib boradi. 
Klasterning geografik-hududiy joylashuviga ko‘ra konsentrat-
siyalanganligi, o‘z-o‘zidan shakllanishi, tarmoqli tashkil etilishi, 
tizimliligi, tarmoqlararo xususiyatlari, unikalligi, fan va ilmiy 
tadqiqotlarga bog‘liqligi, innovatsionligi uning tayanch alomatlari 
hisoblanadi. 
Turli 
darajadagi 
boshqaruv 
doiralarida, 
klasterli 
konsepsiyaga – mintaqa yoki tarmoqni, yoki mamlakatni reytingini 
oshiruvchi yangi boshqaruv texnologiyasi sifatida qaralmoqda. 
Klasterlashtirish yetakchi mamlakatlar iqtisodiyotini 60 foizini qamrab 
olgan, va unga dunyo iqtisodiy tizimining yangi rivojlanish vektori 
sifatida qaralmoqda. Klasterlarni tatbiq qilinishi rivojlangan va 
rivojlanayotgan mamlakatlarda raqobatbardoshlikni oshishining tayanch 
vositasi bo‘lib bormoqda. 
Agrosanoat klasteri konsepsiyasiga oid ilmiy ishlarda asosiy uchta 
mezon ajratib ko‘rsatiladi:
10
Birinchidan, klaster, ayniqsa, barqaror rivojlangan holatida tizim, 
aniqrog‘i yopiq tizim sifatida bo‘ladi. Bu tizim yanada yaxlitroq bo‘lsa, 
u qanchalik samaraliroq bo‘lsa, uni qo‘llashdagi sinergetik samarali 
ta'siri shunchalik yuqori bo‘ladi. Shu bilan birga, bu tizim qanchalik 
ochiq bo‘lsa, u ko‘proq rivojlanish va o‘z-o‘zini rivojlantirishga qodir 
bo‘ladi. 
Qishloq xo‘jaligini klasterlashtirishning joriy va fundamental 
asoslari barcha xo‘jalik toifalari o‘rtasida o‘zara aloqasi mavjud bo‘lishi 
bilan belgilanadi. Bu o‘zaro aloqalarni amalda istalgan qishloq xo‘jalik 
hududida kuchaytirish mumkin va maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ikkinchidan, klaster deb, shunday tuzilmalarni atash kerakki, 
qaysikim uning asosini innovatsion texnologiyalar, ko‘p bosqichli 
texnologik o‘zaro aloqalar tashkil qilishi, u mehnatning taqsimlanishiga 
asoslangan an'anaviy o‘zaro hamkorlikdan iborat bo‘lmasligi lozim.
Uchinchidan, klaster deb faqat o‘z-o‘zini boshqaruvchi va tashkiliy 
jixatdan integrallashgan shaklda bo‘lgan, kichik rezonans ta'sirlar bilan 
10
Фролова О.А. Агропромышленные кластеры: российская модель/ Вестник НГИЭИ / 
https://cyberleninka.ru/article/n/agropromyshlennye-klastery-rossiyskaya-model


84 
boshqariladigan 
tuzilma 
hisoblanishi 
mumkin. 
Klasterlardagi 
sub'ektlarning hatti-harakatlarini klasterlarni boshqarishning ma'muriy 
apparatini emas, balki ularning iqtisodiy manfaatlari belgilaydi. 
Klasterlar - innovatsion texnologiyalar va bir-biriga yaqin 
texnologik aloqalarga asoslanadi. Klasterlarni tashkiliy shaklini 
mezonlari sifatida quyidagi xususiyatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
• birinchidan, tizimlilik, munosabatlarning mavjudligi va o‘zaro 
aloqalarni kuchliligi (zaif, o‘rta, kuchli va juda kuchli);
• 
ikkinchidan, 
innovatsion 
texnologiyalarni 
qo‘llanilishi, 
foydalanish va yaqin texnologik aloqalarning bo‘lishi;
• uchinchidan, klasterlar o‘z-o‘zini boshqaradigan va asosan o‘z-
o‘zini tashkil qiladigan iqtisodiy shakldir. Shu bilan birga, o‘z-o‘zini 
boshqarish va o‘zini-o‘zi tashkil etish muayyan iqtisodiy manfaatlarga 
asoslanadi. Ushbu manfaatlarning mazmuni, asosan, innovatsion 
texnologiyalar va klasterdagi texnologik aloqalar bilan belgilanadi.
Klasterlar, bu muammolarni hal qilish uchun mo‘ljallangan. 
Klasterlarga birlashish, klaster sub'ektlari uchun ham, hududiy va milliy 
iqtisodiyot uchun qulayliklar yaratadi va foyda beradi.
Dastlabki “Bek cluster” qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida 
tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va bunda davlatning rolini 
qisqartirish, 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
investitsiyalar 
jalb 
etilishini 
rag‘batlantirish, paxta va boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 
yetishtirishning samarali usullarini joriy etish, ularni chuqur qayta 
ishlashni 
tashkil 
qilish, 
shuningdek, 
agrar 
sektorda 
mehnat 
unumdorligini va unga haq to‘lashni oshirish maqsadida 2017 yil 15 
sentyabrdagi PQ-3279- sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“Sirdaryo viloyatida zamonaviy paxtachilik-to‘qimachilik klasterini 
barpo etish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq tashkil 
etildi. Bu qaror bilan “Mirza obod universal trade cluster” xususiy 
korxonasining “TRONTEX LP” (Buyuk Britaniya) va “GRATUM 
TRADING LP” (Buyuk Britaniya) xorijiy kompaniyalari ishtirokida 
mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Bek cluster” qo‘shma 
korxonasini barpo etishni nazarda tutuvchi, qiymati $165 mln. tajriba 
loyihasi tasdiqlandi. 


85 

Yüklə 2,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə