Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish


-rasm. Meva-sabzavot klasteri zanjirida uzum ishlab chiqarish



Yüklə 2,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/93
tarix11.08.2023
ölçüsü2,5 Mb.
#120506
növüУчебник
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   93
agrobiznes

4.4.-rasm. Meva-sabzavot klasteri zanjirida uzum ishlab chiqarish
qayta ishlash va realizatsiya qilish jarayoni
14

Rivojlangan 
xorijiy 
mamlakatlar 
tajribalarni 
hamda 
respublikamizda meva-sabzavot tarmoqlarini rivojlantirish uchun qabul 
14
Eshonqulov S.X., Urdushev X. Meva-sabzavot klasterda uzum ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotishni 
optimallashtirish masalalari//“Iqtisodiyot va innovasion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 2, mart-aprel', 
2019 yil. http://iqtisodiyot.tsue.uz/sites/default/files/maqolalar/Murodova.pdf 


103 
qilingan me'yoriy-huquqiy asoslarini o‘rganish, meva-sabzavotchilik 
klasterini: qishloq xo‘jaligini diversifikasiya qilish, hududlar tabiiy-
iqlim sharoitlariga mos, serhosil va eksportbop meva-sabzavot ekinlari 
navlarini joylashtirish, eksportga yo‘naltiriladigan xaridorgir va 
raqobatbardosh mahsulotlarni yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va 
sotish jarayonlariga yangi texnologiyalarini joriy etish, yangi ish 
o‘rinlarini yaratish, meva-sabzavot yetishtirish va qayta ishlash 
jarayonidagi ishtirokchilarning moddiy manfaatdorligini ta'minlash 
jarayonlarni to‘liq qamrab oluvchi tizim sifatida shakllantirish maqsadga 
muvofiqligini ko‘rsatadi. Klaster quyidagi vazifalarni o‘zida 
mujassamlashtiradi:
• meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va 
sotishga chuqur ixtisoslashish;
• meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qabul qilish, tozalash, 
saralash, 
quritish 
hamda 
qayta 
ishlashda 
yangi 
innovasion 
texnologiyalarni joriy etish;
• yer maydonlaridan foydalanish: ajratilgan yer maydonlaridan 
samarali va unumli foydalanish, maydonlarga sifatli, jahon andozalariga 
mos eksportbop meva, uzum va sabzavot ekinlarni joylashtirish
samarasiz va istiqbolsiz qishloq xo‘jalik ekinlari o‘rniga bosqichma-
bosqich meva, uzum va sabzavot ekinlari joylashtirish;
• meva-sabzavot yetishtirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni 
o‘rganish, ulardan mintaqa va hududiy sharoitlarda keng foydalanish, 
meva-sabzavotchilik sohasiga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;
• eksportga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini 
yetishtirish, ularning seleksiyasi va urug‘chiligini klaster hududlarida 
o‘zlashtirish, rivojlantirish, ilmiy tadqiqot muassasalari bilan 
hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
• serhosil meva, uzum va sabzavot ekinlarini ekish, mahsulot 
yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va sotish jarayonini to‘liq qamrab 
oluvchi tizimni shakllantirish, shuningdek zamonaviy innovasion, resurs 
tejamkor texnologiyalarni meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish 
jarayonlariga joriy qilish; 


104 
• malakali yangi ish o‘rinlarini tashkil etish etish. Meva-
zabavotchilik klasteri tomonidan amalga oshiriladigan investisiya 
loyihalarining prognoz parametrlari quyidagi investisiya loyihalaridan 
shakllantirilishi mumkin: 
• mavjud bog‘ va tokzorlarni takomillashtirish, rekonstruksiya 
qilish;
• zamonaviy issiqxona komplekslari tashkil qilish; 
• yangi intensiv bog‘dorchilik va uzumchilik xo‘jaliklarini tashkil 
qilish;
• zamonaviy qishloq xo‘jalik texnikalari parklarini shakllantirish;
• ko‘p tarmoqli sanoat muzlatkichli logistika markazlari (katta 
sig‘imli sanoat muzlatgichlari, mahsulotni qayta ishlash vositalari)ni 
shakllantirish; 
• maxsus transport vositalari (maxsulotlarni eksportga tashuvchi 
refrijerator yuk mashinalari, traktor vositalari, osma va tirkamali 
texnikalar)ni shakllantirish; 
• eksportbop mahsulotlar yetishtirish va ularni qayta ishlash. 

Yüklə 2,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə