Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish



Yüklə 2,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/93
tarix11.08.2023
ölçüsü2,5 Mb.
#120506
növüУчебник
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   93
agrobiznes

Rossiyada
ham iqtisodiyotni barcha sohalarida, sh.j. agrosanoat 
kompleksida, klasterlarni shakllantirish va rivojlantirish bo’yicha 200 
dan ko’p loyihalar amalga oshirilmoqda. Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi 
2008 yilda qabul qilgan «Hududiy-sanoat klasterlarini rivojlantirish 
Kontseptsiyasi” 
uch blokdan iborat: klasterlarni institutsional 
taraqqiyotiga 
yordam 
berish; 
klasterda 
qatnashuvchilarni 
raqobatbardoshliligini ko’tarish; klasterlarni taraqqiyot etishi uchun 
qulay sharoitlarni yaratish.
Hozirgi kunda Tomsk oblastining ”Biokompleks” klasterida 
(bug’doyni yangi hosildor va zamburug’ kasalliklariga chidamli 
yumshoq va ostist navlari yaratildi, keynchalik donni chuqur qayta 
ishlash, biotexnologiya, neftkimyo ishlab chiqarish tarmoqlarini ichiga 


108 
olgan “AgroPARK”ni tuzish mo’ljallangan), Tula oblastidagi “Baltika” 
klasteri (ilmiy-tadqiqot stantsiyasining 672 tajriba-eksperimental 
maydonchalarida sulini pivo pishirishga yaraydigan (Rossiya yutuqlari 
reestriga kiritilgan) 17 navini etishtirishga erishishdi, Kemerovo 
oblastida “KalinaMalina” agrosanoat brendi (7ta firma-magazinlar va 
40ta fermerlar bilan birga), Vologda oblastida “Biotexnologiya” klasteri 
(OAO “FosAGRO” bilan birga) va b. regionlarda shu kabi zamonaviy 
agroklasterlarni barpo etish jarayoni ancha jadallashdi. 
Klaster tuzilmalari Shveytsariya, Avstriya, Italiya, Daniya, 
Hindiston, Koreya, Pokiston, Xitoy, va Turkiya davlatlari engil 
sanoatida, Germaniyada kimyo va mashinasozlik, Frantsiyada oziq-
ovqat va kosmetika sanoatlarida muvaffaqiyatli ishlamoqda. Klasterlarni 
shakllantirish jarayoni Janubi-Sharqiy Osiyo, Xitoy, Singapur, 
Yaponiya, va boshqa mamlakatlarda faollashib bormoqda. Masalan, 
Germaniyada yaqin vaqtgacha mintaqaviy klasterlar rivojlanishi davlat 
aralashuvisiz kechar edi. Biroq 2003 yilda xukumat klaster 
tashabbuslariga jiddiy e’tibor qaratdi. Bu, birinchi navbatda, yuqori 
texnologiyali sohalarni loyihalashda amalga oshirildi. Davlat nafaqat 
mahalliy, balki boshqa manbalar hisobidan sanoat va ilmiy markazlar 
kuch-g’ayratini birlashtirishni ko’zda tutmoqda. 

Yüklə 2,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə