Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish


V BOB. AGROBIZNES FAOLIYATINING HUQUQIY



Yüklə 2,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/93
tarix11.08.2023
ölçüsü2,5 Mb.
#120506
növüУчебник
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   93
agrobiznes

V BOB. AGROBIZNES FAOLIYATINING HUQUQIY 
ASOSLARI 
 


110 
tuzilmalari tuzilishini jaxon davlatlari tajribasi va huquqiy amaliyotiga 
muvofiqlashtirilishini; ikkinchidan, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish 
tuzilmalarining respublikamiz iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlashda 
mavqeining oshishi va ularning tadbirkorlik faoliyat yuritishini huquqiy 
taminlashni; uchinchidan, qishloq xo‘jalik tijoratchi korxonalarining 
iqtisodiy qaramsizligi va xo‘jalik mustakilligini hamda ularning 
tadbirkorlik 
va 
biznes 
sohasida 
faoliyatini 
rag’batlantirish 
murvatlarining qonuniy asoslarini mustahkamlashni: to‘rtinchidan, 
respublika qishloq xo‘jaligining imkoniyatiga, qishloq xo‘jalik 
tadbirkorlarning tashabbuskorligi va dehqonlarni huquqiy va ijtimoiy 
himoya qilish tizimini shakllantirishga haqqoniy baho berishni talab 
etadi. 
Qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik faoliyatining asosiy mazmuni 
shundan iboratki, dehqonlarga o‘zlarining tadbirkorligi va tashabbus-
korligini ro’yobga chiqarish uchun keng erkinlik berish, ishlab chiqarish 
vositalarini o‘zining xo‘jayiniga ega bo’lish, o‘z mehnatlarining 
pirovard natijalari bo’yicha manfaatdorligini oshirib, ishlab chiqargan 
mahsulotlarini mustaqil tassaruf etish huquqini kafolatlash zarur. 
Qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik faoliyatining mazmuni tushunib olishda 
tarmoqdagi turli xil tadbirkorlik sub’ektlarining tashkiliy huquqiy shakli 
sifatida ularning tutgan o’rni, huquqiy maqomining o‘ziga xos 
xususiyatlarini mavjudligini e’tirof etish tashkil etishi ular faoliyatining 
samaradorligini oshirishning muhim sharti bo’lib hisoblanadi. 
Mamlakat qishloq xo‘jaligi barqarorligini ta’minlash maqsadida 
mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, ya’ni dehqon 
va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratildi. Ayni 
vaqtda, respublikamizda fermer xo‘jaliklari to‘g‘risidagi islohotlarni 
chuqurlashtirish va ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan ko‘plab chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligida 
ishlab chiqarishning asosiy shakliga, sohani barqaror va samarali 
rivojlantirishni ta’minlaydigan yetakchi kuchga aylandi. Bugungi fermer 
xo‘jaliklari samarali faoliyat yuritish uchun o‘z ixtiyorida ijara asosidagi 
yetarlicha ekin maydonlariga ega bo‘lgan, yuksak samarali zamonaviy 
texnika bilan ta’minlangan, ilg‘or texnologiyalarni puxta egallagan yirik 


111 
xo‘jaliklardir. Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlari yetishtirish bilan birga, ularni chuqur qayta ishlash, qurilish 
ishlarini amalga oshirish va qishloq aholisiga xizmat ko‘rsatish kabi 
yo‘nalishlarda samarali faoliyat ko‘rsatmoqda va o‘z istiqbolini 
topmoqda. 
Qishloqda bozor infratuzilmasini shakllantirish va rivojlantirish, 
Moddiy-texnika ta’minotini mustahkamlash, moliyalashtirish va 
kreditlashning yangi shaklini ishlab chiqarishga joriy qilish va boshqa 
dolzarb masalalarni hal qilishga yo‘naltirilgan ko‘plab dasturlar 
tayyorlandi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 
24 martdagi “Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng 
muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi Farmonida fermer xo‘jaliklarini 
shakllantirishning quyidagi asosiy qoidalari belgilab berilgan: 
fermer xo‘jaliklari, qoida tariqasida, tugatiladigan, zarar bilan 
ishlayotgan, past rentabelli va istiqbolsiz shirkatlar negizida tashkil 
etiladi; 
fermer xo‘jaligi yuridik shaxs sifatida, asosan, xususiy korxona 
shaklida, keyinchalik ular turli shakldagi kooperatsiyalarga birlashish 
huquqi bilan barpo qilinadi; 
fermer 
xo‘jaliklariga 
beriladigan 
yer maydonlari 
shirkat 
xo‘jaliklarining balansidanchiqariladi; 
yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish 
moddiy texnika resurslari va xizmatlarni olish uchun shartnomalarni 
faqat fermer xo‘jaliklarining o‘zlari tayyorlov, qayta ishlash hamda 
xizmat ko‘rsatish korxonalari va tashkilotlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
tuzadilar. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 12 
dekabrdagi “Qishloqni lizing shartlarida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan 
ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining joriy qilinishi 
agroiqtisodiyotni yangi qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashga 
sharoit yaratib berdi. Mazkur islohotlar natijasida ushbu davrda dehqon 
va fermer xo‘jaliklarining mahsulot ishlab chiqarishdagi samaradorligi 
yaqqol ko‘zga tashlanib, bir yilda o‘rtacha 6,8 foizdan o‘sdi. 
Mamlakatda bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitida fermer 


112 
xo‘jaliklarining tashkil topishi agrar islohotlarning asosiy mazmunini 
tashkil etdi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 6 oktabrdagi F-
3077-son “Fermer xo‘jaliklari faoliyatini yuritishda yer uchastkalari 
miqdorini maqbullashtirish (optimallashtirish) choralarini ko‘rish 
yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha maxsus komissiya tashkil 
etish to‘g‘risida”gi Farmoyishi natijasida bir fermer xo‘jaligiga to‘g‘ri 
keladigan yer maydoni 2 baravarga, ya’ni 27 gektardan 56 gektarga 
kengaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 
yanvardagi 22-son Qarori bilan “Fermer xo‘jaligining yer maydonini 
maqbullashtirish va uni tugatish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi. 
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 22 
oktabrdagi “O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada 
takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-
4478-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda fermer xo‘jaliklarining 
yer maydonlarini maqbullashtirish jarayonida ularning huquqlari 
qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash, fermer xo‘jaliklarini 
tugatishda qonunchilik normalariga rioya etish kafolatlarining ishonchli 
tizimini yaratish maqsadida qabul qilindi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyeev 2017 yil 9 
dekabrdagi Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali 
marosimdagi nutqida “Hozirgi kunda fermer xo‘jaliklari va umuman, 
qishloq xo‘jaligi sohasi davlatimiz tomonidan har tomonlama qo‘llab-
quvvatlanib, ularga barcha zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib 
berilmoqda. Fermer va dehqonlarimiz qishloq xo‘jaligida asosiy kuch 
bo‘lib, nafaqat mazkur sohani, balki butun mamlakatimiz taraqqiyotini 
yuksaltirish, xalqimizning turmush darajasini oshirish, yurtimizni har 
jihatdan obod va farovon qilishda beqiyos ishlarni amalga 
oshirayotganini bugun faxr va g‘urur bilan, minnatdorchilik bilan qayd 
etamiz”, deb ta’kidladilar. 

Yüklə 2,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə