Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish


Qishloq xo’jaligida tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llash-



Yüklə 2,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/93
tarix11.08.2023
ölçüsü2,5 Mb.
#120506
növüУчебник
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   93
agrobiznes

7.2.Qishloq xo’jaligida tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llash- 
quvvatlash chora-tadbirlari va uni amalga oshirish. 
O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni 
rivojlantirish uchun zarur huquqiy asoslar, soliq tizimi, investitsiya 
sharoiti va moliyaviy qo’llab-quvvatlash mexanizmlarini yaratish va 
ularni doimiy ravishda takomillashtirib boriladi. 


130 
Xorjiy davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda, kichik biznes va 
tadbirkorlik sub’ektlarini shakllantirish hamda ularning ishlab 
chiqarish quvvatlarini kengaytirish uchun mablag’lar yetishmasligi 
eng murakkab muammolardan biri hisoblanadi. Tijorat banklari 
ularning tavakkalchilik darajasi yuqori va garov majburiyatlari 
kuchsiz ekanligi sababli kredit berishni xoxlamaydi. Bu muammo 
iqtisodi nochor xususiy tadbirkorlik shakllanayotgan va ishlab 
chiqarishga mablag’ sarflash tajribasi mavjud bo’lmagan davlatlarda 
qiyin kechmoqda. 
Jahon tajribasidan kelib chiqib, davlatimiz mustaqillikka erishgan 
dastlabki yillardan boshlab amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy 
islohotlar jarayonida bank tizimini rivojlantirishga, kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlik sohasini moliyaviy qo’llab-quvvatlashga, 
mamlakatimizga imkon darajada ko’proq xorijiy investitsiyalar jalb 
qilishga ustuvorlik berilib, tadbirkorlarni moliyaviy qo’llab-
quvvatlashning davlat tizimi shakllandi. Respublikada tashkil etilgan 
"Mikrokreditbank" hamda byudjetdan tashqari fondlar, ya’ni "Fermer, 
dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalarini qo’llab-kuvvatlash 
Jamg’armasi", Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish 
vazirligining "Ish bilan ta’minlashga ko’maklashish Jamg’arma"si 
xususiy tadbirkorlarni moliyaviy qo’llab-quvvatlash va ularga xizmat 
ko’rsatishni tashkil qilish bo’yicha davlat siyosatining asosiy 
vositalaridan biri bo’ldi 
1995 yil 21 dekabrida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi 
«Kichik 
tadbirkorlikni 
Davlat 
tomonidan 
qo’llab-quvvatlash 
to’g’risida»gi Qonuni kichik biznesga ko’maklashuvchi bozor 
infratuzilmasini shakllantirish va rivojlantirishning huquqiy asosi bo’lib 
xizmat qildi. Ushbu hujjatlarda mahalliy hokimiyatlar, vazirlik va 
idoralar, jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining mazkur 
sohani rivojlantirishga oid vazifalari aniq belgilab berilgan. 
3. 1993 yili “Kichik va o’rta biznesni imtiyozli ravishda kreditlash 
maqsadida Kichik va o’rta biznesning rivojlanishiga ko’maklashish 
fondi” tashkil etilgan va 1995 yili “Xususiy tadbirkorlik va kichik 
biznesni qo’llab-quvvatlash Fondi (Biznes-fond)ga aylantirildi. Mazkur 


131 
Fondga davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan, tadbirkorlikni 
qo’llab-quvvatlash, texnik jihatdan qayta qurollantirish, rekonstruktsiya-
lashga yo’naltirilgan mablag’ning 50 foiz o’tkazib berildi. 
4.Tadbirkorlarni moliyaviy qo’llab-quvvatlash maqsadida, muhim 
loyihalarni kreditlar bilan kafolatli ta’minlash va bevosita qo’yilmalarni 
amalga oshirish uchun 1996 yili “O’zbekiston tovar ishlab 
chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi” – notijorat tashkilot tashkil 
qilindi. 
Tadbirkorlar uchunyangi tashkil etilgan "Mikrokreditbank" qisqa 
vaqt ichida agrar sektorda mikrokreditlar berish bo’yicha o’z 
faoliyatini kengaytirmoqda. Uning bo’limlari mamlakatimizning 
deyarli barcha ma’muriy-hududlarida (viloyat va tumanlarda) tashkil 
qilindi. "Mikrokreditbank" 1993 yildan boshlab tovar ishlab 
chiqaruvchilarga imtiyozli kreditlar bera boshlagan "Tadbirkorbank" 
faoliyatining davomchisidir. 
Bundan tashqari, byudjetdan tashqari jamg’armalar hisobidan 
tijorat banklari orqali beriladigan kreditlar xatarlarini qoplash 
maqsadida "Madad" sug’urta agentligi to’zildi. 
Agrar sektor ishlab chiqarishida kichik biznes xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish hamda dehqon va fermer 
xo’jaliklarini rivojlantirish uchun qo’shimcha moliyaviy resurslarni 
jalb qilishda "Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalarini 
qo’llab-quvvatlash 
jamgarmasi" 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 1997 yil 18 martdagi PF-1737 sonli Farmoniga asosan 
Respublika Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalarini 
uyushmasi qoshida tashkil etildi. 
Jamg’armaning asosiy vazifasi respublika dehqon va fermer 
xo’jaliklarini qo’llab-quvvatlash hamda ularga imtiyozli va maqsadli 
kreditlar ajratish yo’li bilan moliyaviy yordam ko’rsatish hisoblanadi. 
Jamg’armaning kredit liniyalari hisobidan mablag’lar faqat Dehqon va 
fermer xo’jaliklari uyushmasi a’zolariga va tijorat banklari orqali 
muddatini o’zaytirish huquqisiz 3 yilgacha bo’lgan muddatga 
ajratiladi. Bu kreditlarning yillik imtiyozli ustama foizlar stavkasi 
miqdori O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash 


132 
stavkasining 1/3 qismini tashkil qiladi, ya’ni hozirgi kunda u 6 foizdan 
iborat. Bu stavkaning 50 foizi bank marjasi hisoblanadi va qolgan 
qismi Jamg’arma daromadiga kiradi.
Davlat soliq qo’mitasi tomonidan dehqon xo’jaliklaridan 
undiriladigan yer solig’i miqdorining 5 foizi va fermer xo’jaliklaridan 
undiriladigan yagona yer solig’i miqdorining 2,5 foizi tashkil etadi. 
2012 yilda mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq 
to’lovi sravkasining 7 foizlan 6 foizga kamaydi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 10 
sentyabrdagi "Kichik korxonalar, dehqon va fermer xo’jaliklarini 
mablag’ bilan ta’minlash, moddiy-texnik ta’minlash, ularga bojxona 
imtiyozlarini berish, bank xizmatlari va boshqa xizmatlar ko’rsatish 
bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida"gi 366-sonli qarori 
talablaridan kelib chiqqan holda "Tijorat banklari tomonidan yakka 
tartibdagi tadbirkorlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
sub’ektlarini byudjetdan tashqari jamg’armalar kredit liniyalari 
hisobidan kreditlash tartibi to’g’risida" Nizom ishlab chiqilib, Adliya 
Vazirligidan 2001 yil 3 oktyabrda 1074-raqam bilan Davlat ro’yxatidan 
o’tkazilgan. 
Mazkur tartib asosida, "Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer 
egalarini qo’llab-quvvatlash Jamg’armasi" mablag’lari hisobidan 
boshlang’ich sarmoyani shakllantirish uchun kreditlar davlat ro’yxatidan 
o’tganiga 6 oydan oshmagan davrda kredit olish uchun tegishli 
buyurtmalar bergan mikrofirmalar va yuridik shaxs maqomiga ega 
bo’lgan dehqon xo’jaliklariga eng kam oylik ish haqining 150 barobari 
miqdorida, kichik korxonalar va fermer xo’jaliklariga eng kam oylik ish 
haqiiing 300 barobarigacha aylanma mablag’larni to’ldirishga, 
investitsiya loyihalarini texnik iqtisodiy asoslashga va asbob uskunalarni 
sotib olishga Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining 1/6 
qismi miqdorida, foizlarni 12 oy muddat o’tgach va asosiy qarzni kredit 
olgan vaqtdan 18-24 oy o’tgandan so’ng qaytarish sharti asosida 3 
yilgacha bo’lgan muddatga boshlang’ich sarmoya sifatida kredit berish 
tartibi joriy qilingan. 


133 
Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 19 maydagi "Tijorat banklarining 
kichik va o’rta tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini rag’batlan-
tirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida"gi 195-sonli qarorida tijorat 
banklari sof foydasining 25 foizigacha miqdorini ajratish hisobiga 
bankning o’zida imtiyozli kredit berish maxsus Jamg’armasi tashkil 
etilishi qayd qilingan. 
Ushbu Jamg’armadan kreditlar O’zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki tomonidan tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasi Adliya 
Vazirligida ro’yxatga olingan 2000 yil 29 fevraldagi 902 va 903-sonli 
Tartiblari asosida ajratiladi. Jamg’arma mablag’i hisobidan ajratilgan 
kreditlar bo’yicha ustama foiz miqdori O’zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalash stavkasining 
50 foizidan ortiq bo’lmagan miqdorda belgilanadi. Shu bilan birga
qarorda tijorat banklarining mazkur jamg’arma hisobidan kreditlash 
evaziga olgan daromadlari imtiyozli kreditlash jamg’armasi 
mablag’larini ko’paytirishga yo’naltirilgan taqdirda 5 yilgacha soliqdan 
ozod qilish bo’yicha rag’batlantirish mexanizmi ko’zda tutilgan. 
Respublikada faoliyat ko’rsatayotgan dehqon va fermer 
xo’jaliklarining kreditga bo’lgan talabini qondirilmayotganligining 
asosiy sabablaridan biri kredit resurslarining asosan boshqa sohalarga 
yo’naltirilayotganligi bo’lmoqda. 
"O’zagrosug’urta" davlat aktsiyadorlik sug’urta kompaniyasi har bir 
fermer xo’jaligi bo’yicha paxta va g’alla ekinlari holatini, ularni 
etishtirish bo’yicha xarajatlarga kredit ajratish maqsadga muvofiqligini 
aniqlangandan so’ng sug’urta polisini beradi. Natijada, imtiyozli kredit 
olish vaqti cho’zilib, fermerlarni ekish davrigacha va ekin unib 
chiqqungacha 
bo’lgan 
xarajatlarga 
kredit 
olish 
imkoniyati 
chegaralanmoqda. O’rnatilgan tartibga binoan "'O’zagrosug’urta" davlat 
aktsiyadorlik sug’urta kompaniyasi sug’urta polisini beradi.. 
Hozirgi kunda chet el kredit liniyalari hisobidan xalq xo’jaligining 
turli tarmoqlaridagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini 
kreditlar bilan ta’minlash o’z samarasini bermoqda. Bunga Evropa 
tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki va Xalqaro Moliya 


134 
Korporatsiyasi kabi qator tashkilotlar kredit liniyalarini misol keltirish 
mumkin. 
Mamlakatimiz qishloq xo’jaligida kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikning mohiyati va iqtisodiyotdagi o’rni juda keng 
qamrovlidir. Shunga ko’ra, iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida 
mamlakatimiz qishloq xo’jaligida kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirish uchun hukumat tomonidan amalga 
oshirilayotgan chora-tadbirlarni barqaror iqtisodiyotni shakllantirishning 
asosiy yo’nalishlaridan biri sifatida hisoblash mumkin. 
Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 11 oktyabrdagi 439-sonli «Kichik 
tadbirkorlik (biznes) sub’ektlariga tegishli bo’lgan korxonalar va 
tashkilotlar klassifikatsiyasini tasdiqlash to’g’risida»gi qaroriga muvofiq 
qishloqda faoliyat ko’rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlari qaysi tarmoqqa 
taalluqligiga qarab, ulardagi band bo’lgan xodimlar soniga ko’ra yakka 
tartibdagi tadbirkorlik va kichik biznesga ajratilgan. 
Qarorda belgilanishicha, qishloq xo’jaligida yakka tartibdagi 
tadbirkorlik sub’ektlariga ishchilar soni 20 kishigacha, kichik biznes 
sub’ektlariga esa ishchilar soni 50 kishigacha bo’lgan korxonalar 
kiritilgan. Demak, dehqon va fermer xo’jaliklari ham qonunda 
belgilangan tartibda ularda ishlovchilar soniga qarab yakka tartibdagi 
tadbirkorlik va kichik biznes sub’ektlariga bo’linadi. Yana bir masala, 
qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar qaysi faoliyat turida 
ko’proq daromad olishiga qarab, o’sha tarmoqdagi kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlikka tegishli bo’lishi belgilangan. Qishloq va xo’jaligi 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik boshqa sohadagi tadbirkorliqdan 
quyidagi o’ziga xos xususiyatlar bilan ajralib turadi: 
- dehqon va fermer xo’jaliklarida asosiy ishlab chiqarish vositasi 
yer hisoblanganligi va mahsulot yetishtirish tabiiy resurslarga 
bog’liqligi; 
- dehqon va fermer xo’jaliklarining qishloq xo’jalik mahsulotlari 
ishlab chiqarishga ixtisoslashganligi va bu holat biologik jarayonga 
bog’liq bo’lib, bir vegetatsiya muddatida yoki bir yilda bir marotaba 
hosil olinishi


135 
- dehqon va fermer xo’jaliklari faoliyati jarayoniga tabiat o’z 
ta’sirini o’tkazib turishi orqali yakuniy natija to’lig’icha tadbirkor 
mehnatiga bog’liq bo’lmasligi; 
- dehqon va fermer xo’jaliklarida mahsulot etishtirish jarayonida 
(agrotexnik tadbirlarni o’tkazish parvarishlash va boshqalar) ish vaqtini 
chegaralanmaganligi; 
- dehqon va fermer xo’jaliklarida ishlab chiqarish jarayoni 
mavsumiy harakterga ega ekanligi va ularda ishlovchilar yilning ma’lum 
bir vaqtida ish bilan ta’minlanishi. 
- qishloq xo’jaligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda ish 
vaqti ishlab chiqarish vaqti bilan mos kelmasligi, ya’ni, agar boshqa 
sohada bir kun yoki bir smenada ma’lum bir miqdordagi mahsulot ishlab 
chiqarilsa yoki xizmat ko’rsatish sohasidagi kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikda ma’lum turdagi va ma’lum miqdordagi xizmat ko’rsatilsa, 
qishloq xo’jaligida mehnatning yakuni hosilni yig’ish bilan belgilanishi; 
- dehqon va fermer xo’jaligida yaratilgan mahsulot keyingi ishlab 
chiqarish jarayonida qatnashishi; 
- dehqon va fermer xo’jaliklarida ishlab chiqarishga sarflangan 
mablag’larni qaytishi uzoq muddat (dehqonchilikda bir yil, chorvachilik 
sohasida 2- 3 yil) davom etishi va h.k. 

Yüklə 2,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə