Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish



Yüklə 2,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/93
tarix11.08.2023
ölçüsü2,5 Mb.
#120506
növüУчебник
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   93
agrobiznes

 


149 
Izoh:
korxonaning ulgurji narxi to’lovchi tomonidan mustaqil ravishda 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 27 yanvar 1995 yilda 
tasdiqlangan 9 - sonli “Moliyaviy natijalarni shakllanish tartibi va mahsulot 
(ish, xizmat) tannarxiga kiritiladigan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab 
chiqarish va realizatsiya qilish bo’yicha xarajatlar tarkibi to’g’risida”gi 
Nizomga muvofiq, qilingan barcha xarajatlarni o’zida aks ettirgan holda 
aniqlanadi.
Korxona sotish narxiga aktsiz summalari ham kiradi va u quyidagicha 
aniqlanadi: 
улгуржи нарх 100
Курсив сотиш (чикариш) нархи=
;
100 - акциз ставкаси

Byudjetga o’tkaziladigan aktsizlar summasi quyidagi formula bo’yicha 
aniqlanadi: 
Сотиш нархи акциз ставкаси
Курсив акциз суммаси=
;
100

Aktsiz soliq to’lovlari bo’yicha quyidagi imtiyozlar belgilangan.
Aktsiz soliqlari bekor qilingan tovarlar guruhiga: 
- mebel komplektlariga; 
- billur mahsulotlar; 
- chinnidan tayyorlangan servizlar va komplektlar; 
- xolodilniklar, televizorlar, termoslar; 
- 1, 5 litrli PTF butilkalardagi alkogolsiz ichimliklar; 
- spirt nastoykalari va ekstarktlari kiradi.
Shuningdek, o’zi ishlab chiqargan mahsulotlarni chet ellarga etkazib 
berilganda, Qizil Yarimoy jamiyatining korxonalari va tashkilotlari ishlab 
chiqaradigan mahsulotlarga (bu mablag’lar Jamiyat ustav ehtiyojlariga 
ishlatilishi sharti) bilan aktsiz solig’i solinmaydi.
Quyidagi hollarda aktsiz solig’i solinmaydi: 
- o’zi ishlab chiqargan aktsizli tovarlarni eksportga yetkazib berish; 
Mustaqil Hamdo’stlik Davlatlari qatnashchilari bo’lgan davlatlarga 
yetkazib berilayotgan (olib ketilayotgan) aktsizli tovarlar bunga kirmaydi; 
- tayyor vino ishlab chiqarish uchun respublika ichkarisidagi 
iste’molchilarga vino materiallari yetkazib berish; 


150 
- Mustaqil Hamdo’stlik Davlatlari qatnashchilari bo’lgan davlatlar 
bilan birga, eksportga va sanoat qayta ishloviga o’simlik (paxta) yog’i 
yetkazib berish.
Izoh: 
1. Respublika ichkarisida savdo va boshqa tashkilotlarining 
(yuqorida ko’rsatilgan hollardan tashqari) realizatsiya qilinadigan vino 
materiallariga aktsiz solig’i qo’llaniladi.
2. O’simlik (paxta) yog’iga va iste’mol idishida qadoqlangan, 
tozalangan paxta yog’iga aktsiz solig’i qadoqlash bo’yicha xarajatlarni 
hisobga olmasdan, ulgurji narxdan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Soliq summasini aniqlashda va uni to’lashda aktsizlarning summasi 
soliq to’lovchi sotgan tovarlar ro’yxati va hajmi hamda ana shu tovarlar 
yuzasidan belgilangan aktsiz stavkalariga qarab mustaqil holda belgilanadi.

Yüklə 2,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə