Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish



Yüklə 2,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/93
tarix11.08.2023
ölçüsü2,5 Mb.
#120506
növüУчебник
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   93
agrobiznes

 Kooperatsiya munosabatlari
– ma’lum va aniq maqsad asosida 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlariga erishish uchun xo’jalik 
sub’ektlarini o’zaro erkin, ixtiyoriy va ko’ngilli ravishda birlashishlari 
hisoblanib, bu hamkorlik natijasida ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarga 
erishish bosh me’zon hisoblanadi.


153 
Kooperatsiyaning ahamiyati kooperatorlar hayotining mazmuni 
bo‘lgan kooperativning funksional asosidan tashkil topadi. Qaysikim, bu 
qadriyat umumxo‘jalik faoliyati, boshliqlar va a'zolarining axloqi bo‘lib, 
ular jamiyatda mashhur bo‘lishini va kooperativ tashkilotlar, 
korxonalarning mustahkam o‘sishini ta'minlaydi. 
Kooperativlar eng avvalo iste'molchilarning iqtisodiy kam 
ta'minlangan qatlamlari, mayda ishlab chiqaruvchilar va dehqonlar 
orasida qo‘llab-quvvatlanadi. Boshdanoq kooperativ harakati qator 
tamoyillarni ilgari surib keldi, ular hozirgacha kooperativlar 
faoliyatining asosini belgilaydi. 
Yuqorida ta'kidlanganlardan shunday xulosa qilish mumkinki, 
kooperatsiya bu - ma'lum sohada o‘z mablag‘lari va harakatlarini 
birlashtirgan kooperativ a'zolarining yirik xo‘jalik tashkilotining turli 
afzalliklaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishidir. 
Hozirgi paytda dunyoda 750000 kooperativlar faoliyat yuritmoqda, 
ular o‘zlarida 800 million kooperatorlarni birlashtirgan bo‘lib, ularda 
120 mln. ishchilar ishlamoqda. Rivojlangan davlatlarda kooperativlar 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda muhim iqtisodiy omil hisoblanib, 300 
dan ortiq kompaniyalar o‘zaro yordamga asoslangan va kooperativlarni 
planetadagi jami oboroti 1100 mlyard. AQSh dollarga teng bo‘lib, jahon 
iqtisodiyotining 12 foiz qismini tashkil etadi
15
. 2016 yil 30 noyabrda 
“Kooperativlarga birlashish orqali hamkorlikdagi manfaatlarga erishish 
g‘oya va amaliyoti” Yuneskoning nomoddiy madaniyat ro‘yxatiga 
kiritildi. 
Kooperativlar xususiy korxonalarga nisbatan globallashuvdan 
kamroq jabrlanadi. Ular pay kapitaliga tayananadi, a'zolari oldidagi aniq 
muammolarni hal qiladi, o‘ziga spekulyativ faoliyatini ergashtirmaydi, 
tijorat jarayonlarini, daromadni va ularning ishlatilishi shaffofligini 
saqlab qoladi. 
Hozirda kunda agrar tarmoqda kooperatsiya umumiy mohiyati 
shundan iboratki, bunda eng avvalo kuchli bozor raqobatiga bardosh 
berib, o‘z oldiga iqtisodiy va ijtimoiy holatini yaxshilashni maqsad qilib 
15
Коринец Р. СельскохозяйственнаяобслуживающаякооперациявУкраине. ФАО региональное бюро по 
Европе и Центральной Азии.Исследования по политике перехода сельского хозяйства No. 2013-6


154 
qo‘ygan bozor sub'ektlarining erkin tadbirkorlik va biznes bilan 
shug‘ullanishida ma'lum sohalarda faoliyatini birlashtirishi va 
kooperatsiya jarayoni ishtirokchilarini bozordagi turli monopolist 
tashkilotlar va tuzilmalar faoliyatidan himoya qilish ko‘zda tutiladi. 
Respublikamizda qishloq xo‘jaligi kooperatsiyalarining afzalliklari va 
uni tashkil etishdagi muammolar quyidagilar deb ko‘rsatib o‘tilgan. 
Professor O.Murtazaev tomonidan qishloq xo‘jaligida kooperatsiyaning 
zarurligi quyidagilar aks ettiriladi:
- Qishloq xo‘jaligi mayda tovar ishlab chiqaruvchilari yaxlit 
ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok eta olmasligi; 
- Davlat korxonasidan farq qilishi bilan ya'ni a) o‘z a'zolarini 
extiyojlarini qondirishga hissa qo‘shadi, jamiyatni emas; b) kooperativga 
birlashmagan boshqa odamlarga nisabatan kooperativ a'zolarining qulay 
ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlardan qoniqishlariga yordam beradi. 
Iqtisodiyotni 
modernizatsiya 
qilish 
sharoitida 
fermer 
xo‘jaliklarining salohiyatini oshirish, xarajatlar darajasini kamaytirish va 
nihoyat ular faoliyati samaradorligini oshirish uchun yangi iqtisodiy-
ijtimoiy reallikdan kelib chiqqan holda kooperatsiyaviy munosabatlarni 
shakllantirish hamda rivojlantirish talab etiladi. Iqtisodiyotdagi global 
o‘zgarishlar qishloq xo‘jaligida kooperatsiyaning turli shakllarini 
samarali tashkil etish muhim masala hisoblanadi.
Mahalliy kooperatsiyalar faoliyatini samarali tashkil etish va bozor 
iqtisodiyoti sharoitida samarali kooperatsiya munosabatlarini o‘rnatishda 
zamonaviy yondashuvlarga asoslanishi kerak:
- kooperativ 
tashkilotlar 
faoliyati 
nafaqat 
mulkdorlar 
va 
xaridorlarning maqsadlariga yo‘naltirilgan balki, bu tarmoq va 
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini va bilvosita hududlarni 
iqtisodiyotini rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi. 
- zamonaviy kooperativlar integratsiyalashgan-diversifikasiya-
lashgan tizimni ifodalaydi. 
- iqtisodiyotni modernizasiyalanishi va bilimlar iqtisodiyotiga o‘tish 
sharoitida kooperatsiyalar faoliyati fan-texnika yutuqlarini tadbiq qilish 
orqali o‘zlarini samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshiradilar. Hamda 
yangicha xizmat turlari va ishlab chiqarishni amalga oshirishlari zarur. 


155 
Kooperatsiyaning rivojlanishi mulkchilikning boshqa shakllariga
asoslangan tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat ko‘rsatish bilan 
shug‘ullanuvchi tuzilmalarning rivojlanishini istisno etmasligi kerak. 
Xo‘jalik yuritishning kooperativ shakllari samaradorligiga faqat ushbu 
tuzulmalar bilan raqobat asosida erishish mumkin. Shu bilan birga, 
kooperatsiya uni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining qo‘llab-
quvvatlashlarisiz, shu jumladan uning shakllanishi, vujudga kelishi va 
rivojlanishi uchun tegishli me'yoriy-huquqiy bazani yaratish yo‘li bilan 
ko‘rsatadigan yordamisiz rivojlana olmaydi. 
Kooperatsiya munosabatlarining samarali yo‘nalishlari yo‘lga 
qo‘yilganda: 
- fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining ekin 
maydonlaridan samarali foydalanishdagi shaxsiy manfaatdorligi va 
mas'uliyati yanada oshadi; 
- ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish uchun qulay 
shart-sharoitlar yaratiladi; 
- fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining moliyaviy-
iqtisodiy barqarorligini ta'minlanadi, ularning tayyorlov, qayta ishlash, 
ta'minot 
va 
xizmat 
ko‘rsatuvchi 
tashkilotlar 
bilan 
o‘zaro 
munosabatlarida zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etiladi. 
Bozor muhitining globallashuvi, raqobat bosimining kuchayishi,
iste'molchilar talabining ustunligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini 
ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasini o‘zgarishi va boshqa 
sabablar mahsulot ishlab chiqaruvchilarni bozorda mustahkam o‘ringa 
ega bo‘lish uchun harakatlanishning yangi modellarini va zamonaviy 
strategiyalarini izlab topishga majbur qiladi. 

Yüklə 2,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə