Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish


VIII BOB. AGROBIZNESDA KOOPERATSIYAVIY



Yüklə 2,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/93
tarix11.08.2023
ölçüsü2,5 Mb.
#120506
növüУчебник
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   93
agrobiznes

 
VIII BOB. AGROBIZNESDA KOOPERATSIYAVIY 
MUNOSABATLARNI RIVOJLANTIRISH 


152 
-
qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, tayyorlash va 
qayta ishlash jarayonida kooperatsion faoliyat ishtirokchilari o’rtasidagi 
o’zaro iqtisodiy munosabatlar mexanizmini to’liq shakllanmaganligi; 
-
agrosanoat majmuasida narx nomutanosibligining vujudga 
kelganligi va uning chuqurlashib borayotganligini qishloq xo’jaligi tovar 
ishlab chiqaruvchilarini iqtisodiy va moliyaviy ahvoliga jiddiy salbiy 
ta’siri; 
-
moddiy-texnika resurslari va xizmatlariga bo’lgan narxlarning 
erkinlashtirilishi, ularning qishloq xo’jaligi mahsulotlari narxlari o’sish 
dinamikasi bilan bog’lanmaganligi; 
-
qayta ishlash, tayyorlash va savdo korxonalarining monopol holati 
tufayli qishloq xo’jaligi mahsulotlariga belgilanadigan narxlarning 
cheklanganligi; 
-
qishloq xo’jaligining o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan 
holda, agrar soha mahsulotlariga bo’lgan talab elastikligining pastligi 
tufayli turli tarmoqlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar narxlari 
o’zgarish sur’atlarining turli xilligi yoki narxlar dispariteti va boshqalar. 
Qishloq xo’jaligini rivojlantirishning muhim yo’nalishlaridan biri 
bu –«qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish»-«tayyorlash va 
tashish»-«qayta ishlash»-«sotish» bo’g’inlari doirasida qishloq xo’jaligi 
mahsulotlarining sifati buzilishi va nobudgarchiligi oldini olish 
yo’llarini qidirib topish orqali qo’shilgan qiymat yaratish 
imkoniyatlarini kengaytirishdir. Bu agrosanoat majmuasi ishtirokchilari 
o’rtasidagi o’zaro kooperatsiyaning samarali tashkil etilishiga bog’liqdir. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kooperatsiya samarali tadbirkorlik 
faoliyati yo’li bilan o’z a’zolari va aholining mahsulot, ishlar va 
xizmatlarga bo’lgan ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish uchun ixtiyoriy 
ravishda birlashgan jismoniy yoki yuridik shaxslarning mulkiga 
asoslangan ijtimoiy xo’jalik yuritish shaklini o’zida namoyon etadi.

Yüklə 2,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə