Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish



Yüklə 2,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/93
tarix11.08.2023
ölçüsü2,5 Mb.
#120506
növüУчебник
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   93
agrobiznes

Sindikat
monopolistik birlashmaning bir turi. Ular bir tarmoq korxonalari 
huquqiy va ishlab chiqarish mustaqilligini saqlab qolgan holda: 
buyurtmalarni taqsimlash; xom ashyo sotib olish; ishlab 
chiqarilgan mahsulotni sotish uchun o’zlarining tijorat 
faoliyatlarini birlashtirib, yagona idora tuzadilar. 
27
Туробова Ҳ.Р.
 
Аграр соҳада кооперация муносабатларининг ўзига хос хусусиятлари//Ж.Агроилм.Т.: 
2017.№2. 110-111 бетлар


161 
Agrar tarmoqda kooperatsiya umumiy mohiyati shundan iboratki, 
bunda eng avvalo kuchli bozor raqobatiga bardosh berib, o’z oldiga 
iqtisodiy va ijtimoiy holatini yaxshilashni maqsad qilib qo’ygan bozor 
sub’ektlarining erkin tadbirkorlik va biznes bilan shug’ullanishida 
ma’lum sohalarda faoliyatini birlashtirishi va kooperastiya jarayoni 
ishtirokchilarini bozordagi turli monopolist tashkilotlar va tuzilmalar 
faoliyatidan himoya qilish ko’zda tutiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kooperatsiya samarali tadbirkorlik 
faoliyati yo’li bilan o’z a’zolari va aholining mahsulot, ishlar va 
xizmatlarga bo’lgan ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish uchun ixtiyoriy 
ravishda birlashgan jismoniy yoki yuridik shaxslarning mulkiga 
asoslangan ijtimoiy xo’jalik yuritish shaklini o’zida namoyon etadi. 
Amerikalik olimlar R.Fabio va Maykl L. Kuk
28
kooperativlarni 
mulkchilik huquqida kelib chiqib bir nechta modelini keltirib o’tadi:
1.
An’anaviy kooperativlar. A’zolar chegaralangan, kiritgan mulkini 
qaytarib olishi mumkin bo’lgan, foyda a’zolarga taqsimlanishi ko’zda 
tutilgan, proporstional a’zo investorlar bo’lmagan kooperativlardir. 
2.
Proporstional investistiya kooperativlari: kapital rejalashtirish 
asosida tashkil etiladi. Bu keng qamrovli teng boshqaruv texnikasi 
bo’lib, o’z ichiga egalik qilishni (sotib olishni) va keyinchalik qaytarib 
olish evaziga pul kiritishni oladi. 
3.
Investor-a’zo kooperativlar: bunda a’zolar soni cheklangan
o’tkazilmaydigan va mulkini qaytarib olish mumkin, lekin homiylarga 
nisbatan ko’proq kooperativ a’zolariga ulushiga qarab sof daromadni 
taqsimlaydi. 
28
Fabio R., M.L.Cook. Understanding new cooperative models: an ownership-control rights typology//Review of 
Agricultural Economics. №3. Pg 348-360. Электрон ресурс.


162 

Yüklə 2,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə