Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish


VII BOB. TADBIRKORLIKNI DAVLAT TOMONIDAN



Yüklə 2,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/93
tarix11.08.2023
ölçüsü2,5 Mb.
#120506
növüУчебник
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   93
agrobiznes

 
VII BOB. TADBIRKORLIKNI DAVLAT TOMONIDAN 
QO’LLAB-QUVVATLASH 


125 
-
tadbirkorlarning ishbilarmonlik faolligini oshirish, fuqarolarning 
tadbirkorlik faoliyati bilan erkin shug’ullanishlari va undan 
manfaatdorligining kafolatli tizimini yaratish hamda ularning qonuniy 
huquqlari va manfaatlarini muhofaza qilish;
-
kichik biznes korxonalari yaratilishi va faoliyatining me’yoriy-
huquqiy negizini takomillashtirish; 
-
kichik biznes korxonalarning kredit manbalari va sarmoyalardan 
foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish; 
-
biznes xatarlaridan barqaror himoyalanishni ta’minlash uchun 
sug’urta tizimining ahamiyatini oshirish; 
-
tadbirkorlik sohasiga investitsiyalarni (shu jumladan, chet el 
investitsiyalarini), zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni jalb etish;
-
kichik biznesda xizmat ko’rsatuvchi bozor infratouzilmalarini 
kengaytirish va rivojlantirish; 
-
kichik korxonalarning xomashyo, axborotlar va texnologiyalardan 
erkin va to’siqlarsiz foydalanish imkoniyatini kengaytirish, ular 
tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotni ichki va tashqi bozorlarda 
sotish tizimini takomillashtirish; 
-
kichik biznes faoliyati ko’rsatkichlarining buxgalterlik hisobi va 
tahlili tizimini takomillashtirish, ular uchun davlat statistika, 
buxgalteriya va soliq hisobotining soddalashtirilgan tartibini joriy etish; 
-
tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari samarali faoliyat yuritishi uchun 
ularni zaruriy iqtisodiy, statistik, ishlab chiqarish-texnologik, ilmiy-
texnik va boshqa xil axborotlar bilan ta’minlash;
-
soliqlar, yig’imlar va tariflar bo’yicha imtiyozlar belgilash.
-
kichik va o’rta biznes uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash 
va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish va boshqalar. 
Davlatning tadbirkorlik sub’ektlarini rivojlantirishni tartibga solish 
va qo’llab-quvvatlash sohasidagi faoliyati ma’lum bir shakllar hamda 
usullar asosida olib boriladi. Davlat tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga 
ma’muriy, iqtisodiy yoki institutsional usullar yordamida bevosita yoki 
bilvosita ta’sir o’tkazadi.


126 
Davlat tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini ma’muriy usullar 
yordamida tartibga solsa, iqtisodiy yoki institutsional usullar yordamida 
ularni qo’llab-quvvatlash choralarini amalga oshiradi.
Ma’muriy usullar yordamida xususiy mulk va tadbirkorlik erkinligi 
daxlsizligini himoyalash va kafolatlar berish, monopoliyani cheklash va 
halol raqobatni muhofaza qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash, davlat 
tomonidan qabul qilingan huquqiy-me’yoriy tartiblarga rioya etilishini 
nazorat etish kabi muhim tadbirlarni amalga oshirish ta’minlanadi. 
Iqtisodiy 
usullar 
yordamida 
davlat 
bozor 
jarayonlarining 
rivojlanishini davlatning iqtisodiy siyosatiga mos yo’nalishga solish 
uchun ta’sir etish choralarini qo’llaydi. Iqtisodiy usullar yordamida 
kichik biznesni tartibga solish va qo’llab-quvvatlash moliya, pul- kredit, 
soliq, bojxona, baho, sug’urta va boshqa dastaklar orqali ta’minlanadi. 
Iqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solishning 
ma’muriy usullari bozor xo’jaligining o’z-o’zini boshqarish 
mexanizmiga qarshilik qilsa, iqtisodiy usullar ulardan faol foydalanishni 
rag’batlantiradi. 
Institutsional 
usullar 
kichik biznes sub’ektlarini qo’llab-
quvvatlovchi davlat boshqaruvi organlari va turli instutitsional 
to’zilmalarni (assosiatsiyalar, palatalar, jamg’armalar, savdo uylari, 
ilmiy-tadqiqot markazlari va boshqalar) shakllantirish va rivojlantirishni 
ko’zda to’tadi.
Iqtisodiy va institutsional usullar orqali tadbirkorlik sub’ektlarini 
qo’llab-quvvatlash ko’proq ahamiyat kasb etib boraveradi. Chunki, ular 
tadbirkorlik va tanlov erkinligi, shaxsiy manfaatdorlik va sog’lom 
raqobat 
muhitida 
tadbirkorlik 
sub’ektlarining 
samaradorligini 
yuksaltirishda davlatning rag’batlantiruvchilik rolini yuzaga chiqaradi.
Tadbirkorlikni tartibga solish va qo’llab-quvvatlashning iqtisodiy 
usullariga quyidagilar kiradi: 
-
byudjet-soliq siyosati; 
-
pul-kredit siyosati; 
-
tashqi iqtisodiy faoliyatni muqobillashtirish; 
-
iqtisodiy rejalashtirish, dasturlash hamda istiqbolni belgilash. 


127 
Byudjet-soliq tizimi – xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini 
davlat tomonidan bevosita tartibga solishning samarali dastaklaridan biri 
hisoblanadi. 
Soliq tizimi davlat byudjetini shakllantirishning eng asosiy manbai 
bo’lishi bilan birga, uning iqtisodiy faoliyatini rag’batlantiruvchi (soliq 
imtiyozlari va boshqalar) vazifasi ham mavjud. Ammo, progressiv soliq 
tizimidan noto’g’ri foydalanish, ya’ni uning me’yoriy haddan tashqari 
oshirib yuborish iqtisodiy taraqqiyotga salbiy ta’sir ko’rsatish mumkin. 
Bu, birinchi navbatda, yuqori unum bilan mehnat qilish va yuqori 
daromad olishga bo’lgan manfaatni, investitsiyalarga bo’lgan rag’batni 
yo’qqa chiqishi bilan izohlanadi. Zamonaviy bozor iqtisodiyotida soliq 
dastaklari iqtisodiyotini tartibga solib turuvchi samarali vositalardan biri 
hisoblanadi. O’zbekistonda bu dastakdan kichik biznesni rag’batlantirish 
maqsadida foydalanilmoqda. Hozirgi kunda kichik biznes sub’ektlari bir 
qator soliq imtiyozlaridan foydalanmoqdalar.
Pul-kredit 
tizimi 
orqali 
davlat 
tadbirkorlik 
faoliyatini 
rag’batlantirish choralarini belgilaydi. Pul-kredit siyosati birinchi 
navbatda pul muomalasini sog’lomlashtirish, milliy valyutaning qadrini 
ko’tarish va baholarning barqarorligini ta’minlashga yo’naltirilgan chora 
tadbirlarni o’z ichiga oladi. 
Pul-kredit tizimi orqali kichik biznesni rag’batlantirishning bevosita 
va bilvosita usullari mavjud. Bevosita iqtisodiy ta’sir ko’rsatish 
dastaklari sifatida tadbirkorlarga maqsadli kreditlar berish, kredit 
berishning yuqori chegaralarini belgilash, bank foizlarining darajasi 
ustidan bevosita nazorat o’rnatish tadbirlarini atash mumkin. 
Pul-kredit tizimi orqali kichik biznesni rag’batlantirishning bilvosita 
usullari ko’proq qo’llaniladi. Ularga tijorat banklar zaxiralarining 
minimal darajasini belgilash, kreditlar bo’yicha foiz stavkalarini tartibga 
solish, tijorat banklarini qayta moliyalash me’yorlarini muvofiq-
lashtirish, milliy valyuta kursini belgilab borish, belgilangan me’yorlar 
darajasida muomaladagi pul emissiyasini va boshqa choralarni o’z 
ichiga oladi. 
Iqtisodiy rejalashtirish, dasturlash hamda istiqbolni belgilash 
(prognozlash) orqali davlat iqtisodiy jarayonlarga bilvosita ta’sir 


128 
ko’rsatadi va ular kichik biznes sub’ektlari uchun tavsiya mazmuniga 
egadir. 
Kichik biznes sub’ektlarini moliya-kredit tizimi orqali qo’llab-
quvvatlash birinchi navbatda imtiyozli kredit berish mexanizmini 
qo’llash hamda kafolatlash jarayonini rivojlantirish bilan xarakterlanadi.
O’zbekistonda kichik va o’rta biznesni tartibga solish, 
muvofiqlashtirish va qo’llab-quvvatlash ishlari bilan tegishli davlat 
boshqaruvi organlari, Savdo-sanoat palatasi, va fermer, dehqon 
xo’jaliklari va tomorqa yer egalari uyushmasi hamda boshqa tuzilmalar 
shug’ullanadilar. Ular shu bilan birga kichik biznes sub’ektlarini turli 
yo’llar bilan qo’llab-quvvatlash vazifasini ham bajaradi.
Hozirgi davrda mahsulot yetishtiruvchi ishlab chiqaruvchilar 
murakkab va o’zgaruvchan sharoitda faoliyat ko’rsatmoqdalar. Kichik 
tadbirkorlik kimga, qanaqa va qancha mahsulot yetkazib berish 
kerakligini oldindan bilishi muhimdir. Bugungi kunda kichik 
tadbirkorlar tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlar narxi nisbatan 
arzon va ularni yaqin qo’shni davlatlarga chiqarib sotish katta iqtisodiy 
ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun, chetga eksport qilish bilan 
shug’ullanuvchi nodavlat uyushmasini tashkil etish bugungi kunda 
dolzarb ahamiyatga ega deb hisoblaymiz. Bizningcha, ushbu muammoni 
hol etishda chet el tajribasida muvaffaqiyatli qo’llanilib kelayotgan 
usullardan kengroq foydalanish maqsadi muvofiqdir.
Mamlakatimizda kichik biznesni rivojlanishida, hamda uni 
takomillashtirishda bozor munosabatlarining rivojlanish darajasi, bozor 
infrastrukturasining ahvoli, tashkil qilingan iqtisodiy ishlab chiqarish 
imkoniyatlaridan foydalanish saviyasi, mehnat va tabiiy manbalar, chet 
el investitsiyalari, kreditlari, zayomlarini jalb qilish muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
Yuqorida qayd etilgan tashqi, ichki omil va sharoitlarning 
mavjudligi iqtisodiy ishlab chiqish imkoniyatlari tizimni qayta ko’rishni 
taqazo etadi.
Kichik biznesni iqtisodiy samaradorligini oshirishda ishlab 
chiqarishni modernizatsiyalash, yangi mahsulot turlarini ishlab chiqish 
yo’lga qo’yish, eksport salohiyatini kengaytirish, mablag’ bilan 


129 
ta’minlashning noan’anaviy usullarini jalb etish, xorij davlatlari bilan 
iqtisodiy integratsiyasi darajasi va asosan bozor munosabatlarini 
samarali yo’lga qo’yish va boshqalar asosiy omillar saqlanadi. 
Kichik biznes taraqqiyotida quyidagi asosiy yo’nalishlar dolzarb 
sanaladi: 
- kichik 
korxonalar 
mahsulotlariga 
ehtiyoj 
va 
talab 
kon’yunkturasini o’rganish uchun respublika axborot tizimini tashkil 
etish; 
- kichik biznesni mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari 
tomonidan qo’llab-quvvatlashni faollashtirish; 
- mahalliy miqyosda soliq imtiyozlari ishlab chiqish; 
- tadbirkorlar va xaridorlar ijtimoiy himoya kafolatini ta’minlash; 
- markazlashgan resurslar manbalari bilan ta’minlash; 
- kichik korxonalar uchun asosiy fondlarning amortizatsiyasi; 
- moliyaviy lizing xizmatlarini rivojlantirish; 
- kichik venchur korxonalarga mablag’ sarflayotgan xususiy 
sarmoyadorlarning davlat sug’urtasi; 
- kichik biznes uchun kredit muassasalari tashkil etishga zarur 
sharoitlar yaratish va kreditlar olish imkoniyatlarini kengaytirish; 
- mahsulot eksporti bilan shug’ullanadigan tadbirkorlar uchun 
valyuta tushumini sotishni majburiy me’yorlarini yaxshilash; 
- banklararo amalga oshiriladigan hisoblash tizimini rivojlantirish; 
- investitsiya loyihalar haqida ma’lumotlar tizimini tashkil qilish; 
- xorij sarmoyalari uchun valyuta soliq va tashqi savdoni 
boshqarish borasida mustahkam tizim o’rnatish va boshqalardir. 

Yüklə 2,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə