Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish



Yüklə 2,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/93
tarix11.08.2023
ölçüsü2,5 Mb.
#120506
növüУчебник
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   93
agrobiznes

 
6.3.
 
Tadbirkorlik faoliyatidagi tashqi va ichki omillar 
Tadbirkorlik faoliyatida
 
har qanday xo'jalik sub'ekti uchun bozor 
munosabatlariga o'tish noaniqlik va tavakkalchilikning oshib borishi 
bilan bog'liq. Korxona va alohida tadbirkorlar ichki va tashqi bozorlarda 
mustaqil shartnoma tuzish huquqini qo'lga kiritganlaridan keyin, birinchi 
marta, muttasil o'zgarib turadigan bozor konyukturasi sharoitida xo'jalik 
faoliyatining muqobil yo'nalishlarini tanlash muammosiga duch 
keladilar. Tadbirkorlik muhitining korxonaning bozor iqtisodi sharoitida 
ichki va tashqi omillari, ishchanlik faolligi va moliyaviy barqarorligini 
ta'minlovchiligi juda o'zgaruvchandir. Shuning uchun ularni doimiy 
ravishda kuzatish va nazorat qilish kerak bo'ladi. Bu esa xo'jalik 
tavakkalchiligini boshqarish imkonini beradi va ishbilarmonlik 
faoliyatining samaradorligini oshiradi. 
Tadbirkorlik tashqi muhiti:
-
Mamlakatda va hududlarda iqtisodiy holat;
-
Jamiyat va davlat barqaror rivojlanishini tavsiflovchi siyosiy holat;
-
Tadbirkorlar va boshqa bozor iqtisodiyoti sub'ektlarining huquq, 
majburiyatlari, javobgarligini aniq belgilovchi huquqiy muhit;
-
Tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solish va qo'llab-
quvvatlash; 
-
Аholining (isthemolchilar) toʼlov qobiliyatiga ega talabi darajasi, 
ishsizlik darajasi bilan bogʼliq ijtimoiy-iqtisodiy holat; 


122 
-
Tadbirkorlik biznesining maʼlum bir turi bilan shugʼullanish 
imkoniyatini taʼminlovchi aholi maʼlumoti darajasini taqozo etgan 
madaniy muhit; 
-
Ilmiy-texnik, texnologik muhit; 
-
Faoliyatning maʼlum turlarni rivojlantirish uchun zarur ishlab 
chiqarishning tabiiy omillari miqdorining yetarli darajada mavjudligi; 
-
Tadbirkorlik tashkilotlari faoliyat koʼrsatish jarayoniga taʼsir 
etuvchi iqlim (ob-havo) sharoitlari bilan bogʼliq fizik muhit; 
-
Tabiiy boʼhronlarning yoʼqligi; 
-
Tijorat operatsiyalarini, ishbilarmonlik aloqalarini amalga oshirish 
imkoniyatimni taʼminlovchi yetarli sondagi tashkilotlar mavjudligi 
toʼgʼrisida guvohlik beruvchi institutsional-tashkiliy muhit va hakozo. 
Tadbirkorlik ichki muhiti: 
-
Zarur xususiy kapital hajmi mavjudligi; 
-
Korxona tashkiliy-huquqiy shaklini toʼgʼri tanlash; 
-
Faoliyat predmetini tanlash; 
-
Hamkorlar komandasini tanlash; 
-
Bozorni bilish va marketing tadqiqotlarini malakali oʼtkazish; 
-
Kadrlarni tanlash va personalni boshqarish, uni moddiy 
ragʼbatlantirish; 
-
Tadbirkorlik sirini saqlash mexanizmi va boshqalar.
Tadbirkorlik muhitiga siyosiy vaziyat, iqtisodiy ahvol, qonunchilik 
asosi, xalqning ijtimoiy – madaniy saviyasi tarmoqlarning ilmiy-texnika 
taraqqiyoti darajasi, tabiiy – iqtisodiy sharoit va bozorning oʼziga mos 
tarkibi, yaʼni kon’yukturasi taʼsir koʼrsatadi. Аgar koʼrsatilgan 
ishbilarmonlik muhitining har bir elementini tahlil qilsak, u holda 
ularning hozirgi kichik bazis darajasini qoniqarli deb xisoblash mumkin 
va u respublika kichik biznesning taraqqiyotini taʼminlay oladi. Аmmo, 
mulkni himoya qiluvchi va shartnomalarga amal qilishni kafolatlovchi, 
qonunchilik tizimining yoʼqligi, tovarlar harakatining qatʼiy tartibga 
solinishi, eksport uchun maxsus ruxsatnoma litsenziya berish tizimining 
murakkabligi, eksport uchun boj toʼlovlarining mavjudligi, xullas 
amalda mol – mulkga Davlatning yakkahokimligi kichik biznesda 


123 
xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning tavakkalchiligini sezilarli darajada 
oshiradi. 
Tavakkalchilik – yuzaga kelishi mumkin boʼlgan xavf – xatarga 
qaramay amalga oshiriladigan faoliyatdir. Shuning uchun tavakkalchilik 
deganda bevosita u bilan bogʼliq boʼlgan xavf – xatar ham 
tushuniladi.Tadbirkor uchun xos boʼlgan xususiyat, bu shartli 
tavakkalchilikka borish, yaʼni foyda koʼrishni koʼzlash. 
Tadbirkorlik muhitiga albatta tadbirkorlik subʼektlari oʼz taʼsirini 
oʼtkazadi. Fuqarolar (jismoniy shaxslar) deganda Oʼzbekiston 
Respublikasining 
fuqarolari, 
boshqa 
davlatlarning 
fuqarolari, 
shuningdek fuqaroligi boʼlmagan shaxslar tushuniladi. Oʼz mulkiga, 
xoʼjalik yuritishida va operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega 
boʼlgan hamda oʼz majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob 
beradigan, oʼz nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega 
boʼla oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara 
oladigan, sudda daʼvogar va javobgar boʼla oladigan tashkilot yuridik 
shaxs hisoblanadi.

Yüklə 2,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə