Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish



Yüklə 2,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/93
tarix11.08.2023
ölçüsü2,5 Mb.
#120506
növüУчебник
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   93
agrobiznes

Frantsiyada
agrar korxonalar, ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari 
faoliyatini muvofiqlashtirish asosida evropa va jahon texnologiya va 
novatsiya bozorlariga chiqish maqsadida 1986 yili Monpele shahrida 
“Agropolis” uyushmasini tuzishdi.
Angliyada
2001 yildan boshlab innovatsion agrosanoat klasteri – 
Stokbridj texnologik markaz yopiq gruntda dehqonchilik, bog’dorchilik 
va sabzavotchilik sohalarida tadqiqotlar va ta’lim programmalarini 
o’tkazishmoqda. Ushbu markaz 70 gektar sug’oriladigan erga, 40ta 
kompyuter orqali boshqariladigan 12 dan 1000 kv.metrgacha hududga 
teng maydonchalarda joylashgan zamonaviy issiqxonalar hamda yuqori 
texnologiyalar bilan jixozlangan labaratoriyalarga ega.


107 
Avstriyada
ham klasterlarni ixtisoslashtirishga, agrosanoat va 
ilmiy-tadqiqot korxonalarining o’zaro aloqalarini rag’batlantirishga, 
innovatsiya programmalarini boshqarish tartibidagi to’siqlarni 
kamaytirish hamda raqobatbardosh markazlarni shakllantirishga ko’proq 
ahamiyat berishadi. 
Daniya
qishloq ho’jaligida chorvachilik dehqonchilikka qaraganda 
ustuvor ahamiyatga ega, dehqonchilik mahsuloti ko’proq ozuqaga 
ishlatiladi, chorvachilikda sut yo’nalishining roli go’sht sohasiga 
qaraganda yuqoriroq xisoblanadi, shuning uchun ham sut mahsuloti 
klasterlari (masalan taniqli «Molochnaya vertikal» klasteri) keng 
tarqalgan.
Chili 
hukumati keyingi 30 yil ichida vinochilik sohasida 
integratsiyalash va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan yirik 
kompaniyalar safini kengaytirish bilan jahon bozorida o’z ulushini 
oshirishga dadil qadam qo’ydi. Shu maqsadda vinochilik klasteri tuzildi. 
Uning tarkibiga tarmoq ichidagi o’zaro bir biriga bog’liq uyushmalar, 
ta’lim muassasalari, davlat tashkilotlari va agentliklar, ilmiy-tadqiqot 
markazlari, tarmoq ommaviy axborot vositalari, postavshiklar va 
podryachiklar kirdi. Evrapali taniqli maypazlar mamlakatga o’z 
sarmoyalari, yangi texnologiyalari, mahsulotni marketingi va eksportga 
jo’natish imkoniyatlari bilan qaytib kelishdi. Natijada vino eksporti 
bo’yicha Chili jahon bozorida beshinchi o’rinni egallab turibdi.

Yüklə 2,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə