Anketa so'rov bosqichlari va protsedurasi mundarija: Kirish I bob sotsial so'rov varaqasi (anketa) so'rovining asosiy instrumenti sifatida



Yüklə 149,16 Kb.
səhifə1/10
tarix23.12.2023
ölçüsü149,16 Kb.
#156744
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ANKETA SO\'ROV BOSQICHLARI VA PROTSEDURASI


ANKETA SO'ROV BOSQICHLARI VA PROTSEDURASI
Mundarija:
Kirish………………………………………………………………………………2
I BOB SOTSIAL SO'ROV VARAQASI (ANKETA) SO'ROVINING ASOSIY INSTRUMENTI SIFATIDA
1.1Anketali so'rovining turli ko'rinishlari……………………………………..4
1.2 Anketa so'rovining ustunlik va kamchiliklar………………………………9
1.3 Anketali so'rov bosqichlari………………………………………………….13
II BOB. SO'ROV VARAQASINING MANTIQIY VA TASHKILIY TUZILISHI, UNI LOYIHALASHTIRISHNING ASOSIY TAMOYILLARI VA QOIDALARI.
2.1 So'rov varaqasining kirish, asosiy va yakuniy qisimlari haqida………………19
2.2 Anketali so'rovni muvaffaqiyatli o'tkazish uchun shart-sharoitlar……………..23
2.3 So'rov varaqasining tarqatish va yig'ib olish texnikasi………………………26
Xulosa……………………………………………………………………………30
Foydalangan adabiyotlar ro‘hati………………………………………………32
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Ijtimoiy ish amaliy fan sifatida konkret amaliy tadqiqot metodlariga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Bu esa olingan ma`lumotlarning ishonchli, va ob`ektiv bo’lishiga zamin yaratadi.
“Ijtimoiy ishdagi tadqiqotlarning metodologiyasi, metodikasi va texnikasi’’ fani talabalarga Ijtimoiy ishda bilimning empirik metodlari, metodologiyasi asosida konkret Ijtimoiy ishdagi tadqiqot o’tkazish bilim, ko’nikma va malakalarini singdirish uchun xizmat qiladi. SHu bilan birga bo’ fan bo’lajak ijtimoiy ishchi kasb egalarining Ijtimoiy ishdagi tadqiqot dasturi tuzish, birlamchi ma`lumotlar to’plash, olingan ma`lumotlarni qayta ishlash va qayta ishlangan ma`lumotlarni tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Mazkur fan talabalarga empirik Ijtimoiy ishdagi tadqiqotlar to’g’risida to’la tasavvur beradi va olingan bilimlar asosida konkret Ijtimoiy ishdagi tadqiqotlar o’tkazish imkoniyatini beradi. SHu bilan birga tadqiqot dasturi tuzish, ma`lumotlarni qayta ishlash va olingan ma`lumotlarni tahlil qilish qobiliyatini rivojlantiradi. Ushbu maqsaddan quyidagi vazifalar kelib chiqadi:

  • Talabalarda amaliy ijtimoiy ishning nazariy-metodologik asosi, predmeti, vazifalari va strategik tahlil hamda bashorat qilish uchun ularning amaliy ahamiyati to’g’risida tasavvur uyg’otish;

  • talabalarda konkret Ijtimoiy ishdagi tadqiqot o’tkazish va nazariy bilimlarini amaliy maqsadlar uchun qo’llash malakalarini shakllantirish;

  • Ijtimoiy ishdagi tadqiqot dasturi tuzish, dala tadqiqoti o’tkazish, olingan ma`lumotlarni maxsus Ijtimoiy ishda dasturlar asosida komp’yuterda qayta ishlash, olingan ma`lumotlarni tahlil qilish usuli, texnikasi va malakasini o’rgatish;

  • kishilar, xonadonlar, hududlarni tanlab olish usuli, fikrlarni o’lchash mantigi va yullari, tamoyillarini chuqur o’rgatish;

  • jamiyatda ro’y berayotgan ijtimoiy, siyosiy, iktisodiy jarayonlarni o’z vaqtida tahlil qilish va bashoratni ilgari surish imkoniyatini beradigan amaliy ijtimoiy ishda usullar bilan qurollantirish.

Fan bo’yicha bilim, malika va ko’nikmaga qo’yiladigan talablar
Sotsial voqelikni ijtimoiy ish nuqtai nazardan tahlil qilish, jamiyatdagi voqea, jarayon va hodisalarii ilmiylik va mantiqiylik asosida o’rganish, Ijtimoiy ish o’kuv sohasi sifatida va amaliy Ijtimoiy ishdagi tadqiqot o’rtasidagi uyg’unlikni ta`minlash, mustaqil va zamonaviy fikrlash, kundalik faoliyatda ilmiylikni ta`minlash, etuk shaxs bo’lishda sotsial me`yor ko’nikmalarini hosil qilishdan iborat. Ijtimoiy ishdagi tadqiqotning mohiyati va mazmuni, ijtimoiy ishdagi tadqiqot bosqichlari va turlari, ijtpmoiy ishdagi tadqiqot dasturi, uning tarkibi, gipoteza, uning turlari, gipotezani ilgari surish, tanlash, Tadqiqot dasturini tuzishni, tadqiqot muammosnni nazariy tahlil qilishni, tadqiqot byudjeti hisob-kitobini tuzishni, strategik rejani ishlab chiqishni, ijtimoiy ishdagi tadqiqotning tashkiliy-protsedurasini ishlab chiqishni, tanlashni amalga oshirishni, yo’nalish xaritasi tuzish va undan foydalanishni, so’rov varaqasi tuzishni, so’rov varaqasi orqali tadqiqot o’tkazishni, ijtimoiy ishdagi tadqiqot o’tkazish, sotsial monitoring olib borish, tashkilot, muassasa, korxonalar bilan ijtimoiy ishdagi tadqiqot o’tkazish uchun buyurtmalar olish, ijtimoiy ishdagi tadqiqotlar asosida bashorat qilish va loyihalashtirish ko’nikmalarpga ega bo’lishi kerak.
Fanning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslub jihatdan uzviy ketma - ketligi
Mazkur fan asosan matematik fanlar; matematika, ehtimollik nazariyasi va matematik statistika, ijtimoiy statistika, matematik modellashtirish, eHM; tabiiy fanlardan demografiya, geografiya, genetika, ijtimoy fanlardan psixologiya, ijtimoiy antropologiya, etnogeniz fanlari bilan chambarchas bog’liq.



Yüklə 149,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə