Anketa so'rov bosqichlari va protsedurasi mundarija: Kirish I bob sotsial so'rov varaqasi (anketa) so'rovining asosiy instrumenti sifatida


So'rov varaqasining tarqatish va yig'ib olish texnikasi



Yüklə 149,16 Kb.
səhifə9/10
tarix23.12.2023
ölçüsü149,16 Kb.
#156744
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ANKETA SO\'ROV BOSQICHLARI VA PROTSEDURASI

2.3 So'rov varaqasining tarqatish va yig'ib olish texnikasi
Ko‘pgina siyosatshunoslarning o‘zlari so‘rovni o‘tkazishmaydi, chunki ko‘pincha moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni topish qiyin kechadi, shuningdek, boshqalar tomonidan to‘plangan so‘rov ma’lumotlarini qo‘llab, u yoki bu tadqiqot savollariga javob berishning to‘la imkoniyati yo‘q. Boshqalar tomonidan to‘plangan ma’lumotlarni o‘rganish ikkilamchi tahlil deb ataladi. So‘rovlarning katta mablag‘talabligi sababli bunday so‘rov odatiy bo‘lib, hattoki, ba’zan bir qator sabablar tufayli istalgan so‘rov turidir. Deyarli har qanday so‘rov natijalari avvalboshdanoq tadqiqotchi hech qayerda foydalanmagan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, ular o‘rganilayotgan masalaga bilvosita aloqador bo‘ladi. Qandaydir boshqa tadqiqotchi mazkur ma’lumotlar u shug‘ullanayotgan masala uchun to‘g‘ri keladi, degan xulosaga kelishi mumkin.
Shunday qilib, ikkilamchi tahlil ma’lumotlardan yanada to‘la foydalanishni ta’minlaydi va axborot yetarli bo‘lgani uchun mablag‘larni tejashga yordam beradi. Ikkinchidan, so‘rovlar o‘zida aholi kontaminatsiyasi xavfini olib yuradi. Buning ma’nosi ayni bir aholi guruhi o‘rtasida ayni bir voqeani qayta-qayta tadqiq qilish bu voqelikdagi o‘zgarishni yuzaga keltirishi mumkin yoki odamlarning kelgusi so‘rovda ishtirok etmaslik istagi paydo bo‘lishiga olib keladi.
Qo‘shimcha tadqiqotlarni talab qilmasdan, ikkilamchi tahlil bunday kontaminatsiyaga olib kelish imkoniyatini yo‘qotadi. Uchinchidan, ikkilamchi tahlilda tadqiqotchi ushbu ma’lumotlarni o‘rganishda bo‘lak yoki yangi metodlarni tatbiq qilishi mumkin, bu balki uning predmetni anglash imkoniyatini kengaytirishi yoki hattoki dastlabki tadqiqot savollariga boshqacha javob berishiga olib keladi. Ikkilamchi tahlilning eng samarali yondashuvi shundan iboratki, avval, tadqiqot savolini tanlash uchun gipoteza verifikatsiyasini ishlab chiqish, keyin esa bu gipotezalarni verifikatsiyasi uchun zarur ma’lumotlarga ega yakunlangan tadqiqotni izlash bilan shug‘ullanadi.
Ma’lumotlar korpusiga qo‘yilgan ilk talab shundan iboratki, aholi guruhlarining ayni vazifalari uchun relevant tanloviga asoslangan bo‘lishi kerak, ikkinchi talab shuki, so‘rovlar instrumenti veri­fikatsiya qilishi zarur bo‘lgan gipotezalarga kiruvchi hal qiluvchi o‘zgaruvchanliklar operatsionalizatsiyasining ushbu vazifasi uchun relevantlikka ega bo‘ladi. Agar, masalan, tadqiqotda asosiy o‘rinni oq tanlilar va negrlar o‘rtasidagi farq muammosi egallasa, ma’lu­motlarning birlamchi korpusida irqiy tavofutni oq tanli va oq tanli bo‘lmaganlar o‘rtasidagi farq sifatida qayd qilinadi, bu korpusni mazkur tadqiqot doirasida o‘rganish hech qanday natija bermaydi, chunki oq tanli bo‘lmaganlar guruhiga negrlardan tashqari boshqa irqiy guruhlar ham kiradi (meksikaliklar, hindular va boshqalar).
U yoki bu tadqiqot bizga mos kelishi-kelmasligini qanday aniqlash mumkin?
Avvalo, yaxshi tadqiqot hisobotlarida asosiy o‘zgaruvchanlar ope­ratsionalizatsiyasi tavsiflanadi va tadqiqotda qaysi tanlovdan foyda­la­nilganligi ko‘rsatiladi. Keyin, kitob va jurnal maqolalarida ba’zan tad­qiqot maqsadlari uchun ma’lumotlar korpusi yaroqliligini muhokama qilishadi. Shuning uchun adabiyotlarni o‘rganish ikkilamchi tahlil uchun muhim manbalardan biri hisoblanadi va nihoyat, bizni qiziqtirayotgan tadqiqot muallifiga bevosita murojaat qilishimiz mumkin.
Ikkilamchi tahlildagi ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo‘­lish va aniqlashning yanada tizimli va ishonchli yo‘li, ma’lumotlarni to‘p­lovchi muassasalardan iboratdir, ya‘ni masalan, kutubxonalar kitob yig‘ish bilan shug‘ullanadi. Bunday muassasalar ma’lumotlar arxivi deb ataladi. Bu muassasalar keyingi qidiruvni osonlashtirish maq­sadida ma’lumotlarni tasniflash bilan shug‘ullanadi, shuningdek, ma’lumotlarni to‘plash doirasida birlamchi tadqiqotga aloqasi yo‘q ma’lumotlarni tadqiqotchilar uchun qulay shaklga o‘tkazadi. Har bir muassasalarda mavjud qo‘lga kiritilayotgan so‘rov ma’lumotlarining umumiy tavsifi va ro‘yhatini nashr etadi. Agar bu ro‘yhatlardan bizni qiziqtiruvchi tadqiqotni topsak, kodlar kitobi bo‘yicha ularning biz uchun ahamiyatlilik darajasini aniqlasak bo‘ladi. Unda so‘rov chog‘ida berilgan barcha savollar ko‘rsatiladi va javobni kodlash usuli sharhlanadi. Bu esa gipotezalarimiz bilan mazkur tadqiqot operatsionalizatsiyasining muvofiqligi darajasini baholashga imkon beradi.
Lekin so‘rov salohiyatini to‘la ahglash uchun asosan so‘rovning negizlarini tashkil etuvchi intervyu jarayoni bilan, shuningdek, shkala texnikasi bilan ta’minlanuvchi ma’lumotlarning paydo bo‘lishi imkoniyati bilan yaqindan tanishish zarur.


XULOSA
So’rov usuli nafaqat Sotsiologik informasiya to’plashning empirik metodlaridan biri sifatida, a balki Sotsiologiya fanida empirik Sotsiologik tadqiqotlar o’tkazishning eng muhim va ahamiyatli usulidir. Aslida Sotsiologiya fanida bu metoddan foydalanish XVIII asrga borib taqaladi va hozirgi davrda eng ko’p qo’llaniladi. So’rov usulining ahamiyatli tomoni shundan iboratki, Sotsiologik tadqiqotlar jarayonida boshqa xujjatli manbalarda esa uchramaydigan, uchrashi ham mumkin bo’lmagan, boshqa Sotsiologik tadqiqot usullari yordamida ma’lumotlar olish mumkin bo’lmagan ma’lumotlarni, axborotlarni olish imkonini yaratadi. Ayniqsa jamiyat a’zolari bo’lgan ijtimoiy guruhlar, jamoalar, shaxslar va boshqa ijtimoiy qatlam kishilarning ijtimoiy turmush, hayot jarayonlari, voqyea va hodisalarga bo’lgan munosabatlari, aloqalari, fikr-mulohazalarini Sotsiologik tadqiqot asosida o’rganishda so’rov usulining ahamiyati beqiyos kattadir. Ayniqsa hozirgi sharoitda mamlakatimiz mustaqillikka erishib huquqiy davlatdan, kuchli fuqarolik demokratik jamiyatga bozor munosabtalariga asta-sekin o’tish jarayonida jamiyatda ijtimoiy kommunikasiyalarning roli oshib borar ekan empirik sosial tadqiqotlar olib borish usulining jumladan, so’rov usulining roli yanada ortib borishi, ahamiyati kengayishi bilan xarakterlidir. So’rov usuli dastlabki sosiologi axborotlarni olish uchun foydalanib, u og’zaki yoki yozma shaklida olib borilishi mumkin. “So’rovlar odatda unchalik batafsil ma’lumot bermaydi, - deydi ingliz olimi Entoni Giddens, - lekin uning to’g’riligiga shubxa qilmasa bo’ladi”1. So’rov usulida tadqiqotchi bilan respondent (respondent inglizcha so’z bo’lib “javob bermoq”, “javob beruvchi” ma’nolarini anglatadi) o’rtasida aloqa va munosabatlar, so’rovnomalar puxta ishlangan aniq bo’lishi, respondentlar erkin, o’z so’zlari bilan, xolisona ifoda etishi, savollar sermazmun va sodda, tushunarli javob berishga qulay bo’lishi, noaniqliklarga yo’l qo’ymasligi, hatto respondentlar ruhi, holati, xarakteri, mavqyei va jamiyatga munosabatlari e’tiborga olinishi, adreslari, yoshi, kasbi, bilim darajasi, ular haqida boshqa ma’lumotlar ham aniq bo’lishi shart. Ammo shaxs ismi va familiyasi ko’rsatilmaydi.
So’rov usullaridan foydalanish jarayonida uning turli xilligidan shart-sharoitga, ijtimoiy holatga va mavzularning dolzarbligiga qarab qo’llanish maqsadga muvofiqdir. So’rov usulining quyidagi turlari mavjudligi va ulardan o’rinli foydalanish mumkinligini professor N.S.Aliqoriyev ta’kidlab quyidagi so’rov turlarini keltiradi2.
1. Anketalashtirish yozma shakldagi so’roq bo’lib, texnikasiga ko’ra, tarqatiladigan (anketa tadqiqotchi tomonidan tarqatiladi va yig’ib olinadi), matbuot orqali (anketani gazeta va jurnallarda chop etish), telefon yoki teleskop orqali, ya’ni texnik vositalar bilan (televizor yoki telefonga oid qo’shimcha sifatida) amalga oshiriladigan so’rov turidir.
2. Suhbatlashish (intervyu) – suhbat o’tkazuvchilarni (intervyuyer) bir qanchasini talab qiluvchi, og’zaki so’rov turidir. Bu so’rov klinik (respodentning subyektiv dunyosining samimiyligi) bir nuqtaga qaratilgan (o’rganish uchun bir asosiy savolni ajratib olish) so’rovlarga bo’linadi.
3. Sotsiologik so’rov guruhdagi shaxslararo munosabatlarning yaxshi ko’rish, yoqtirmaslik, do’stlik, adovat, qismat va boshqa jihatlarini o’rganishga qaratilgan.
Professor N.S.Aliqoriyev bu metod amerikalik sosiolog-psixolog J.Moreno tomonidan ishlab chiqarilganligini ham ta’kidlaydi.
4. Test o’tkazish so’rov – maxsus qayta ishlangan vositalar sxema, rasmlar, takliflar, savollar yordamida shaxsiy sifat va qobiliyatlarining namoyon bo’lishini aniqlaydi. Testlar tematik, birikmalar (assosiativ) intellektual qobiliyatlarni aniqlaydigan, takliflarni yakunlaydigan turlarga bo’linadi.
5. Ekspet so’rov – bu metod ekspertlarga, ya’ni mutaxassislarga yon beradi. Bular asosan muammo bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar yoki javobgar shaxslardir. Bunda suralayotganlarning qiziqishlari e’tiborga olishi kerak.
6. Panel so’rovlar – kishilarning doimiy doirasiga mo’ljallangan so’rov bo’lib, tashkilotlardagi boshqarish uslubidagi ma’lum o’zgarishlarga ulargacha va ulardan keyin kiritiladigan so’rov turidir. Bu metod guruhlarning faqat bir belgisiga ko’ra bir-birini taqqoslash va farqlash, ya’ni prosessning sabab va oqibat analizlarini o’rganish maqsadida qo’llaniladi. Ko’pincha so’rovning bu turi eksperimental tadqiqotlarga qo’shimcha ravishda kiritiladi.
7. Yaxlit so’rovlar – demografik prosesslarni jamoatchilik fikrini aholini ruyxatga olishni o’rganishda qo’llaniladi.
Yaxlit so’rovlar barcha aholini yoki muammo bilan bog’liq bo’lgan bosh majmualarning so’rovini o’zida aks ettiradi3. Hozirgi kunda kompyuter va internet tarmoqlaridan ham so’rov usulidan foydalanilmoqda.


Yüklə 149,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə