Anketa so'rov bosqichlari va protsedurasi mundarija: Kirish I bob sotsial so'rov varaqasi (anketa) so'rovining asosiy instrumenti sifatida



Yüklə 149,16 Kb.
səhifə3/10
tarix23.12.2023
ölçüsü149,16 Kb.
#156744
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ANKETA SO\'ROV BOSQICHLARI VA PROTSEDURASI

Trend tekshirish ayni bir tarkibdagi jamoa vakillaridan iborat har xil tanlov guruhlari turli vaqtlarda tanlovdan o‘tkaziladi (masalan, Kanzas shtati saylovchilari orasidan). Bunday so‘rovda har gal turli shaxslar ishtirok etishi mumkin, ammo jami tekshiruv natijalari umuman ayni bir majmua rivoji tendensiyasini reprezentativ ravishda aks ettiradi, chunki har bir to‘g‘ri tuzilgan tanlov ushbu majmuaning har qanday boshqa tanloviga ekvivalent bo‘ladi.
So‘rovninig qaysi sxemasini tanlashimizga qaramay, har qanday holatda zarur o‘lchovlarni qo‘lga kiritish uchun ishchi vosita sifatida ishlatiladigan savollar tizimini ishlab chiqishimiz kerak. Bu jarayon konseptualizatsiya bosqichida boshlangan tushunchalar operatsiona­lizatsiyasi jarayonining davomi bo‘lib, uning maqsadi so‘rov instrumentariyasini, ya’ni respondent mustaqil to‘ldiradigan anketa blankasi yohud intervyu oluvchi tomonidan intervyu jarayonida to‘ldiriladigan intervyu blankasidan iborat.
Instrumentariyani ishlab chiqishda tadqiqotchi a)mazmun; b) tip; c) shakl ; d) og‘zaki ifoda ; e) savollar tartibiga e’tibor qaratishi kerak. An­keta nisbatan qisqa bo‘lishi kerak. Yuzma-yuz intervyu qoidaga ko‘ra 45 minutdan, telefon intervyu esa 20 minutdan ko‘p bo‘lmasligi shart. Pochta orqali jo‘natiladigan intervyu esa 4 sahifadan oshmasligi shart. Qisqalikka intilish, savolni ifodalash zaruriyatidan ustun bo‘lmasligi shart, chunki bu, ma’lumotlarni tahlil qilishda paydo bo‘luvchi raqo­batlashuvchi gipotezalarni inkor qilishda zarur bo‘ladi. Ushbu muam­moni yechish uchun ikki umumiy qoidaga rioya qilish mumkin. Bi­rinchidan, so‘rov orqali o‘rganilayotgan gipoteza yoki tadqiqot savollari sonini minimumga yetkazish kerak, bu axborotni qo‘lga kiritishda zarur o‘zgaruvchanlar sonini cheklashga imkon beradi. Ikkinchidan, savol­larni tanlashda avval, ma’lumotlarning rejalashtirilayotgan tahlilda aha­miyati noaniq bo‘lganlarini chiqarib tashlash zarur.
Biz ishonchli va aniq natijalarni ta’minlashga qodir so‘rov bandlarini tuzishninig ba’zi umumiy qoidalarini taklif qilishimiz mumkin.
Birinchidan, tadqiqot mazmuniga zarar etkazmaydigan barcha holatlarda, avvalgi tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishlatilgan tushuncha va savollarni kiritishga harakat qiling.
Ikkinchidan, so‘rov ro‘yhatiga biror savolni kiritishdan oldin respondent bu savolga javob berishi uchun zarur bilimlarga egaligini tekshirib ko‘ring.
Uchinchidan, ko‘pincha savoldan ko‘ra predmet to‘g‘risidagi tasdiqlar foydaliroq bo‘ladi. Bunda tadqiqotchi respondentning tasdiqlar seriyasi bilan kaisi darajada rozi yoki rozi emasligini so‘raydi, unda tadqiqotchini qiziqtiruvchi savol bo‘yicha turli nuqtai nazarlarni aks ettirgan shaklda saralangan tasdiqlar mavjud bo‘ladi.
To‘rtinchidan, tasdiqlarni savollar o‘rniga ishlatar ekanmiz, shuni bilingki, respondentlar ko‘pincha tadqiqotchi tasdiqlariga o‘zining shaxsiy nuqtai nazariga qaramasdan qo‘shilish odatiga ega bo‘ladi. Bu qonuniyat javob tendensiyasi deb ataladi, u hisobga olinmagan so‘rov bandlarida javob tendensiyasiga siljish paydo bo‘ladi.
Beshinchidan, so‘rovning yagona bandi yordami bilan o‘zgaruvchan o‘lchovi natijalarning aralashib ketishiga olib kelishi mumkin. Umuman, harakatlar uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin bo‘lgan munosabatlar mezonida so‘rovning bir qancha bandlaridan birdaniga foydalanish va indeks yoki shkalani shakllantirish yanada maqsadga muvofiq. Tadqiqotchi so‘rovning alohida bandlarini tuzishdan tashdaqi so‘rov instrumentariyasini tashkil etish to‘g‘risida ham o‘ylashi shart. Haqiqiy anketa va intervyu blankalari odatda, 4 asosiy qismdan iborat bo‘ladi: kirish qismi, mashq uchun bir necha savollar, asosiy savollar, biografik savollar. Keyingi navbatda instrumentariya formati juda mihim. Qog‘ozga anketa yoki intervyu blankasini joylashtirishning ma’lum qoidalari mavjud.
Birinchi qoidaga ko‘ra, sahifada so‘rov bandlari zich joylashmasligi kerak. So‘rov instrumentariyasining har bir sahifasida iloji boricha ko‘proq bo‘sh joy qoldiring. Bunda birinchi duch keladigan asosiy masala oldindan kodlashtirilgan instrumentdan foydalanish masalasidir. Kodlashtirish asosida so‘z shaklida qayd qilingan javoblarni son orqali berilishi yotadi. Dastlabki kodlashtirilgan so‘rov instrumentida har bir savolga allaqachon o‘zining son belgisi qo‘yilgan. Instrumentariyaga tayyorgarlik ko‘rishning tugashi intervyu oluvchining so‘rov instrumentini aniq va tartibli to‘ldirilishini ta’minlaydigan dastlabki instruksiyani tuzish bilan amalga oshiriladi.
So‘rovning navbatdagi bosqichi, tanlovni yaratish va rejalashtirish. Rejalashtirish bosqichi birinchidan, kelgusi so‘rov tipi to‘g‘risida qaror qabul qilish, ikkinchidan, so‘rovning moddiy-texnik ta’minot masalalarini ishlab chiqish, uchinchidan, so‘rovni moliyalashtirish masalalarini ishlab chiqishlarni o‘z ichiga oladi. Tadqiqot muammosi xarakteri so‘rovning qaysi tipi zarurligi bilan aniqlanadi, ammo qaysi tipni qo‘llash mumkinligi muvofiq moddiy vositalarning borligi yoki qo‘lga kiritilishi osonligi bilan belgilanadi. So‘rov amaliyoti bizga 4 asosiy tipni tanlash imkoniyatini beradi: yuzma-yuz intervyu, telefon intervyusi, pochta anketasi va matbuot orqali so‘rov.

Yüklə 149,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə