Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish


-rasm. Rivojlangan xorij davlatlarida kooperatsiyaning faoliyat



Yüklə 2,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/93
tarix11.08.2023
ölçüsü2,5 Mb.
#120506
növüУчебник
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   93
agrobiznes

8.2-rasm. Rivojlangan xorij davlatlarida kooperatsiyaning faoliyat 
yo‘nalishlari
 31
 
Ko‘pgina davlatlarda fermerlarga maslahat, axborot xizmatlari ham 
ko‘rsatiladi. Dastavval fermerlarga bepul axborot — maslahat xizmat 
ko‘rsatuvchi tashkilotlarning barcha xarajatlari davlat tomo-nidan 
qoplangan, keyinchalik fermerlar axborot-maslahat xizmatlarining 
ahamiyati va foydasini to‘la tushunib yetganlaridan so‘ng ularga pullik 
xizmat ko‘rsatila boshlangan. Ba'zi davlatlarda fermerlar uyushmalari va 
boshqa tashkilotlar o‘zining a'zolariga axborot-maslahat xizmati 
ko‘rsatadilar. 
31
Муаллиф ишланмаси


176 

Qozog‘istonda qishloq xo‘jaligida kooperatsiya jarayoni ko‘p 
yillardan buyon olib borilmoqda. Ma'lumki, qishloq fermerlari 
kooperativlarga ixtiyoriy ravishda birlashishni xoxlamaydilar, chunki 
ular yerga va mulkka bo‘lgan pay ulushlaridan mahrum bo‘lib qolishdan 
qo‘rqadilar. Ayrim fermerlar ishlab chiqarish joylarida yetarlicha 
tushuntirish ishlari olib borilmaganligi tufayli kooperativning afzallik va 
qulayliklarini umuman tushunmaydilar. Ular yuqoridan “diktovka” 
bilan, ishlashga ya'ni ma'muriy buyruqni kutib, ishlashga o‘rganib 
qolishgan. Kooperativga kirish yoki kirmaslik haqida qaror qabul qilish 
uchun ularda kooperatsiyaning zarurligini tushuntirish va unga “pishib 
yetilishi 
kerak”. 
Shunday 
qilib, 
qishloqda 
kooperatsiya 
rivojlanmaganligining va yetarlicha ommalashmaganligining asosiy 
sabablari quyidagilar:

Qishloq aholisining yangi tarkibiy tuzilishga ishonmasligi, 
kooperatsiyaning 
afzalliklarini, 
ichki 
xo‘jalik 
munosabatlari 
mexanizmining xususiyatlarini tushunmasligi;

Kooperatsiya prinsiplariga mos kelmaydigan “soxta 
kooperativlar” deb nomlanadigan tuzilmalar paydo bo‘ldi. Bu 
kooperativlar bitta yirik xo‘jalik manfaati uchun yaratildi, ya'ni ular 
inisiator (tashabbuskor) bo‘lib olib, bankdan kredit olish uchun garovga 
biror narsa qo‘yib, o‘z manfaati uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini 
sotib olib va sotib, amalda kooperativning mulkdoriga aylandilar.

Qishloq xo‘jaligi kooperativlariga imtiyozli kreditlarni 
berishni ko‘rib chiqish zarurligi, faqat yangi uskuna sotib olishga yoki 
yangi qayta ishlash korxonasini qurishga emas, balki mavjud va 
harakatdagi 
qayta 
ishlash 
korxonasini, 
saqlash 
obyektlarini 
modernizasiya qilish qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga 
xarajatlarni ko‘p miqdorda qisqartirish imkonini beradi. Qozog‘iston 
respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi mutaxassislari qishloqda 
kooperatsiya jarayoniga to‘sqinlik qiluvchi asosiy sabab, notijorat 
shaklida tashkil etilgan qishloq xo‘jaligi kooperativlarida foydani 
taqsimlash imkoniyatining yo‘qligi, va me'yoriy-huquqiy tartibga 
solishning ortiqchaligi deb ko‘rsatadilar.


177 

Qozog‘iston respublikasida 2015 yil 25 oktyabrda 372-sonli 
“Qishloq xo‘jaligi kooperativlari to‘g‘risida”gi Qonunining qabul 
qilinishi amaldagi 5 ta qonunni yangiladi va boyitdi. Bu qonunda, 
oldingi qonunda yo‘l qo‘yilgan ko‘plab xato va kamchiliklar bartaraf 
etildi. Bugungi kunda mamlakatning ko‘pgina hududlaridagi qishloq 
xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari kooperativlarga birlashishga 
yanada ko‘proq xoxish bildirmoqdalar. Kooperatsiya harakatining 
rivojlanish tajribasini Qozog‘iston respublikasi Turkiston viloyati 
misolida o‘rganish jarayonida bir qancha jihatlarni qo‘llash 
mumkinligining guvohi bo‘lamiz. Masalan: Turkiston oblastida qishloq 
xo‘jaligi kooperativlarini, shu jumladan uy xo‘jaligini barpo qilish 
uchun faol ishlar olib borilmoqda. Bugun respublikada xo‘jalik 
yuritishning kooperativ shaklini tashkil qilish kolxozlarni tashkil 
qilishdan tubdan farq qiladi. Agar kollektivlashtirish zamonlarida 
dehqonlarni majburlab kolxozga kiritilgan bo‘lsa, hozir esa 
kooperativga kirish haqidagi qarorni dehqonlarning o‘zi hal qiladi. 
Yangi qonunda qishloq xo‘jaligi kooperativlarini tashkil qilishning 
quyidagi tamoyillari o‘rnatilgan:

Mazkur qonunning va qishloq xo‘jaligi kooperativlari 
Ustavining talablariga mos har qanday kishi uchun kirish imkoniyati
qishloq xo‘jaligi kooperativiga kirish va undan chiqishning ixtiyoriyligi; 

Kooperativ 
a'zolarining 
teng 
huquqliliga 
asoslangan 
boshqarishning demokrativligi: bir a'zo – mulk uchun vznoslar (pay) 
ning miqdori va hajmidan qat'iy nazar – bir ovoz, kooperativning 
uyushgan a'zolaridan tashqari;

Qishloq xo‘jalik kooperativlari boshqaruv organlarining
uning a'zolarining umumiy yig‘ilishida saylanishi va hisobdorligi; 

Qishloq xo‘jalik kooperativlari faoliyatining avtonomliligi va 
suverenligi; 

Qishloq xo‘jalik kooperativlarining tovarlarni (ishlar, 
xizmatlar) o‘z a'zolariga ularning tannarxi bo‘yicha sotishi; 

Kooperativ a'zolari uchun iqtisodiy naf bilan ta'minlanish va 
o‘zaroyordam; 


178 

Qishloq xo‘jalik kooperativlari barcha a'zolari uchun qishloq 
xo‘jalik kooperativi, uyushmasi (ittifoqi) faoliyati haqidagi axborotlarga 
kirishi mumkinligi(Qozog‘istonn respublikasi qonuni “Qishloq xo‘jaligi 
kooperativlari to‘g‘risida” 2015 yil 29 oktyabr №372-V). 
Davlatning roli - ularni motivlashtirish va biznesni rivojlantirish
uchunsharoit yaratishdir. Davlat tomonidan xarajatlarni subsidiyalash-
tirish va kooperativlar uchun subsidiyaga kirishni va imtiyozli 
kreditlarni ko‘paytirish uchun maxsus soliq rejimi ishlab chiqilgan. 
Masalan, qishloq xo‘jaligi kooperativlari uchun yangi kredit liniyasi 
tasdiqlangan: “Intimoq” - qishloq xo‘jaligi kooperativini rivojlanti-
rishga, “Igilik” - qishloq xo‘jaligi hayvonlarini urchitishga, “Birlik” – 
sut qabul qilish punktini yaratishga, “Bereke”- oilaviy bo‘rdoqiga boqish 
maydonchasiga. 
“Intimoq” dasturi go‘sht, sut va meva-sabzavot mahsulotlari 
bo‘yicha qishloq xo‘jaligi kooperativlarini tashkil qilish va 
rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Aylanma vositalarni to‘ldirish uchun 
maxsus qishloq xo‘jaligi texnikalarini, uskunalarni sotib olish ko‘rib 
chiqiladi. Kredit muddati – 7 yilgacha, foiz stavkasi – 14foiz, zayom 
qiymati 50 mln. tangagacha qilib belgilangan. Bunday imtiyozlar 
shuningdek, boshqa kreditlash dasturlarida ham qarab chiqilgan. Ilgari 
dehqon xo‘jaliklari yagona yer solig‘i to‘lashar edi. Agar kooperativga 
kirilsa, unda bu maxsus soliq rejimidan ozod bo‘lib va soliqqa 
tortishning umumo‘rnatilgan tartibi bo‘yicha to‘lar edilar. Bu 
kooperatsiya masalasida kuchliroq qarama-qarshilikdir. Hozir Soliq 
kodeksida shunday masala ko‘rib chiqilayapti, agar kooperativ tashkil 
etilgan bo‘lsa, unda ularga xuddi yuridik shaxslar uchundek maxsus 
soliq rejimi o‘rnatiladi. Qishloq xo‘jaligi kooperativlari uchun barcha 
turdagi soliqlarda 70foiz imtiyoz mavjud. Bu umum o‘rnatilgan 
rejimga nisbatan asosiy soliqlarning 70foiz ga kamayganligini bildiradi. 
Vaqt shuni ko‘rsatdiki, mayda uy xo‘jaliklarini yirik qishloq 
xo‘jaligi kooperativlariga birlashtirish ular faoliyatida yuqori 
unumdorlikka, ishlab chiqariladigan mahsulotning yuqori sifatli 
bo‘lishiga, ish o‘rinlarining ko‘payishiga imkon beradi. Turkiston 


179 
oblasti Maqtaaral rayonida paxta ishlab chiqarish bo‘yicha “Bereke-
Maqta” qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish kooperativi tashkil qilindi. Bu 
kooperativ 2016 yil 29 fevralda ro‘yxatdan o‘tgan. Kooperativ tarkibiga 
688 ta dehqon va uy xo‘jaliklari kirdi.Shuni ta'kidlash lozimki, bu 
kooperativda birlashilgandan keyin jami ekin maydoni 6331 gektarni, 
yoki o‘rtacha bir xo‘jalikka 9,2 gektarni tashkil etdi. Turkiston oblasti 
Maqtaaral rayonida 163 ta dehqon xo‘jaliklarining ixtiyoriy ravishda 
birlashishi natijasida “Dostik” kooperativi tashkil etildi. Kooperativning 
barcha a'zolari yerga, qishloq xo‘jaligi texnikasiga va ishlab chiqarilgan 
mahsulotga egalik huquqini va o‘zlarining yuridik mustaqillikni saqlab 
qoldilar.
Xorij tajribasini o‘rganish asosida kooperatsiyaviy aloqalar 
to‘g‘risida xulosa qilish mumkinki, bu davlatlarda kooperatsiyaning turli 
xil samarali yo‘nalishlaridan foydalanish asosida qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqarishining samaradorligini oshirishi mumkin.
Xorij tajribasini o‘rganish asosida kooperatsiyaviy aloqalar 
to‘g‘risida xulosa qilish mumkinki, bu davlatlarda kooperatsiyaning turli 
xil samarali yo‘nalishlaridan foydalanish asosida qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqarishining samaradorligini oshirishi mumkin. 

Yüklə 2,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə