Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish


IX BOB. AGROBIZNESDA ISHLAB CHIQARISHNI



Yüklə 2,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/93
tarix11.08.2023
ölçüsü2,5 Mb.
#120506
növüУчебник
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   93
agrobiznes

IX BOB. AGROBIZNESDA ISHLAB CHIQARISHNI 
JOYLASHTIRISH, IXTISOSLASHTIRISH VA 
INTEGRATSIYA JARAYONLARI 


181 
ifodalanadi. Ayni paytda ixtisoslashuvning bu shaklida o’sha hududga 
xos tabiiy va iqtisodiy omillar eng yuqori aniqlik bilan hisobga olinadi. 
Chunki bu hisob-kitoblar natijasida mehnat samaradorligining yuqori 
darajasi va xarajatlarning qisqarti-rilishiga erishiladi. 
O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillari, iqtisodiy islohotlar 
chuqurlashuvi davrida tovar mahsulot-lari ishlab chiqarishning turli 
ko’rinishlariga ixtisoslashgan yirik hududlar tashkil topdi. Bu eng 
avvalo, paxta xomashyosi, g’alla, sholi, pilla, chorva, sabzavot va meva 
mahsulotlari, jun, sut va h.z. larga moslashgan mavjud qishloq xo’jaligi 
korxonalarining qayta to’zilishi va yangilarining paydo bo’lishi bilan 
xarakterlanadi. 
Hududiy ixtisoslashuvni kengaytirish qishloq xo’jaligi korxonasi 
ishlab chiqarishining o’zoq muddatli rejalashtirishini nazarda to’tadi. Bu 
rejaning maqsad va vazifalari hududning, tumanning, viloyatning tabiiy 
va iqtisodiy shart-sharoitlari bilan belgilanadi. Shu narsani hisobga olish 
kerakki, hududiy ixtisoslashuvda zaruriy shart-sharoitlar mavjud 
bo’lganda ham bu hududlar uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlari, chorva 
mahsulotlarini sanoat tarzida qayta ishlab chiqarishning imkoniyati 
borligi eng yuqori samaradorlikni ta’minlaydi. Hozirgi sharoitda 
mahsulotlarni qayta ishlov berib, ishlab chiqarishsiz kutilgan natijalarga 
erishib bo’lmaydi.
Hududiy ixtisoslashuvni chuqurlashtirish o’zoq muddatli reja 
asosida olib boriladi. Uning mazmuni joy yoki hududning tabiiy hamda 
iqtisodiy shart-sharoitlari bilan aniqlanadi. Mazkur joy uchun qulay 
bo’lgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari, chorva turlari, sanoat qayta ishlab 
chiqarishi tabiiyki rivojlanadi. 
Umumxo’jalik ixtisoslashuvi
.
Ixtisoslashuvning bu shakli tovar 
mahsulotlari ishlab chiqarishda ayrim qishloq xo’jaligi korxonalari 
o’rtasida mehnat taqsimotini anglatadi. Uning asosiy tamoyili tovar 
ishlab chiqarish tar-moqlarining eng kam miqdorida eng ko’p mahsulot 
etishtirishga erishishdir. Bir tarmoq bilan ishlab chiqarishni tashkil qilish 
mumkin bo’lgan erda ikki, ikki tarmoq etarli bo’lganda uch tarmoqni 
tashkil etish xo’jalik uchun ortiqcha qiyinchiliklarni tug’dirib, uning 


182 
mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish imkoniyatlarini 
qisqartiradi. 
Ba’zi qishloq xo’jaligi korxonalarida hududiy va umumxo’jalik 
ixtisoslashuvi o’zaro bog’liqdir. Hududiy ixtisoslashuv qancha 
rivojlangan bo’lsa, umumxo’jalik ixtisoslashuvi uchun shuncha qulay 
shart-sharoitlar yaratiladi. Ikkinchi tomondan, alohida xo’jaliklar qancha 
ko’p ixtisoslashsa, u yoki bu turdagi mahsulotni ishlab chiqarish hajmi 
shunchalik kengayadi. 
Alohida qishloq xo’jaligi korxonalarida, mehnatning hududiy 
taqsimoti va hududiy ixtisoslashuvga asoslanishi maqsadga muvofiqdir. 
Hududiy va umumxo’jalik ixtisoslashuvi istisno tarzida tovar ishlab 
chiqarishga mansubdir, ya’ni bunga tegishli korxonalar faqat o’z 
hududlaridan tashqarida sotishga mo’ljallangan mahsulotlar turlarini 
ishlab chiqaradilar. Ammo deyarli barcha qishloq xo’jaligi 
korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sezilarli qismi ularning 
o’z ehtiyojlari uchun foydalaniladi. Shu sababli yalpi mah-sulot tovar 
mahsulotiga nisbatan ancha ko’p ishlab chiqariladi. 
Ichki xo’jalik ixtisoslashuvi tovar ishlab chiqarishiga ham, tovar 
bo’lmagan mahsulotlarni ishlab chiqarishga ham taalluqlidir. 
Bu ixtisoslashuvning hududiy va umumxo’jalik shakllaridan farqi 
ham ana shunda. Ixtisoslashuvning bu shakli ishlab chiqarishni 
xo’jalikning bo’linmalari va tarmoqlari bo’yicha oqilona joylashtirishga 
qaratilgan. 
Ichki xo’jalik ixtisoslashuvining asosiy maqsadi - ma’lum bir tur 
mahsulotlar ishlab chiqarilishi yoki bo’lin-malarning eng kam miqdorini 
joylashuvidan iboratdir. 
Yuqorida sanab o’tilgan ixtisoslashuv shakllari hudu-diy (hudud, 
xo’jalik, bo’linma) belgilar bo’yicha farqlangan.
 
Ichki xo’jalik 
ixtisoslashuvi mehnatning texnologik taqsimotiga asoslanadi. Bunday 
holatlarda bir necha mustaqil korxona yoki bo’linmalar mahsulotning 
qandaydir bir to’rini ishlab chiqaruvchi koopertsiyalarga birlashadi. Har 
bir ishtirokchi texnologik jarayonning ma’lum bir qismini bajarib, 
ikkinchisiga yarim fabrikatlarni etkazib beradi. Chorvachilikda, masalan 
bir xo’jalik g’una-jinlar yoki bo’zoqlar etkazib berishga, ikkinchisi sut 


183 
ishlab chiqarishga, uchinchi biri ozuqa mahsulotlari etishtirishga 
ixtisoslashuvi mumkin. Natijada yirik ixtisoslashgan ishlab chiqarish 
tashkil topadi. 
O’zbekiston qishloq xo’jaligida parrandachilik, yirik shoxli mollarni 
ozuqlantirish, sabzavot mahsulotlari etishtirish va boshqa qishloq 
xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarning 
samarali faoliyatiga ko’plab misollar keltirish mumkin. Ichki xo’jalik 
ixtisoslashuvini chuqurlashtirish qisqa muddatlarda katta samara berishi 
mumkin. 
Xo’jalik faoliyatini samarali yuritish, ishlab chiqarishni tashkil 
etishdagi ko’pgina muammolarni to’g’ri hal qilishda ilmiy asoslangan 
rejalashtirish, 
moddiy-texnik 
ta’minot, 
ishlovchilarni 
moddiy 
rag’batlantirishda qishloq xo’jaligi korxonasi va bo’linmalarining 
ixtisoslashuvi, ya’ni ishlab chiqarish yo’nalishini to’g’ri belgilash katta 
ahamiyatga ega. 
Shakllangan ixtisoslashuvni to’g’ri aniqlash uchun ma’lum 
ko’rsatkichlar va mezonlardan oqilona foydalanish zarur. Ixtisoslashuv 
joriy va qiyosiy baholarda hisobla-nadigan tovar mahsuloti ishlab 
chiqarish samarasini belgilaydigan hodisadir. 
Amaliyotda shakllangan ishlab chiqarish yo’nalishini asosiy qishloq 
xo’jaligi mahsulotlarining umumiy daromadda so’nggi uch yil 
davomidagi mahsulot realizatsiyasidagi ulushi bo’yicha aniqlash tavsiya 
etiladi. 
Ixtisoslashgan xo’jaliklar deb mahsulot realizatsiyasidan bosh 
tarmoqda umumiy foydaning 50 % dan kam bo’lmagan hissasiga ega 
bo’lgan korxonalarni hisoblash mumkin. Masalan, agar xo’jalikda paxta 
yoki g’alla hissasi 50% yoki undan ortiqni tashkil etsa, bunday korxona 
paxtachilik yoki g’allachilik yo’nalishidagi xo’jalik hisoblanadi. Agar 
qishloq xo’jaligi korxonasida ikki sohadan har birining hissasi 25 %dan 
kam bo’lmasa, bunday xo’jalik ham ixtisoslashgan korxona hisoblanadi 
va uning ishlab chiqarish yo’nalishi bosh tarmoq, ya’ni qishloq xo’jaligi 
mahsu-lotlari realizatsiyasidan tushgan umumiy foydaning nisbatan ko’p 
qismini tashkil etgan sohaning ulushiga qarab aniqlanadi. 


184 
Uch yoki undan ziyod asosiy sohalarga ega bo’lgan qishloq 
xo’jaligi korxonalari ixtisoslashgan xo’jaliklar tarkibiga kirmaydi. 
O’zbekiston Respublikasida ixtisoslashuv yo’nalishi bo’yicha qishloq 
xo’jaligi korxonalari asosan quyidagi guruhlarga bo’linadi: 
-o’simlikchilik:
g’allachilik, sabzavotchilik, paxtachilik, pillachilik, 
sholikorlik, mevachilik, poliz mahsulotlari va h.z. ishlab chiqaruvchilar; 
-chorvachilik:
sut mahsulotlari, go’sht mahsulotlari, yilqichilik, 
qo’ychilik va parranda mahsulotlari etkazuvchilar. 
Ixtisoslashuv darajasini xarakterlovchi va loyiha qarorlarini 
baholashga imkon beruvchi - umumiy ko’rsatkich bu qishloq xo’jaligi 
korxonasining 
ixtisoslashuvi koeffitsientidir. 
Ixtisoslashuv koeffitsienti 
(K) quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi. 
K=100 / U(2N-1) (6.1) 
bunda: U - tovar mahsulotida alohida tarmoq ulushi;
N - har bir mahsulot turida ulush bo’yicha tartib raqami. 
Agar ixtisoslashuv koeffitsienti 0,2 dan kam bo’lsa bu past daraja, 0,2 
dan 0,4 gacha, o’rtacha, 0,4dan 0,6 gacha yuksak, 0,6dan yuqorisi juda 
yuksak daraja hisoblanadi. Bir tur tovar mahsuloti ishlab chiqaradigan 
korxonaning ixtisoslashuv koeffitsienti 1,0 ga. teng. Qishloq xo’jaligi 
korxonalarining ixtisoslashuvini aniqlash uchun boshqacha yondashuvlar va 
mezonlar ham mavjud. 

Yüklə 2,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə