Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish


Tarmoqlar hamkorligining tamoyillari



Yüklə 2,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/93
tarix11.08.2023
ölçüsü2,5 Mb.
#120506
növüУчебник
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   93
agrobiznes

9.3.Tarmoqlar hamkorligining tamoyillari. 
Qishloq xo’jaligi korxonalarida tarmoqlarni muvofiqlashtirishning 
quyidagi tamoyillari mavjud: 
- o’z-o’zini mablag’ bilan qoplash asosida ishlab chiqarishni 
yuritishning eng samarador va iqtisodiy barqaror darajasiga erishish; 
- xo’jalikning tuproq-iqlim va iqtisodiy o’ziga xosliklarini eng 
yuqori darajada hisobga olish; 
- xalq xo’jaligi ehtiyojlarini yuqori sifatli qishloq xo’jaligi 
mahsulotlari bilan ta’minlash; 
- qishloq xo’jaligida mulklarning mavjud samara-dorligini oshirish 
va ulardan oqilona foydalanish
- mehnat resurslaridan oqilona foydalanish va qishloq xo’jaligi 
ishlab chiqarishi mavsumiyligini kamaytirish; 
- ishlab chiqarish vositalari, eng avvalo traktorlar, kombaynlar va 
boshqa qimmatbaho mashina hamda jihozlardan samarali foydalanish; 


187 
- mahsulotlarni realizatsiya qilish punktlarini tashkil qilish, transport 
chiqimlarini kamaytirish; 
- korxonaning oziq-ovqat mahsulotlari, ishlab chiqarish vositalari, 
turli xizmatlarga ichki ehtiyojlarini qondirish; 
- mahalliy aholining kasbiy ko’nikmalaridan foydalanish. 
Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi ixtisoslashish xarakteriga ko’ra 
asosiy, qo’shimcha va yordamchi sohalar (tarmoqlar)ga bo’linadi. Ishlab 
chiqarishning bu xilda ixtisoslashuvi er, mehnat va moddiy resurslaridan 
unumli foydalanish va shu asosda ko’proq xilma-xil qishloq xo’jalik 
mahsulotlari etishtirish imkonini beradi. 
Asosiy soha deyilganda yalpi va tovar mahsuloti ulushi jihatidan 
asosiy o’rinni egallab, korxona iqtisodiyo-tining rivojlanishga salmoqli 
hissa qo’shadigan soha tushuniladi. O’zbekiston qishloq xo’jaligidagi 
asosiy soha paxta etishtirishdir. Asosiy soha har bir hududning tabiiy va 
iqtisodiy sharoitlarini, mamlakatning u yoki bu turdagi mahsulotlarga 
talabini hisobga olgan holda tashkil etiladi va bu tarmoq ijtimoiy mehnat 
taqsimotida qatnashadi. Qo’shimcha soha ham asosiy soha singari tovar 
mahsulot etishtirsada, lekin u korxonani rivojlantirishda asosiy rolni 
o’ynay olmaydi, faqat asosiy sohani rivojlantirish uchun sharoit yaratib 
beradi. Bu sohaga chorvachilik qora-molchilikni kiritish mumkin. 
Yordamchi soha ishlab chiqarish jarayonida asosiy va qo’shimcha 
sohalarga xizmat qiladigan sohadir. Yordamchi sohaga ta’mirlash, 
duradgorlik va boshqa turdagi ustaxonalarni, qurilish materiallari ishlab 
chiqarish korxonalarini kiritish mumkin. Lekin yordamchi soha tovar 
mahsuloti ishlab chiqaradigan soha hisoblanmaydi. Sohalarning ishlab 
chiqarish jarayonida tutgan o’rni ularning yalpi daromad hosil qilishdagi 
ulushi bilan aniqlanadi.

Yüklə 2,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə