Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish


 Xorij mamlakatlarda kooperatsiya munosabatlari



Yüklə 2,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/93
tarix11.08.2023
ölçüsü2,5 Mb.
#120506
növüУчебник
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   93
agrobiznes

 
8.4. Xorij mamlakatlarda kooperatsiya munosabatlari. 
Hozirgi vaqtda kooperativ harakat tajribasi barcha jihatlardan diqqat 
bilan o‘rganilish va amaliy foydalanishga loyiq, chunki kooperatsiya 
inson faoliyatining internasional hodisasi. Chet elda kooperativ 
faoliyatni o‘rganishning amaliy ahamiyati yana shundaki, u xalqaro 
nuqtai nazaridan o‘zaro foydali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni 
yaxshiroq amalga oshirishga imkon berishdan iborat. 


170 
Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda fermer xo‘jaligi kooperatsiyasi 
va xo‘jalik yuritishning boshqa shakllarini tashkil etishning tizimli 
yondoshuv uslubiyoti mamlakatimiz mintaqalari uchun ham qiziqish 
uyg‘otadi. Bu harakatni rivojlantirish uchun qishloq xo‘jaligi mahsuloti 
ishlab chiqaruvchilarni kooperativlarga birlashtirish shaklini joriy etish
maqsadga muvofiqdir.
Yevropa 
mamlakatlaridagi 
fermerlar 
kooperatsiyasi 
mayda 
mahsulot ishlab chiqaruvchilarga xizmat ko‘rsatishda muhim rol' 
o‘ynaydi. Masalan, yirik korxonalarning tazyiqini qaytarish, o‘z o‘rni va 
manfaatlarini himoya qilish maqsadida fermerlar ixtiyoriy ravishda 
birlashib, ishlab chiqarish vositalarini yetkazib beruvchi ta'minot 
kooperativlarini tuzadilar. Bu yirik yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi 
firmalar, 
dilerlik 
xizmati 
monopoliyasidan 
chiqish 
va 
bozor 
raqobatchisini ta'minlovchi omil hisoblanadi. 
Rivojlangan mamlakatlarda kooperativlarning soni fermerlar 
sonidan ancha ko‘p. Chunki, odatda fermer bir vaqtning o‘zida 2 — 3 ta, 
ba'zi hollarda esa 4—5 ta kooperativlarga a'zo bo‘ladi. AQSh qishloq 
xo‘jaligi departamentining ma'lumotlariga ko‘ra, har 5 ta tovar 
firmasining egasidan 4 tasi fermerlar kooperativlari xizmatidan 
foydalanadi. 
Kooperatsiya bir qancha o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ularning 
eng muhimlari kooperativ o‘z a'zolarining umumiy mulki sifatida 
bo‘lishi, boshqarishning demokratik asosga qurilganligi va boshqalardir. 
Bu mamlakatda kooperativlarning bir necha turlari faoliyat ko‘rsatadi. 
Servis kooperativlari, sotish bilan shug‘ullanuvchi kooperativlar ana 
shular jumlasidandir. Kooperativlar orqali sotilayotgan mahsulotlarning 
90 foizini don, chorvachilik mahsulotlari, sabzavot va meva tashkil 
qiladi. Kooperativlar orqali urug‘lik, chorva ozuqasi, o‘g‘it, pestisidlar, 
yonilg‘i-moylash va qurilish materiallarining qariyb 80 foizi sotib 
olinadi. 
Kooperativlar esa fermer xo‘jaliklarini sug‘urtalash, kreditlash
aloqa tarmoqlarini o‘rnatish, melioratsiya, transport xizmati, chorva 
mollarini sun'iy qochirish, tuproqqa ishlov berish, yangi texnologiyalarni 
qo‘llash va boshqa sohalar bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi. 


171 
Xususan, AQShdagi "Heartland" kooperativining tajribasi diqqatga 
sazovordir. Mazkur kooperativ fermerlarni mineral o‘g‘it, zaharli 
kimyoviy vositalar, urug‘lik bilan ta'minlaydi. Kooperativning zaharli 
kimyoviy vositalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri olish bo‘yicha Yevropadagi 
kimyo zavodlar bilan shartnomasi mavjud. Shu bilan birgalikda 
kooperativ fermerlar buyurtmasiga binoan ularning o‘simliklariga 
kimyoviy ishlov berish xizmatini ham ko‘rsatadi. Buning uchun barcha 
zarur texnika vositalari mavjud bo‘lishi lozim. Kooperativ fermerning 
buyurtmasiga binoan mineral o‘g‘itlarni sof yoki aralashtirilgan holda 
fermerning dalasiga yetkazib beradi. 
Kanadada qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilari mahsulot 
assosiasiyalari Kanadaning agrar siyosati muvaffaqiyatli qishloq xo‘jalik 
ishlab 
chiqarishi 
uchun 
iqtisodiy 
sharoitlarni 
ham, 
ishlab 
chiqaruvchilarga o‘z iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va butun 
faoliyatlari daromadliligini oshirish uchun qayta ishlash sanoati va bozor 
imkoniyatlaridan foydalanishga imkon beruvchi tashkiliy asoslarni ham 
yaratishga qaratilgan. Bunday tashkiliy asoslar ishlab chiqaruvchilarning 
qishloq xo‘jalik mahsulotini qayta ishlash va mahsulotlarni sotishga 
tayyorlash sohasidagi kooperatsiyasi, shuningdek, kooperativ shakldagi 
ishlab chiqaruvchilarning ixtisoslashgan savdo assosiasiyalarini tashkil 
etish bo‘ladi. 
Ulgurji, ba'zan esa chakana savdo mahsulotini qayta ishlash 
sohasida ishlab chiqaruvchilar kooperatsiyasi Kanadada o‘ttizinchi 
yillardayoq rivojlana boshlangan. Hozirgi vaqtda bunday ishlab 
chiqaruvchilar kooperatsiyasi qonunchilik asosiga ega va ishlab 
chiqaruvchilar faoliyatining tan olingan me'yoriga aylangan. 
Germaniyada barcha qishloq xo‘jalik kooperativlari mamlakatdagi 
eng yirik kooperativ birlashma "Nemis Rayffayzen ittifoqi" tarkibiga 
kiradi. Fermer xo‘jaliklarini kreditlash, ularni ishlab chiqarish vositalari 
bilan ta'minlash, turli xil xizmatlar ko‘rsatish, mahsulotlarni tayyorlash, 
so¬tish va qayta ishlashda kooperativlar muhim rol o‘ynaydi. 
Kooperativlarni tuzish va ularni rivojlantirishni davlat qo‘llab-
quvvatlaydi. 


172 
Germaniya kooperativlari nemis o‘rta korxonalarining agrar 
sektordagi tabiiy sheriklari bo‘lib, birgalikdagi kooperativ korxona 
yuritish orqali o‘z a'zolari xo‘jaliklari va iqtisodiy faoliyatiga 
ko‘maklashish maqsadini ko‘zlaydi. Kooperativning asosiy vazifasi 
tadbirkorlik faoliyatining u yoki bu sohasida xo‘jalik yutuqlariga 
erishish, kooperativ a'zolari rivojlanishiga ko‘maklashish, shuningdek 
o‘z xo‘jaliklari manfaatlarini a'zolarga yordam ko‘rsata olish 
imkoniyatini uzoq vaqtga saqlab qolish maqsadida himoyalashdir.
Qishloq 
joylarini 
muhim 
mahsulotlar 
bilan 
ta'minlashda 
kooperativlar katta o‘rin tutadi. Rayffayzen bozorlari uy va bog‘lar 
uchun yuqori sifatli tovarlarni yetkazib beradi. Malakali maslahatchilar 
mijozlarga o‘z xizmatlarini taklif etadilar.
Oziq–ovqat sanoati, oziq mahsuloti savdosi uchun Rayffayzen 
tashkiloti kooperativlari uchun muhim sheriklardir. Federal darajada 
boshlang‘ich 
kooperativlar, 
hududiy 
Markaziy 
banklar 
va 
muassasalarning o‘zaro harakati tufayli kooperativlar istalgan vaqtda 
istalgan sifatda kerakli mahsulot hajmini bera oladi. Qishloq xo‘jalik 
mahsulotini saqlanishi, dastlabki ishlov berilishi va yig‘imi tufayli ular 
istalgan hajmdagi partiyalarni tashkil eta oladilar. Kooperativlar sifatni 
doimiy nazoratini olib beradi va o‘z mahsulotini kafolatlaydi. 
Kooperativ ishlab chiqargan mahsulotlar o‘z va chet el bozorlarida 
yuqori baholanadi.
Isroil qishloq xo‘jaligida erishilgan yutuqlarning siri – qishloq 
xo‘jaligi va oziq-ovqat majmuasining barcha sohalarida eng yangi 
texnologiyalarni ishlab chiqarish va qo‘llashda hamkorlik qiluvchi 
qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilari va tadqiqotchilari o‘rtasidagi 
yaqindan o‘zaro hamkorlikdadir. 
Isroil tajribasining e'tiborga loyiqligi shundan iboratki, mamlakat 
asosan tabiiy omillarning salbiy ta'sirini yengdi, bu sohada takror ishlab 
chiqarish uchun ijtimoiy-iqtisodiy va texnik-texnologik qulay sharoitlar 
yaratilgan. Agrar sektorning ijtimoiy shakllarini aynan deyarli butun 
qishloq xo‘jaligini qamrab oluvchi kooperativ faoliyat turlarini 
rivojlantirish borasidagi Isroil tajribasining ahamiyati bir mamlakat 
chegarasidan uzoqqa chiqqan. 


173 
Isroil kooperativlarining barcha turlari, shu jumladan kibbusilar, o‘z 
kundalik faoliyatida iste'mol, qayta ishlash, sotish va boshqa kooperativ 
birlashmalarning tarmog‘iga tayanadi. Ta'minot sotuv kooperativlari 
kibbusilar va moshavlarga nafaqat texnika, ozuqa va o‘g‘itlar yetkazib 
beradilar, balki qishloq xo‘jalik mahsulotini saqlash, qayta ishlash va 
sotish bilan ham shug‘ullanadilar. Iqtisodiyotning kooperativ sektorida 
bosh ta'minot tashkiloti ulgurji savdo markaziy kooperativ birlashmasi – 
Xamashabir xamerkazidir. Ulgurji savdoning bu birlashmasi asosiy a'zo-
hissadorlari qishloq xo‘jalik kooperativlari, shu jumladan kibbusilar. 
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining dastlabki ishlov berish va sotish 
Markaziy 
kooperativ 
jamiyati 
– 
Tikuva 
Isroildagi 
butun 
agromahsulotlarning 60 foizdan ortig‘ini sotadi. Eksport mahsulotni 
kooperativ federatsiyalar tomonidan tashkil etilgan AGR EKSKO 
kooperativ kompaniyasi realizasiya qiladi. 
Lotin Amerikasi
30
mamlakatlarida hozirgi vaqtda ma'lum bo‘lgan 
barcha xildagi va turdagi kooperativlarni, shuningdek faqat ushbu 
mintaqada uchraydigan kooperativlarni uchratish mumkin. Biroq u 
yerda kredit, matlubot va qishloq xo‘jaligi kooperativlari keng 
tarqalgan, ular kooperativlar umumiy sonining tegishlicha 17,5, 8,8 va 
27,4 foizini tashkil etadi va ularga korporativ sektorida band bo‘lganlar 
umumiy sonining tegishlicha 33,4, 17,7 va 12,2 foizi a'zo. Bunday 
o‘zaro nisbat ma'lum bir mantiqqa ega, chunki qishloq xo‘jaligi Lotin 
Amerikasining barcha mamlakatlarida muhim o‘rin tutadi,
moliyaviy resurslar taqchilligi esa mayda va o‘rta tovar ishlab 
chiqaruvchilar uchun asosiy muammo hisoblanadi. 
Lotin 
Amerikasi 
mintaqasining 
ko‘plab 
mamlakatlari
kooperativlari uchun mustaqil qaror qabul qilish jiddiy muammo 
tug‘diradi, chunki ularning faoliyati davlat tomonidan ham, xususiy 
sektor 
tomonidan 
ham 
haddan 
ziyod 
tartibga 
solingan. 
Kooperativlarning moliyaviy bazasi turli fondlar hisobidan shakllanadi. 
Odatda, iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan fondlarni tashkil 
etishning uchta asosiy moliyaviy manbaini ajratish mumkin: paychi 
30
Эргашходжаева Ш.Ж. Қишлоқ жойларида кооперацияни ташкил қилишнинг маркетинг стратегияси.
-Тошкент. «Фан» нашриёти, 2006. –Б. 28-29


174 
a'zolarning mablag‘lari (ko‘pchilik kooperativlarda bu nafaqat dastlabki 
badal, balki ish haqidan har oyda ajratiladigan foizlar), kooperativ 
bo‘linmas (yoki zahira) fond va tashqi moliyalash manbalari (qarzlar, 
kreditlar, subsidiyalar). Kooperativ oladigan sof foyda, odatda, 
quyidagicha tarzda bo‘linadi: uning 50 foizi paychi a'zolarga bajarilgan 
ish uchun mukofot sifatida yo‘naltiriladi, qolgan qismining 10 foizini 
zahira fondiga, 15 foizini ijtimoiy — maishiy fondga va 25 foizini 
ishlab chiqarishni rivojlantirish fondiga ajratmalar tashkil qiladi. 
Qishloq xo‘jaligi kooperativlari Argentinada kooperativlar 
umumiy sonining 1/3 qismini tashkil qiladi va mamlakat xo‘jalik 
hayotida muhim rol o‘ynaydi. Qishloq xo‘jaligiga doir ma'lumotlarga 
ko‘ra, Argentinada 8 ta federatsiyaga birlashgan 1380 ta qishloq 
xo‘jaligi kooperativi mavjud bo‘lib, shulardan 570 tasi g‘alla ekinlari, 
105 tasi chorvachilik, 135 tasi mevalar, 41 tasi paxta, 31 tasi tamaki 
yetishtirishga ixtisoslashgan. Maqsadli yo‘nalish nuqtai nazaridan 
qishloq xo‘jaligi kooperativlarini 3 guruhga bo‘lish mumkin: faqat
agrar sektorda faoliyat ko‘rsatuvchi kooperativlar; qishloq xo‘jaligi 
va o‘zaro bog‘langan tarmoqlarni qamrab oluvchi kooperativlar va ko‘p 
sohali kooperativlar. Birinchi guruhga qishloq xo‘jaligi mahsulotini 
xarid qilish va sotish, ikkinchi guruhga xizmatlar ko‘rsatish 
ixtisoslashgan kooperativlar kiradi. Argentina kooperativlarining katta 
qismi uchinchi guruhga taalluqli bo‘lib, ular nafaqat ishlab chiqarishni 
amalga oshiradi, balki o‘z a'zolarini barcha zarur narsalar bilan
ta'minlash funksiyasini o‘z zimmasiga olish barobarida mahsulotni ham 
sotadi.
Argentina uchun ayniqsa sut yo‘nalishidagi chorvachilik kooperativ 
xo‘jaliklari katta ahamiyat kasb etadi. Ular ichida I va II pog‘ona 
kooperativlari farqlanadi. Ko‘plab mayda va o‘rta xo‘jaliklarni 
birlashtiruvchi I pog‘ona kooperativlari sut mahsuloti yetishtirish bilan 
shug‘ullanadi. Provinsiyalar doirasida kooperativlar uyushmasini o‘zida 
namoyon etuvchi II pog‘ona kooperativlari I pog‘ona kooperativlari 


175 
yetishtirgan mahsulotni qayta ishlash va sotish bilan hug‘ullanadilar.

Yüklə 2,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə