Buxoro davlat universiteti


III bob. Turizm biznesida milliy hunarmandchilikning



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/34
tarix11.06.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#89325
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34
Ergasheva aziza farmonovna “turizm biznesida samaradorlikni oshi

III bob. Turizm biznesida milliy hunarmandchilikning 
samaradorligini oshirish yo`nalishlari 
3.1. Buxoro viloyatida milliy hunarmandchilikning turizmda 
tutgan o`rni 
 Hunarmandchilik
- milliy-anʼanaviy mayda tovar ishlab chiqarish, oddiy 
mehnat qurollari yordamida yakka tartibda va qoʻl mehnatiga asoslangan sanoat 
turi bolib shunday mahsulotlar tayyorlanadigan kasblarning umumiy nomi. Yirik 
sanoat ishlab chiqarishi vujudga kelishiga qadar keng tarqalgan, ayrim sohalari 
keyin ham saqlangan. Kam rivojlangan mamlakatlarning xalq xoʻjaligida hozir 
ham muhim oʻrin egallaydi. 
Hunarmandchilik insonning ishlab chiqarish faoliyati bilan vujudga kelib, 
jamiyat rivojlanishi davomida asta-sekin dehqonchilik va chorvachiliksan ajralib 
chiqdi, turli ijtimoiy-tarixiy davrlar doirasida texnika rivoji bilan aloqador holda 
takomillasha bordi, turli ixtisosliklar (kulollik, duradgorlik, temirchilik, misgarlik, 
binokorlik, toshtaroshlik, oʻymakorlik, kashtadoʻzlik, koʻnchilik, tikuvchilik, 
toʻquvchilik, zargarlik, degrezlik, rixtagarlik, zardoʻzlik, boʻyoqchilik, kemasozlik, 
tunukasozlik va boshqalar)ga ajraldi.
Hunarmandchilik qanday tabiiy resurslarning mavjudligiga qarab masalan: 
paxta va pilla bor yerda toʻqimachilik, sifatli xom ashyo bor yerda (masalan, 
Rishtonda) kulolchilik, jun va teri koʻp yerda toʻqimachilik va koʻnchilik, shunga 
qarab kosibchilik, oʻrmonlar koʻp yerda yogʻochsozlik maʼdanlarga boy yerlarda 
metall ishlab chiqarish va temirchilik, dengiz va daryo boʻylarida kemasozlik va 
boshqalar rivoj topgan.
Jamiyat taraqqiyoti bosqichlari, mehnat taqsimoti bilan aloqador holda 
hunarmandchilikning 3 turi shakllangan:
1) uy hunarmandchiligi;
2) buyurtma bilan mahsulot tayyorlaydigan hunarmandchilik;


55 
3) bozor uchun mahsulot tayyorlaydigan hunarmandchilik. 
Uy 
hunarmandchiligi 
kapitalizmga 
qadar 
boʻlgan 
davrlarda 
hunarmandchilikning eng koʻp tarqalgan turi boʻldi. Hunarmandchilikning bu turi 
natural xoʻjalikning ajralmas qismi hisoblanadi. Shaharlar rivoji buyurtma bilan 
hunarmandchilik mahsulotlari tayyorlash va bozorga hunarmandchilik mahsulotlari 
ishlab chiqarishning jadal oʻsishi bilan uzviy bogʻliq. Natijada hunarmandchilik 
mahsulotlari tovarga aylandi, tovar ayirboshlash uchun ishlab chiqariddi.
Davr taqozosi bilan hunarmandchilikning yangi-yangi turlari vujudga keldi. 
Hunarmandlar ham turli mahsulotlar tayyorlash boʻyicha ixtisoslasha bordilar. 
Shaharlardagi mahallalar hunarmandlarning kasbkoriga qarab shakllangan 
(masalan, 20-asrning boshlarida Toshkentda koʻnchilar, kulollar, egarchilar, 
beshikchilar, oʻqchilar, kosiblar mahallalari boʻlgan). Ayrim mahalla, kvartal, 
shahar, oʻlkalar hunarmandchilikning maʼlum mahsulotlari bilan shuhrat qozona 
boshladilar. 
Rivojlangan mamlakatlarda yakka buyurtmalar va qimmatbaho badiiy 
buyumlar tayyorlaydigan hunarmandchilik sohalarigina (tikuvchilik, etikdoʻzlik, 
gilamchilik, zargarlik, oʻymakorlik va boshqalar) saqlanib qoldi. 
20-asr boshlarida esa mashinalashgan ishlab chiqarish keng yoʻlga qoʻyilishi 
bilan hunarmandchilik mahsulotlarining tur tarkibi va ishlab chiqarish hajmi 
keskin kamaydi. 20-asr davomida va 21-asr boshlariga kelib yirik industrial ishlab 
chiqarish qaror topgan boʻlsada, hunarmandchilikning mavqei saqlanib qoldi. 
Hunarmandchilikning bozorda segmenti kichik boʻlganidan yirik ishlab chiqarish 
egallay olmaydigan, talab individuallashgan oʻz oʻrni bor. Mini texnologiyaning 
paydo boʻlishi hunarmandchilikda tovarlarni yakka tartibda va sifatli ishlab 
chiqarish imkonini beradi. Bunga milliy ustboshlar, milliy cholgʻu asboblari, 
mayda asbob-uskunalar, turli yodgorlik buyumlari ishlab chiqarish va xizmat 
koʻrsatishni kiritish mumkin. Hozirgi hunarmandchilik kichik biznes tarkibidagi 
yakka mehnat faoliyati va oilaviy korxonalardan iborat. 


56 
9-10-asrlarda Oʻrta Osiyoda yirik hunarmandchilik markazlari paydo boʻldi. 
Ip mato, gilam (Urganch, Shosh), shoyi (Marv), mis va temirdan yarogʻ-aslaha, 
pichoq tayyorlash (Fargʻona), shoyi matolar, shisha mahsulotlari tayyorlash 
(Buxoro) avj oldi. 13-asrda moʻgʻullar bosqini hunarmandchilik rivojiga zarba 
berdi. Temuriylar davlatining vujudga kelishi hunarmandchilik rivojiga juda katta 
ijobiy taʼsir koʻrsatdi. 
Oʻrta Osiyoda hunarmandchilikning barcha turlari 20-asrning 20-
yillarigacha saqlandi. Buxoro, Samarqand, Qoʻqon, Xiva, Toshkent kabi 
shaharlarning ishlab chiqarish munosabatlarida hunarmandchilik katta rol oʻynadi 
(masalan, 19-asrning 60-yillarida Xivada hunarmandchilikning 27 turi rivoj 
topgan, shahardagi bozorlarda hunarmandlarning 556 doʻkoni boʻlgan, 80-yillarda 
shaharda 2528 xoʻjalik hunarmandchilik bilan shugʻullangan). 
Oʻzbekistondagi hunarmandchilik chuqur ixtisoslashgan boʻlib, oʻzida 
xilma-xil kasbkorlarni birlashtirgan. Masalan, terini qayta ishlash sohasida 
koʻnchilar, etikdoʻzlar, maxsidoʻzlar, kovushchilar, egar-jabduqchilar, telpakchilar, 
poʻstinchilar, kamarchilar; toʻqimachilik sohasida boʻzchilar, atlaschilar, 
gilamchilar, sholcha va namatchilar; metallni ishlash sohasida temirchilar
taqachilar, misgarlar, chilangarlar, zargarlar kabi kasblar boʻlgan. Bular 
hunarmandchilikning tarmoq strukturasini belgilangan. 
Sharqdagi musulmon ustaxonalarida boʻlgani kabi Oʻzbekistonda chevarlik, 
kashtachilik bilan ayollar uyda oʻtirib shugʻullanishgan. Hunarmandchilikning 
ijtimoiy strukturasida usta, xalfa va shogird kabi ijtimoiy toifalar mavjud boʻlgan. 
Hunarmandchilikning ichki tartib va qoidalarini uning nizomi sifatidagi "Risolalar" 
belgilab bergan. Har bir kasbning oʻz rahnamosi, yaʼni piri va "Risolasi" boʻlgan, 
avloddan-avlodga oʻtuvchi odatlari va udumlariga rioya etilgan. Masalan, ish 
boshlashdan oldin usta oʻz pirini yodga olib undan madad soʻrash, shogirdiga 
fotiha berish kabi odatlarga amal qilingan. 
Oʻzbekiston Rossiya mustamlakasiga aylangach, hunarmandchilik 
metropoliya sanoatining raqobatiga duch kelib, oʻzining ilgarigi mavqeini 


57 
yoʻqotgan boʻlishiga qaramay, uning koʻp tarmoqlari saqlanib qoldi, chunki u 
milliy ehtiyojni qondiradigan tovarlarni, chunonchi, kiyim-kechak, idish-tovoq, 
turli uy-roʻzgʻor buyumlari, mayda mehnat qurollarini yaratib, ularni mahalliy 
bozorga yetkazib berdi.
Hunarmandchilikning yashovchanligini taʼminlashda chet eldan keltirilgan 
xom ashyo, materiallar, kichik uskunalar muhim rol oʻynadi. Masalan, AQShdan 
keltirilgan teri boʻyogʻidan foydalanib koʻnchilar amirkon deb nomlangan yupqa 
charm ishlab chiqara boshladi. Shu munosabat bilan amirkon etik, mahsi va 
kovushlar paydo boʻldi. Germaniyadan "Zinger" firmasining tikuv mashinalari 
keltirilishi bilan tikuvchilik (chevarlik) keng yoyildi. 
20-asrning 
20-yillarida 
shoʻrolar hokimiyati qaror topishi bilan 
hunarmandlarning asosiy qismi dastlab artellarga, keyinchalik, zavod, fabrikalarga, 
badiiy buyumlar korxonalariga jalb qilindi. Ularga xom ashyo, material, asbob-
uskunalar davlat tomonidan yetkazib beriladigan, yaratilgan mahsulotlar doʻkonlar 
va matlubot kooperatsiyasi orqali sotiladigan boʻldi. Isteʼdodli hunarmandlar ijodiy 
tashkilotlarga qabul qilindi, amaliy bezak sanʼati rivojlantirildi (masalan, 30-
yillarda Toshkentda oʻquv- ishlab chiqarish kombinati tashkil etilib, yosh hunar-
mandlar unda taʼlim oldilar, 1968 yilda Buxoroda kandakorlar maktab ustaxonasi, 
1978 yilda Qoʻqonda yogʻoch oʻymakorligi maktab ustaxonasi tashkil topdi). 
Oʻzbekiston mustaqillikni qoʻlga kiritgandan soʻng hunarmandchilik 
rivojida yangi davr boshlandi, xalq hunarmandchiligi bozor qoidalari zamirida 
qaytadan tiklandi. Oʻzbekistonda mahalliy sanoat korxonalarining birinchilar 
qatori xususiylashtirilishi natijasida mayda davlat korxonalari hunarmandlarning 
xususiy korxonalariga aylantirildi, yangi hunarmandchilik korxonalari ochildi. 
Hunarmandchilik faqat ichki bozorga emas, balki eksportga ham ishlay boshladi. 
Hunarmandchilikning tashkiliy shakli ham oʻzgardi: kichik oilaviy korxona, yakka 
tartibdagi mehnat faoliyati shaklida rivojlana bordi.
1995 yil 24-25 oktabrda Toshkentda BMTning Oʻzbekistondagi doimiy 
vakolatxonasi bilan amaliy hamkorlikda Oʻzbekiston xalq ustalari va 


58 
hunarmandlari 1-Respublika yarmarkasi oʻtkazildi. 1997 yilda respublika xalq 
amaliy sanʼati va hunarmandlari ustalarining "Usto" ijodiy ishlab chiqarish 
birlashmasi tashkil topdi. Respublika Prezidentining Hunarmandlar dastlab 
Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar palatasiga, soʻngra Savdo-sanoat 
palatasiga kirdilar. Ular maxsus tashkilot - "Hunarmand" Respublika uyushmasiga 
birlashtirildi. 
Hunarmandchilik 
subʼyektlari 
Oʻzbekistonda 
tadbirkorlar, 
hunarmandlar va fermer xoʻjaliklarining har yili oʻtkaziladigan "Tashabbus" 
respublika koʻrik-tanlovida ishtirok etadilar. 1996-2005 yillar mobaynida 10 nafar 
hunarmand xalq hunarmandligida erishgan yutuqlari uchun "Tashabbus" 
tanlovining gʻolibi deb topildi. 
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda barcha sohalar qatori milliy 
hunarmandchilikning unitila boshlangan qadimiy an’analari va maktablari qayta 
tiklanib, rivojlanib hamda boyib bormoqda. Marg‘ilon shoyi-atlaslari va do‘ppilari, 
Xiva gilamlari, Nurota kashtalari, Buxoro zardo‘zi buyumlarining dovrug‘i yetti 
iqlimga yoyilgan. Qo‘li gul ustalarimizning san’at asari darajasida tayyorlagan 
hunarmandchilik mahsulotlari bugun dunyoning ko‘plab muzeylaridan, xalqaro 
ko‘rgazmalardan joy olib, xalqimizning o‘ziga xos turmush tarzi, bebaho 
qadriyatlari va yaratuvchanlik salohiyatini namoyon etib kelmoqda. 
Joylarda 
“Usta-shogird” 
maktablari 
tashkil 
qilinib, 
intiluvchan 
yoshlarimizga xalq badiiy hunarmadchiligi va amaliy san’ati bo‘yicha mahorat 
sirlari o‘rgatilayotir. Buning samarasida ajdodlar izidan borib, milliy 
qadriyatlarimizga sadoqat va ehtirom ruhida kamol topayotgan iste’dodli ustalar 
avlodi yetishib chiqmoqda. 
O’zbekiston Respublikasi xalq ustalari, hunarmandlari va musavvirlari 
“Hunarmand” uyushmasi va uning viloyat boshqarmalari O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 1997 yil 31-martdagi “Xalq amaliy san’ati 
hunarmandchiligini rivojlantirishni davlat yo’li bilan qo’llab-quvvatlash chora-
tadbirlari to`g`risida” gi PF 1741-sonli farmoniga asosan tashkil etilgan. Ushbu 
qarorga binoan uyushma a’zolari daromad solig`idan ozod etilganlar. O’zbekiston 


59 
Respublikasi Prezidentining 2013 yil 26-dekabrdagi PF 4589-sonli farmoniga 
asosan hunarmandlarga berilgan imtiyozlar 2017 yil 1-yanvarga qadar uzaytirilgan. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi PF 5242-sonli 
farmoni 1- ilovasida xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’ati buyumlari 
asosiy turlari sifatida quyidagi 34 turdagi hunarmandchilik yo’nalishlari kiritilgan 
(1-ilovaga qarang). Ular quyidagilar: ganch o’ymakorligi, qo’lda gilam to’qish, 
qo’lda gazlamalar to’qish, tosh o’ymakorligi, minyatura, rang tasvir, naqqoshlik va 
sirlangan buyumlar, kandakorlik, misgarlik buyumlari; metalldan yasalgan 
buyumlar; tunikadan yasalgan buyumlar; milliy poyabzal tayyorlash; milliy 
liboslar tayyorlash; bosh kiyimlar tayyorlash; yog`och o’ymakorligi; suyakka
o’yma naqsh solish; gul bosilgan gazlamalar va choklik buyumlar; kashtachilik ; 
zardo’zlik buyumlari va boshqalar. 
“Hunarmand” uyushmasi ijodiy tashkilot bo`lib, uning asosiy vazifalari va 
maqsadi quyidagilardan iborat. Unut bo`lgan xalq hunarmandchilik turlarini qayta 
tiklash, mulkchilik shaklidan qa`tiy nazar, xalq amaliy san’ati an’analari asosida 
faoliyat yuritayotgan xalq ustalari, hunarmandlar, amaliy san’at mutaxassislari 
hamda ijodkor yoshlarning faoliyatlarini muvofiqlashtirish, ular o’rtasidagi o’zaro 
hamkorlik va erkin raqobat muhitini yaratish, ularning huquqlari va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy maqsadlarni amalga 
oshirish, ma’naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, iqtidorli bolalar va 
yoshlarni moddiy va ma’naviy rag`batlantirish, ijtimoiy himoyalash, hayriya va 
homiylik faoliyatlarini amalga oshirish.
Shuningdek, xalq amaliy san’ati an’analarini saqlagan holda, yuqori 
saviyadagi xalq amaliy san’ati buyumlari namunalarini yaratish va qayta tiklashni 
o’rgatishga tarbiyalash uchun belgilangan tartibda “Usto-Shogird” maktablarini 
tashkil etish, hunarmandlarga kichik mexanizatsiya, asbob-uskunalar, xom-ashyo 
bilan ta’minlash, hunarmandlar ishlarini xorijga reklama qilish, o’zlarini chet 
ellarda tashkillashtiriladigan savdo ko’rgazmalari va festivallarga chiqarish, kim-
oshdi savdolarini tashkil etish, respublika va xorij ommaviy axborot vositalari 


60 
orqali turli reklamatsion ko’rsatuv eshittirishlar tashkil etish, usta hunarmandlar 
faoliyatini yorituvchi bukletlar chop qilish, hunarmandlar haq – huquqlarini 
bilishlari hamda qonunlardagi yangiliklar haqida seminarlar o’tkazish, ustalarni 
davlat mukofotlariga tavsiya etish, ustaxonalarni ta’mirlash va qurishga 
ko’maklashishdan iborat. 
O'zbekiston Respublikasi prezidenti «Hunarmand» uyushmasi faoliyatini 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarorni imzoladi. Hujjat 
bilan quyidagilar «Hunarmand» uyushmasi faoliyatining ustuvor yo'nalishlari etib 
belgilandi: 

birinchidan, 
hunarmandchilikni 
yanada 
rivojlantirish, 
xalq 
hunarmandchiligi va amaliy san`atning an`anaviy turlarini saqlash va qayta tiklash, 
hunarmandchilik mahsulotlarining raqobatdoshligini va sifatini oshirish bo'yicha 
tizimli va maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish; 
- ikkinchidan, aholini hunarmandchilik faoliyatiga keng jalb etish, 
hunarmandchilik sohasida bandlikni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar 
yaratish, hunarmandlarni davlat ro'yxatiga olishda ko'maklashish, hunarmandchilik 
faoliyati bilan shug'ullanuvchi shaxslarning yagona reyestrini yuritish; 
- uchinchidan, hunarmandchilik sohasidagi qonunchilik va me`yoriy-
huquqiy bazani takomillashtirish, hunarmandlarning huquqlari, erkinliklari va 
qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etish, shu jumladan O'zbekiston 
Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda davlat organlarida 
hunarmandlarning manfaatlarini ifodalash bo'yicha takliflar ishlab chiqish; 
- to'rtinchidan, hunarmandchilikni rivojlantirish bo'yicha loyihalarni amalga 
oshirishda ishtirok etish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlarini tashkil etish 
va takomillashtirish, sayyohlar uchun jozibador bo'lgan hunarmandchilik 
ob`yektlari yaratish; 
- beshinchidan, hunarmandchilik mahsulotlarini keng jamoatchilik orasida 
ommalashtirish, iste`molchilarga hunarmandchilik mahsulotlarini iste`molchilarga 


61 
sotish, jumladan ularni eksport qilishni rag'batlantirish, uchun qulay shart-sharoit 
va zarur infratuzilmani yaratish; 
- oltinchidan, hunarmandchilik sohasida avlodlar vorisligini ta`minlash, 
hunarmandlarning yoshlarni mehnatsevarlik, insonparvarlik va milliy qadriyatlarga 
sadoqat ruhida tarbiyalashda faol ishtirokini rag'batlantirish, «Usta-shogird» 
maktablarini takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish. 
Bugungi kunda Buxoro “Hunarmand” boshqarmasi va uning tuman, shahar 
bo’limlarida 1900 nafar hunarmandlar ro’yxatdan o’tgan, shularning 1300 nafarini 
xotin-qizlar tashkil qiladi. 
O’tgan davr ichida G`ijduvon tumanida “G`ijduvon kulolchilik markazi”, 
Vobkent tumanida “Hunarmandchilik markazi”, Buxoro shahrida “Buxoro mis 
kandakorligi”, “Sovg`a” zardo’zlik markazi, “Buxoro zargarligi”, “Buxoro ipak 
gilamlari” va Shofirkon tumanida “Kashtado`zlik” maktablari tashkil etildi. 
Yuqorida zikr etilgan markazlarga uyushma hisobidan 20 mln. so’mdan ortiq 
mablag` qurilish, ta’mirlash va asbob uskunalar bilan ta’minlash uchun ajratildi. 
Ushbu maktab va markazlarda 2000 dan ortiq yoshlar hunar sirlarini o’rganishdi. 
Hozirda ular mustaqil faoliyat ko’rsatishmokda. Viloyatdagi ishsiz yoshlarga kasb-
hunar o’rgatish maqsadida, hozirda viloyatda 55 ta “Usto-shogird” maktablari 
faoliyat ko’rsatmoqda, bu maktablar 1 500 dan ortiq ishsizlarga hunar o’rgatildi. 
“Hunarmand” uyushmasi va uning a’zolari Davlat tomonidan doimiy 
qo’llab-quvvatlanib kelinadi. Viloyat hokimining 2013-yil 20-dekabrdagi 233-F 
sonli farmoniga asosan “Hunarmandlar rastasi” ni qurish uchun Buxoro shahrining 
Ibn Sino va Afrosiyob ko’chalari kesishmasidan 42 ta yer maydoni 
hunarmandlarga bepul ajratildi. 2015 yilda qurish ishlarini amalga oshirish 
rejalashtirilgan.
Uyushma a’zolari Respublika Prezidenti Sovrini uchun an’anaviy tarzda 
o’tkazib kelinayotgan “TASHABBUS” ko’rik tanlovlarida faol qatnashib, 1998-
yilda 1-o’rin, 1999-yilda 1-o’rin, 2001-yil yaxshi tadbirkor ayol nominastiyasi, 
2003-yilda 3-o’rin, 2005-yilda 2-o’rin, 2006-yilda – yoshlarning murabbiysi 


62 
nomenastiyasi, 2008-yilda 3-o’rin, 2009-yilda 1-o’rin, 2012-yilda 2-o’rin, 2013-
yilda 1-o’rin, 2017-yilda 1-o`rinlarni qo’lga kiritdilar. Bu Respublika bo’yicha eng 
yuqori ko’rsatgichdir. YuNESKO va KAKSA tashkilotlarining sifat sertifikati 
bilan 50 ta usta taqdirlangan. YuNESKO ning “Mohir hunarmand usta” sertifikati 
bilan 10 ta usta taqdirlangan. 2013-yilda dunyoning 10 ta davlatida o’tkazilgan 
milliy hunarmandchilik maxsulotlari ko’rgazmalarida Buxorolik kandakor 
ustalarning ishlari birinchi o’ringa munosib ko’rilib, “Sifat uchun oltin yulduzi”ga 
sazovor bo’ldilar. Uyushmaning 100 dan ortiq a’zolari AQSh, Yaponiya
Frantsiya, Gretsiya, Italiya, Angliya, Shotlandiya, Shvestariya, Shvestiya, 
Germaniya, Chexiya, Malayziya, Hindiston, Pokiston, Afg`oniston, Eron, Rossiya, 
Gruziya, Armaniston, Ozorbayjon, Tojikiston, Qozog`iston, Kirgiziston va 
Turkmaniston mamlakatlarida hamda Respublikamizda tashkillashtirilgan turli 
ko’rgazma va ko’rik-tanlovlarida qatnashib, sovrinli o’rinlarni olishgan.
Viloyat «Hunarmand» uyushmasi 1997-yil oktyabr oyida viloyat hokimining 
qarori bilan tashkil etilgan. Viloyat hokimining qaroriga binoan «Modarixon» 
madrasasi uyushmaga foydalanish uchun berilgan. Uyushma (2008 yildan 
boshqarma) aparati 5ta shtatidan iborat. Boshqarmaning yillik ish rejasi, shtat 
birliklari va kirim – chiqim smetasi Respublika “HUNARMAND” uyushmasida 
tasdiqlangan. 
Boshqarma ijodiy tashkilot bo`lib, boshqarma nizomida unut bo`lgan xalq 
hunarmandchilik turlarini qayta tiklash, hunarmandlarga kichik mexanizastiya, 
asbob-uskunalar, xom-ashyo bilan ta’minlash, hunarmandlar ishlarini xorijga 
reklama qilish, kim ochdi savdolarini tashkil etish, “Usto-shogird” maktablarini 
tashkil etish, respublika va xorij ommaviy axborot vositalari orqali turli 
reklamastion kursatuv – eshtirishlar tashkil etish, usta hunarmandlar faoliyatini 
yorituvchi bukletlar chop qilish, hunaramandlar haq - huquqlarini bilishlari hamda 
qonunlardagi 
yangiliklar 
haqida 
seminarlar 
o`tkazish, 
ustalarni 
davlat 
mukofotlariga tavsiya etish, ustaxonalarni ta’mirlash, qurishga ko`maklashish 
ko`rsatilgan. 


63 
O`tgan davr ichida G`ijduvonda “G`ijduvon kulolchilik markazi”, Vobkent 
tumanida “Hunarmandchilik markazi”, Buxoro shahrida “Buxoro mis 
kandakorligi”, “Sovg`a” zardo`zlik markazi, “Buxoro zargarligi” maktabi, Buxoro 
shahrida 23 son o`rta maktabda 5-sinfdan boshlab hunarmandchilikka 
ixtisoslashgan “Hunarmandchilik” sinflari, “Buxoro ipak gilamlari” maktabi va 
Shofirkon tumanida “Kashtado`zlik” maktablari tashkil etilmoqda. Yuqorida zikr 
etilgan markaz va maktablarga boshqarma hisobidan 5000000 dan ortiq mablag` 
qurish, ta’mirlash va asbob uskunalar uchun ajratilgan. Shu maktab - markazlarni 
2000 dan ortiq yoshlar bitirib chiqib, hunar o`rganishgan. Hozirda ular mustaqil 
faoliyat ko`rsatishmoqda. Viloyat hokimligi mehnat va aholini ijtimoiy muxofaza 
qilish bosh boshqarmasi bilan viloyatdagi ishsiz yoshlarga kasb-hunar o`rgatish 
maqsadida «Usto-shogird» maktablari tashkil etilib, jami 2 mindan ortiq 
ishsizlarga hunar o`rgatish ko’zda tutilmoqda. Bu bilan bizning yoshlarimizning 
ish bilan taminlanishi va o`z – o`zi bilan roqabatni vujudga keltiradi va 
hunarmandchilik yuksaladi. Yangi turdagi suvenirlar ishlab chiqarish yo`lga 
qo`yiladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi 
"Hunarmandchilikni yanada rivojlntirish va hunarmandlarni har tomonlama 
qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5242-sonli Farmonning 2.3-
ilovasida muvofiq tasdiqlangan 2018-2019 yillarda viloyatda hunarmandchilik 
ob'ektlarini tashkil etish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar ijrosi bo'yicha 
ma`lumotga ko`ra Buxoro viloyatida hozirgi kunda qiymati 17078,0 mln.so`m ga 
594 ta loyiha amalga oshirilgan bo`lib, shulardan 292 tasi dasturga kirgan va 302 
tasi qo`shimcha loyiha hisoblanadi. Kredit olish uchun bankka 401 ta qiymati 
13440,9 mln.so`m hujjat taqdim etilgan bo`lib, shulardan 330 tasiga 10714,9 
mln.so`mlik kredit ajratilgan. 403 ta ishchi o`rinlari yaratilgan. 
Xullas, Buxoro viloyati hududida 34 xil yo`nalishda hunarmandlar faoliyat 
yuritib kelmoqda, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun “Hunarmandlar ” 
uyushmasi mas`uldir. 


64 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə