Buxoro davlat universiteti



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/34
tarix11.06.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#89325
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34
Ergasheva aziza farmonovna “turizm biznesida samaradorlikni oshi

3.3.
 
Milliy hunarmandchilikning samaradorligini oshirish 
bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlili 
O'tgan yillar davomida respublikamizda milliy hunarmandchilikni 
rivojlantirish, xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san'atining ko'p asrlik 
an'analarini saqlab qolish, hunarmandchilik bilan shug'ullanuvchi shaxslarni 
qo'llab-quvvatlash bo'yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlarga qaramasdan, 
hunarmandchilik kichik biznes va yakka tadbirkorlik rivojlanishining kuchli, 
mustaqil va ommaviy yo'nalishiga aylana olmayapti.
“Hunarmand” uyushmasi, berilgan imtiyozlar va qulayliklarga qaramasdan, 
o'z saflariga hunarmandlarning keng ommasini qamrab ololmayapti, uyushmaga 
a'zo bo'lganlar soni hunarmandchilik bilan shug'ulanuvchilarning kam qismini 
tashkil etmoqda (2-ilova). Hunarmandchilik markazlarini sayyohlik salohiyatdan 
keng foydalangan holda, tashkil etish ishlari holati qoniqarsizligicha qolmoqda, 
hunarmandlarga moliyaviy va xomashyo resurslari ajratish, ular ishlab chiqargan 
mahsulotlarni sotish, shu jumladan eksport qilish uchun sharoit yaratishga yordam 
berish ishlari samaradorligi yetarli darajada emas.
Shunga ko'ra, hunarmandchilikni rivojlantirish yo'lidagi mavjud muammo va 
to'siqlarni tizimli bartaraf etish, O'zbekiston xalqlarining boy madaniy merosi va 
tarixiy an'analarini to'liq saqlab qolish va yanada boyitish, hunarmandchilikni keng 
miqyosda qo'llab-quvvatlash hamda hunarmandchilik bilan shug'ullanishga aholini, 
ayniqsa, yoshlar, ayollar va kam ta'minlangan oilalarni jalb qilishga rag'batlantirish 
maqsadida 2017 yilning 17 noyabrida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama 
qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Respublikada 
milliy 
hunarmandchilikni 
rivojlantirishning 
asosiy 
yo'nalishlari etib hunarmandlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularga yer 
maydonlari va binolar ajratish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash, 
imtiyozli kreditlar berish, hunarmandchilik mahsulotlarini sotish va eksport qilish, 


65 
shuningdek, respublikamizning tuman va shaharlarida hunarmandchilikni 
rivojlantirish markazlarini tashkil etish va «Usta-shogird» maktablari faoliyatini 
takomillashtirish ishlari belgilandi.
Shuni ta'kidlash muhimki, Farmonda hunarmandlar uchun imtiyoz va 
qulayliklarni kengaytirish, shuningdek, ularning manzilliligi va samaradorligini 
kuchaytirish ko'zda tutilgan. Xususan, 2017 yilning 1 dekabridan hunarmandchilik 
sub'ektlari – “Hunarmand” uyushmasining a'zolari:

hunarmandchilik faoliyati mahsulotlari (tovar, ish, xizmatlar)ni ishlab 
chiqarish va sotishda qat'iy belgilangan soliq to'lovidan to'liq ozod 
etiladi;

yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchilar byudjetdan tashqari Pensiya 
jamg'armasiga sug'urta badali to'lovidan ozod etiladi; 

qishloq tumanlarida ro'yxatdan o'tgan va faoliyatini amalga oshirayotgan 
hunarmandlar o'z faoliyatining dastlabki ikki yili mobaynida byudjetdan 
tashqari Pensiya jamg'armasiga belgilangan sug'urta badalining 50 foizini 
to'laydi.
Shu bilan bir qatorda, hunarmandlarga o'z mahsulotlarini eksport qilishdan 
tushgan 
xorijiy 
valyutani 
erkin 
tasarruf 
etish, 
shu 
jumladan, 
bank 
hisobraqamlaridan chet el valyutasini naqd shaklda echib olish huquqi berilmoqda. 
Bunda xorijiy mamlakatlarda o'tkaziladigan ko'rgazma, festival, yarmarkalarda 
hunarmandchilik mahsulotlarini eksport shartnomalarini tuzmagan holda sotish 
mumkin, bunda olingan daromad eksport tushumi hisoblanmaydi. Shu bilan birga, 
hunarmandlarga tashqi reklama vositalarini joylashtirishda mahalliy byudjetga 
to'lanishi belgilangan to'lovlarning 50 foizi miqdorida imtiyoz berish joriy 
etilmoqda.
Bunda ko'rsatilgan shartlarda hunarmandlarga berilgan ob'ektlardan 5 yildan 
kam bo'lmagan vaqt davomida hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish 
sohasida foydalanilishi lozim. Farmonda yoshlarni hunarga o'qitish va 


66 
hunarmandchilik ko'nikmalarini avloddan-avlodga o'tkazish masalalariga alohida 
e'tibor ajratilgan.
Shu maqsadda 2018 yilda respublikamizning barcha hududlaridagi 16 ta 
kasb-hunar kollejida “Hunarmand” uyushmasining a'zosi bo'lgan hunarmandlarni 
o'qituvchilar sifatida jalb qilgan holda, hunarmandchilik ishi bo'yicha yangi kasbiy 
ta'lim yo'nalishlari ochilishi nazarda tutilgan.
Bunda hunarmandchilikka o'qitishda hunarmandlar bilan yakka tartibdagi 
tadbirkorlar singari shartnoma tuzish huquqi beriladi hamda ular ko'rsatgan ta'lim 
xizmatlari soliqqa tortilmaydi. Bundan tashqari, “Usta-shogird” maktablari 
o'quvchisi sifatidagi ish davri o'quvchilar 25 yoshga etgunga qadar yiliga eng kam 
ish haqining kamida 2,5 barobari miqdorida sug'urta to'lovi to'langan taqdirda 
ularning mehnat stajiga qo'shiladi.
Shu bilan birga, 2018-2019 yillarda yoshlarni «Usta-shogird» usulida o'quv 
dasturlari bo'yicha tayyorlash uchun Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasi 
hisobidan 1 milliard so'm miqdorida mablag'lar berilishi ko'zda tutilgan. Farmon 
bilan hunarmandchilikni respublika hududlari, tuman va shaharlarida rivojlantirish 
bo'yicha ham aniq chora-tadbirlar belgilangan.
Xususan, respublika hududlarida hunarmandchilik ob'ektlari, jumladan 
muzey-ustaxonalar, “Usta-shogird” maktablari, hunarmandchilikni rivojlantirish 
bo'yicha axborot-resurs markazlari va boshqa ob'ektlarni tashkil etish bo'yicha 
kompleks chora-tadbirlar tasdiqlangan. 
2018-2019 yillarda respublikamizning 23 ta shahar va tumanlarida 
Hunarmandchilikni rivojlantirish markazlarini yaratish nazarda tutilgan. Ushbu 
markazlar tarixiy-an'anaviy arxitektura uslubida qurilib, ular hududida turistlarni 
keng jalb qilish uchun “tarixiy sharq bozori” uslubidagi savdo rastalari, xalq ijodi 
ustalari tomosha ko'rsatadigan maxsus joylar, karvonsaroylar va boshqa ob'ektlar 
joylashtiriladi.
Xususan, O'zbekiston Respublikasi Taraqqiyot va tiklanish jamg'armasi 
mablag'lari hisobidan «Mikrokreditbank», «Xalq banki» va «Agrobank» 


67 
aktsiyadorlik tijorat banklari uchun umumiy hajmi 50 million AQSh dollari 
miqdorida kredit liniyalari ochiladi. Ushbu mablag'lar tijorat banklari filiallari 
orqali O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish 
stavkasining 50 foizi miqdorida loyihalarni kreditlash uchun, Markaziy bankning 
qayta moliyalashtirish foiz stavkasida aylanma mablag'larini to'ldirish uchun 
yo'naltiriladi. Bir kredit oluvchiga beriladigan kredit hajmi eng kam ish haqining 
300 barobarigacha bo'lgan miqdorda ko'zda tutilgan, kredit muddati olti oylik 
imtiyozli davrni hisobga olgan holda 2 yilni tashkil etadi.
Bundan 
tashqari, 
O'zbekiston 
Respublikasi 
Bandlik 
va 
mehnat 
munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg'armasining mablag'lari 
hisobidan 
«Mikrokreditbank» 
aktsiyadorlik 
tijorat 
bankiga 
aholining 
hunarmandchilik, oilaviy tadbirkorlik va kasanachilikdagi bandligini oshirish 
uchun imtiyozli mikrokreditlarni ajratish maqsadlari uchun hajmi 50 milliard so'm 
miqdorida yillik 2 foizlik stavkada kredit resurslari ajratilishi ko'zda tutilgan. 
Bunda yosh hunarmandlar tomonidan byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga 
to'lanadigan majburiy sug'urta to'lovlari olingan kreditlar uchun to'lov sifatida 
hisoblanishi belgilangan. Hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun 
xomashyo va materiallar bilan uzluksiz ta'minlash bo'yicha zarur choralar ham 
ko'zda tutilmoqda.
Hunarmandchilik mahsulotlarini sotish bo'yicha bozor infratuzilmasini 
rivojlantirish maqsadida O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi va “Hunarmand” 
uyushmasiga ikki oy muddatda hunarmandchilik mahsulotlarini chekka tuman 
(shahar)lardan sotib olib, yirik shaharlarda sotish uchun “Hunarmand” uyushmasi 
qoshida savdo-xarid korxonalari tashkil etishni ta'minlash topshirig'i berildi. 
Bundan tashqari, “Hunarmand” uyushmasiga kasanachilik mahsulotlari (ishlar va 
xizmatlarni) ishlab chiqarish vazifalari yuklatilgan tarkibiy bo'linmalar tuzish, 
shuningdek, pudratchi korxonalar sifatida, ayniqsa, respublikamizning qishloq va 
olis tumanlarida uy mehnati bilan shug'ullanuvchi fuqarolar bilan hunarmandchilik 
mahsulotlarini ishlab chiqarish bo'yicha shartnomalar tuzish huquqlari berildi.


68 
Ko'rsatib o'tilgan choralar hunarmandchilik va kasanachilikda yangi ish 
o'rinlarini tashkil etish, shuningdek, chekka hududlardagi hunarmandlarning 
mahsulotlari sotilishini ta'minlash imkonini beradi. “Hunarmand” uyushmasining 
moddiy bazasini mustahkamlash uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga Davlat raqobat qo'mitasi, 
Davlat kadastr qo'mitasi, Uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi bilan birgalikda ikki 
oy muddatda uyushmaning viloyat boshqarmalari, tuman va shahar bo'limlarini 
joylashtirish uchun bino va inshootlarga bo'lgan ehtiyojni o'rganib chiqish, natijasi 
bo'yicha davlat mulki ob'ektlarining foydalanilmay turgan bino va inshootlariga 
“Hunarmand” uyushmasining hududlardagi boshqarma va bo'limlarini to'lovsiz 
foydalanishga bergan holda joylashtirish topshirig'i berildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi PF-5242 
sonli farmonining 3-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan 2018-2019 yillarda Buxoro 
viloyatida hunarmandchilik ob'ektlarini tashkil etish bo'yicha komplyeks chora-
tadbirlar ko`rsatilgan (3-ilovaga qarang): 
1.
Buxoro tumanida “Buxoro ipak qog'ozi” ishlab chiqarish Markazini qurish.
2.
G'ijduvon tumanida ipak gilamlar ishlab chiqarish markazini tashkil etish.
3.
Kogon tumanida “Kogon ipak qog'ozi” ishlab chiqarish markazini qurish. 
4.
Musavvir A.Ramazonov uy-muzeyini tashkil etish.
5.
Buxoro shahrida zardo'z usta M.Salimov uy-muzeyi va galereyasi
Hunarmandchilikni rivojlantirish markazini tashkil etish.
6.
To'quvchi usta A.Arabov uyida sayyohlarga hunarmandchilik xizmatlarini 
ko'rsatuvchi muzey-ustaxona tashkil etish.
7.
Zardo'z usta B.Djumaev uyida uy-muzey tashkil etish. 
8.
Buxoro 
shahri 
Shahriston 
bozori 
hududida 
Hunarmandchilikka 
ko'maklashish markazini tashkil etish.
9.
Kulol usta A.Narzullaev ustaxonasida mehmonxona xo'jaligi va umumiy 
ovqatlanish xizmatini tashkil etish.
10.
Temirchi usta Sh.Kamalov uy-muzeyini eksponatlar bilan yanada boyitish.


69 
11.
Tikuvchi usta Z.Obloberdieva uy-muzeyini tashkil etish.
12.
Tikuvchi usta Z.Karimova uy-muzeyini tashkil etish.
13.
Usta D.Toshev uy-muzeyini tashkil etish. Buxoro shahar markaziy dehqon 
bozorida hunarmandchilik rastasini tashkil etish. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə