Buxoro davlat universiteti xorijiy tillar


Grammatik ma’no va grammatik shakl



Yüklə 56,47 Kb.
səhifə2/8
tarix03.06.2022
ölçüsü56,47 Kb.
#88582
1   2   3   4   5   6   7   8
Barotova Charos

Grammatik ma’no va grammatik shakl.
Grammatik kategoriya. 
Ma’lumki, grammatik ma’no ifodalashning turli vositasi mavjud. Masalan, fonetik, leksik, morfologik va sintaktik vosita shular jumlasidan. Demak, grammatik ma’noni faqat so’z yoki so’zshaklga nisbat berish ma’qul emas. Nutqni shakllantiruvchi barcha lisoniy birlik grammatik ahamiyat kasb etishi mumkin. Grammatik ma’no deganda til (fonetik, leksik, morfologik va sintaktik) birliklarning nutqni shakllantiruvchi umumlashma abstrakt ma’nolari tushuniladi. Ta’rifni qisqacha sharhlaymiz. Ko’rinadiki, ta’rifda uch muhim unsur mavjud. Ular quyidagilar:
a) grammatik ma’noning barcha til birliklariga xosligi;
b) bevosita nutqni shakllantirishi;
d) umumlashma va abstraktligi.
Grammatik ma’noning bevosita nutqni shakllantirishi deganda shuni tushunish lozimki, lisoniy birlik grammatik ma’nodan xoli qilinsa, u nutq uchun tayyor bo’lmay qoladi. Masalan, bola leksemasining lug’aviy ma’nosi nutqqa grammatik ma’no vositasida kiradi. Uning kelishik, son, sub’ektiv baho, hokim yoki tobe uzvlik, qaysi gap bo’lagi ekanligi kabi grammatik ma’nolari lisoniy sathda yo’q. Demak, leksema lug’aviy ma’nosi ustiga ana shu grammatik ma’no qavatlansa, u nutq tarkibiga kira oladi.
Grammatik ma’no umumlashma tabiatga ega deganda uning juda ko’p lisoniy birliklarga birday tegishli, umumiy ekanligi nazarda tutiladi. Masalan, «ot», «sifat», «son» grammatik ma’nosi juda katta miqdordagi so’zlar uchun umumiy. Lug’aviy ma’no (semema) har bir leksemada o’ziga xos va yakka, xususiy bo’lsa, grammatik ma’no bir turdagi juda ko’p leksema uchun umumiy. Yoki WPm – kesimlik ko’rsatkichlari bilan shakllangan atov birligi sintaktik qolipining o’ng tomoni uning grammatik ma’nosi bo’lib, u chap, ya’ni shakliy tomoni bilan birgalikda o’zbek tilidagi barcha nutqiy gap uchun umumiy.
Grammatik ma’noning abstraktligi deganda uning bevosita kuzatishda berilmaganligi nazarda tutiladi. Masalan, hozirgina keltirilgan WPm – kesimlik ko’rsatkichi bilan shakllangan atov birligi sintaktik qolipining grammatik ma’nosi ko’zga tashlanib turgan til birliklari zamiriga yashiringan.
Grammatik ma’no morfologik sathda so’zlarning umumiy ma’nosi bo’lgan so’z turkumlari (masalan, otlarda umumiy predmetlik, fe’llardagi jarayonlilik), shuningdek, har bir so’zshaklning ma’lum bir morfologik kategoriya doirasida qarama-qarshi qo’yiluvchi ma’nosi (masalan, zamon, shaxs-son, egalik, kelishik) sifatida yuzaga chiqsa, sintaksis doirasida predikativlik, so’z birikmasidagi hokim va tobe uzvlarning, gap bo’laklarining bir-biriga o’zaro munosabati sifatida namoyon bo’ladi. Keng ma’noda so’z yasalish hodisasi ham grammatik ma’noga daxldor. Chunki yasalish natijasida so’zning turkumlardagi o’rni o’zgarib ketadi. Bu esa ularning yangi grammatik tabiat kasb etganligini ko’rsatadi. Masalan, aql so’zi «ot», «mavhum ot» grammatik ma’nolariga ega. Undan -li so’z yasovchi shakli vositasida sifat yasalishi bilan, albatta, grammatik ma’noda ham katta o’zgarish yuz berdi. Ko’rinadiki, birorta lisoniy birlik (bir planli bo’lgan fonetik birliklardan tashqari) grammatik ma’nodan xoli bo’lolmaydi. Faqat mustaqil leksemadagina lug’aviy va grammatik ma’no dialektik bog’liqlikda bo’ladi. Sintaktik qolip, yordamchi leksema va grammatik shaklda faqat grammatik ma’no mavjud. Grammatik ma’no grammatik shakllanmagan leksemaning lisoniy mohiyatida mavjud bo’lishi ham, grammatik shakl yoki grammatik qolip yordamida ifodalanishi ham mumkin. Masalan, kitoblar so’zshaklining «turdosh ot» grammatik ma’nosi boshqa barcha turdosh otda bo’lgani kabi uning mohiyatida mavjud, «ko’plik» ma’nosi esa ma’lum bir shakl -lar yordamida ifodalangan. Kitobni o’qimoq birikuvidagi kitob so’zining «tobe uzv» grammatik ma’nosi unga lisoniy sintaktik qolip asosida yopishtirilgan.
Umumiy tilshunoslik nuqtai nazaridan tillarda yordamchi so’zlar turli-tumandir. Ularga ko’makchi, boғlovchi, artikl, predlog, yordamchi va boғlovchi fe`llar, yuklamalar kiradi. Bu so’zlar grammatik kategoriyalar ifodalashda qatnashishi yoki qatnashmasligi nuqtai nazaridan ikki qismga bo’linadi:
a) so’zlarning analitik formasini yasashda ishtirok etuvchi yordamchi so’zlar.
b) bu funktsiyani bajarmaydigan yordamchi so’zlar.
Tilning grammatik qurilishini ifodalashi grammatika fanining tekshirish obyekti. Mа’lumki, har qanday tilning о‘ziga xos grammatik qurilishi mavjud bо‘ladi. Tilning grammatik qurilishi muayyan tilning boshqa tillardan farqlovchi о‘ziga xos belgilaridan biridir Binobarin, grammatikasiz fikr ifodalab bо’lmaydi. U nutq jarayonida tilning fonetik va lug‘aviy tomonlari bilan bog‘liq holda borliqdagi narsa va hodisalarni umumlashtirish asosida vujudga keladi Biroq, grammatika tilnin boshqa sohalariga, chunonchi, lug‘at tarkibiga ko‘ra ham keng qamrovlidir. Grammatikada faqat sо‘zlar emas, balki ular orasidagi munosabatlar ham о‘z ifodasini topadi.Ya’ni tildagi har bir sо‘z lug‘aviy ma’no ifodalaydi. Biroq, bu ma’nolarning о‘zi bilan fikr ifodalanmaydi. Kо‘rinadiki, sо‘zlar nutqda grammatik jihatdan shakllangan tus olsa, о‘zaro bog‘lansagina fikr ifodalash uchun xizmat qiladi. Har qanday sо‘z birikmalarning va nutqning ham asosida sо‘z yotadi. Shu jihatda tilning grammatik qurilishi lug‘at tarkibi bilan chambarchas bog‘langandir. Grammatika tilning eng oliy kо‘rinishi sifatida yakka birliklar asosida emas, umumlashmalar asosda vujudga keladi.
Yoki yozdi, о‘qidi, bordi, keldi kabi sо‘zlar turli xildagi harakatlarni blidiradi. Kо‘rinadiki, grammatika tildagi sо‘zlar uchun umumiy bо‘lgan hodisalarni о‘rganish asosida ularni muayyan tizimda birlashtiradi. Ikkinchidan, grammatikadan tashqari sо‘zlar til uchun oddiy material, ular grammatik munbsabatlar asosida birikadishalllanadi va fikr ifodalash vositasiga aylanadi. Demak, grammatika tildagi lug’aviy materiallarni ma’lum maqsadlarga kо‘ra ishlatish vazifasin ham bajaradi. Tilning grammatik qurilishining muhim xususiyatlaridan biri uning takomillashib, о‘zgarib borishidir. Bunday о‘zgarishlar jamiyat taraqqiyotidag obyektiv qonunlarasosida vujudga keladi. Ammo tilning grammatik qurilishi til uchun umumiy bо‘lgan muayyan normalarga, qoidalarga bо‘ysunadi. Masalan, adabiy tilda eganigapning birinchi qismida kelishi yoki aniqlovchining aniqlanmishdan oldin kelishikeng dala, moviy kо‘l, ulkan tog‘, qaratqich bilan qaralmishning shaxs va sonda moslashib kelishi: mening dо‘stim, uyning eshigi, kitobning varag‘i til normalari asosidagi hodisalardir. 


Yüklə 56,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə