xodimlarning har bir so‘zi va amaliy hatti-harakatlari o‘quvchilarga,
tarbiyalanuvchilarga umuminsoniy va milliy axloqni singdirish maqsadiga xizmat
qilishi lozim. Bu ish o‘z navbatida muallim va o‘quvchilardan axloq nazariyasi,
axloqiy
tasavvur va tushunchalar, o‘qituvchi odobiga doir bilimlarini muntazam
ravishda oshirib borishni; muhokama, mulohaza qilib, uning mohiyatini tushunish,
mag‘zini chaqishni talab etadi.
Murakkab axloqiy hodisalarning mohiyatini o‘quvchilarga tushuntirish
mas’uliyatli ish bo‘lib, buning uchun muallim o‘quvchilarning yoshi, saviyasiga
mos ular tushunadigan misollarni izlab topishi, tanlab olishi kerak. Pedagogik
faoliyat o‘qituvchidan axloqiy ma’rifatli, yaxshi xulq egasi bo‘lishni;
axloqiy
tajribaga ega bo‘lishni, o‘z-o‘zini muntazam ravishda axloqiy jihatdan tarbiyalab
borishni talab etadi, shu bilan birga muallim o‘quvchilarga muntazam ravishda
axloqan saboq berib, ularni axloqiy bilimli qilishi;
bolalarga yaxshi xulqiy
odatlarni amalda bajartirib, mashq qildirib, axloqiy tajriba orttirishlariga
ko‘maklashishi, o‘quvchilarni ham o‘z-o‘zini tarbiyalab borishlariga erishishi
zarur.
Dostları ilə paylaş: