|
Buxoro davlat universitetining pedagogika institutiKo‘rgazmali qurollar, texnik vositalarS.I. Baxtiyorova. Mutaxassislik faniga kirish
Ko‘rgazmali qurollar, texnik vositalar
Texnologiya ta’limi jarayonida avvalo natural ob’yektlar, asbob-moslama,
tayyor detallar va buyumlar, uskunaning yig‘ma sxemalari, uzellari va yaxlit
uskuna va hokazolar, ya’ni o‘quvchilar qaysi uskunada va nima yordamida
ishlashlari kerak bo‘lsa, shularning barchasi ko‘rgazmali qurollar elektron-didaktik
vositalar hisoblanadi. Bundan tashqari texnologiya ta’limi jarayonida plakatlar,
sxemalar, diagrammalar, modellar, maketlar va boshqa tasviriy ko’rgazmali
qurollardan ta‘lim vositasi sifatida foydalaniladi.
Ta’lim vositalari sifatida ko‘rgazmali qurollardan foydalanish qoidalari va
metodik usullari asosan quyidagilardan iborat:
- ko‘rgazmali kurollarini namoyish qilish usullarni ko‘rsatish, ishni
bajarishning texnika talablarini, texnologiyasini taqlil qilish bilan qo‘shib olib
borilishi kerak;
- ish va asboblar, moslamalar va hokazolarning namunalarini namoyish
qilish uchun ularni maxsus tematik taxtalarga komplektlash maqsadga muvofiqdir,
bu esa qiyoslash va umumlashtirish uchun sharoit yaratadi;
- mayda namunalar tarqatiladigan material sifatida foydalaniladi;
- detalni ishlash, yig‘ish, montaj qilishni tushuntirish paytida texnologik
o‘tishlar izchilligida ishlov berilgan (to‘plangan, montaj qilingan) namunalardan
keng foydalanish lozim;
- naturada yoki bevosita kuzatish imkoni bo‘lmagan ob’yektlar yoki
hodisalarni (elektr tokining yo‘li, molekulalarning o‘zaro ta‘siri, kimyoviy
apparatlar, dvigatellardagi jarayonlar va hokazolarni) namoyish qilish zarurati
tug‘ilganida sxematik ko‘rgazmali qurollardan foydalanish;
- uskunalar, priborlar, agregatlar, dvigatellar va hokazolardan ko‘rgazmali
qurol sifatida foydalanilayotganida ularni mumkin qadar ko‘zga yaqqol tashlanishi
uchun to‘siklarni qopqoqni olib tashlab, o‘quvchilar ko‘proq ko‘ra olishlari uchun
sharoit yaratish kerak;
- ko‘rgazmali qurollar o‘quvchilarga yaxshi ko‘rinadigan bo‘lishini hamisha
ta’minlash lozim (namoyish qilinadigan joyni to‘g‘ri tanlash; yaxshi yoritilgan
bo‘lishi, o‘quvchilarning to‘g‘ri joylashtirilishi va namoyish qilishining oqilona
usullari va hokazo).
|
|
|