Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti


Asbob-uskunalarni ishlatish va ularni qo‘llashga sozlashni asbob-



Yüklə 3,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/233
tarix30.05.2023
ölçüsü3,94 Mb.
#114436
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   233
S.I. Baxtiyorova. Mutaxassislik faniga kirish

Asbob-uskunalarni ishlatish va ularni qo‘llashga sozlashni asbob-
uskunalar va moslamalar yuzasidan bajariladi; 
1) turlari, tuzilishlari, xususiyatlarini o‘rganib mavjud kamchiliklarni 
bartaraf etish va ishga sozlash; 
2) qo‘llanishlari, qo‘llanish usullari va texnologiyasini o‘rganib, mavjud 
kamchiliklarni bartaraf etish va ishga sozlash; 
3) tayyorlash texnologiyasi standartlari, sifat belgilarini o‘rganib, mavjud 
kamchiliklarni bartaraf etish va stanok mashinada qo‘llash; 
4) tayyorlashda qo‘llaniladigan usullar, operatsiyalar, asbob-uskunalar
moslamalar, 
stanoklarni 
o‘rganib, 
mavjud 
kamchiliklarni 
bartaraf 
etib 
moslashtirish; ishchi-mutaxassislarni qayta tayyorlasli, malaka oshirish;


5) tayyorlashda ishlatiladigan materiallarning texnologiyasi va sifatlarini 
yaxshilash.
Texnologiya 
ta’limining 
nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlarida 
o‘quvchilarni qo‘llaniladigan xom ashyolar va namunalar bilan tanishtirish hamda 
foydalaniladigan metodikasini yoritish o‘ziga xos o‘rin egallagan. Texnologiya 
ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha joriy etilayotgan tashkiliy, metodik va boshqa 
masalalar qatorida moddiy-texnik baza, ayniqsa xom ashyo hamda namunalar bilan 
ta‘minlash eng murakkab va dolzarb muammodir.
O‘quvchilar buni inobatga olishlari bilan birga mavjud imkoniyatlardan 
xabardor bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Yog‘ochga ishlov berishda amaliy 
tashkilot hamda yog‘ochsozlik korxonalaridan olingan mahsulot (eshik, rom, 
imoratsozlik detallari va boshqa buyurtmalardan ortib qolgan bo‘laklar, qirindilar, 
bahor va kuz davrlarida daraxtlarni kaltalash holatida paydo bo‘lgan sarjinchalar 
va ko‘zsiz dumaloq bo‘laklar) yog‘ochsozlik mehnati uchun xom ashyo tarzida 
qo‘llanishi eng ommaviy tajriba hisoblanadi, ulardan mehnat ta’limi jarayonida 
turli buyumlar (bolg‘a va iskanalar uchun dastalar, sabzavot to‘g‘raydigan taxtalar,
yog‘och g‘o‘lasining arralangan namunalari, yelimlangan yog‘och vaza va hokazo)
tayyorlanib ijtimoiy foydali mehnat mahsulotlariga aylanadi. Texnologiya 
ta’limida o‘quvchilarni xom ashyolar bilan tanishtirish, shuningdek, ularni nazariy 
hamda tarixiy ma‘lumotlar bilan ham tanishtirish, fikrlash qobiliyatlarini 
rivojlantirishga qaratilgan namunalar (detallar, mexanizmlar, stanoklar, texnik-
texnologik jarayonlar xaritalari, qog‘oz-kartonlardan tayyorlangan maketlar) keng 
qo‘llanilmoqda. 
Metallarga 
ishlov 
berishda 
otaliq 
tashkilot 
hamda 
metallsozlik 
korxonalarida asosiy ishlab chiqarish jarayonida tayyorlanadigan mahsulotlardan 
ortib qolgan chiqindilar: tunuka quymasi va boshqa qoldiqlar, metallsozlik 
ishlaridan paydo bo‘lgan parchinlar, brak holiga kelgan turli shakldagi detallar 
mehnat ta‘limida metallga ishlov berish uchun xom ashyo sifatida qo‘llaniladi. Shu 
bilan birga metallarni qirqish jarayonida shu tariqa yig‘ilgan metall chiqindilari 
ham xom ashyo bo‘la oladi.
Ulardan 
texnologiya 
ta’limi 
darslarida 
metalldan 
tayyorlangan 
o‘yinchoqlarning bukilgan qismlarini sozlashda, turli asboblar, maketlar, 
modellarni yasashda foydalanish mumkin. Ular turli shakldagi detallarni 
shtangensirkul bilan o‘lchash, nazorat ishlarini bajarish uchun mehnat ob’yekti 
vazifasini bajaradi. Metallardan tanlab olingan shvellersimon detallardan 
parmalash operatsiyalarini bajarishga foydalaniladi. Shundan o‘quvchilar 
lushunadilarki, tashlandiq detallardan (qaysi shaklda bo‘lmasin) ham o‘quv 
ishlarini bajarishda foydalanish mumkin. Bu birinchidan, o‘quvchilarni izlanish, 
ijod qilishga undaydi, chunki ma‘lum bo‘lmoqdaki, detallar qaysi holatda 
bo‘lmasin, ulardan har xil texnologik operatsiyalarni bajarishda foydalanish uchun 
imkoniyat topiladi, ikkinchidan, o‘quvchilarga iqtisodiy tarbiya berishga yordam 
beradi. 
Texnologiya ta‘limida xom ashyo va namunalar qaysi holatda, shaklda va 
qanday materialdan bo‘lmasin, ular o‘quvchilar uchun u yoki bu texnologik 
operatsiyalarni o‘zlashtirishlarida o‘quv


Ob’yekti bo‘la oladi. Turli o‘lcham va shakldagi tunuka bo‘laklari kavsharlash 
operatsiyalarining turli xillarini o‘zlashtirishga olib keladi. Mazkur tunuka 
parchalari xom ashyo sifatida qo‘llaniladi. Xom ashyo materiallaridan o‘quvchilar 
chilangarlik ustaxonasida knopkalar ishlab chiqaradigan asbob tayyorlashlari 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday moslamani 8-10 mm li simdan tayyorlash 
mumkin. Shunday qilib, xom ashyo turlari va namunalari o‘quvchilar uchun 
texnika-texnologiya, 
materialshunoslik, 
qirqish 
nazariyasi, 
ustaxonada 
o‘zlashtirilgan chilangarlik, tokarlik, frezerlash, parmalash va boshqa o‘quv 
mashg‘ulotlari bo‘yicha shakllangan bilim, ko‘nikmalarni malaka darajasiga 
ko‘tarish uchun zamin yaratiladi. Shu tarzda gazlamaga ishlov berish 
texnologiyasi, pazandachilik, qishloq xo‘jaligi hamda milliy hunarmandchilik 
yo‘nalishlarida ham mavjud xom ashyo va namunalardan foydalanish holatlarini 
yaratilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. 

Yüklə 3,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə