Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti


Mashg’ulotga tayyorgarlik ko’rish



Yüklə 10,05 Mb.
səhifə25/45
tarix23.12.2023
ölçüsü10,05 Mb.
#157284
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45
Shaxs psixologiyasi UMK

1. Mashg’ulotga tayyorgarlik ko’rish:

Debat o’tkazish uchun tayyorgarlik bosqichini ishlab chiqish. Buning uchun tashabbuskor tinglovchilar bilan birgalikda quyidagilar belgilab olinadi:


– o’quv fani;


– debat mavzusi (bir nechta variantlar);


debat maqsadi;


– jamoalarni shakllantirish tamoyillari;


– debat mavzusi bo’yicha axborot bilan ishlashning turlari;


– debatga jamoalarni tayyorlash;


debatni baholash mezonlari;


– debatni baholash va tahlil qilish shakllari.


Debatlarga tayyorgarlik ko’rish mavzuni aniqlashdan boshlanadi. Odatda, debatlarda mavzu fikr yoki g’oya shaklida ifodalanadi, masalan: «Har qanday ijtimoiy xavfli qilmish jinoyatdir». Tanlangan mavzu quyidagi talablarga javob berishi lozim:


– debatchilar uchun ahamiyatga ega bo’lgan muammolarni ilgari surishi bilan ularda qiziqish uyg’ota olishi;


– har bir jamoaga sifatli dalillarni keltirishlari uchun bir xil imkoniyat bera olishi;


– aniq ifodalanishi;


– tadqiqot ishlarini rag’batlantira olishi;


– tasdiqlovchi tomon uchun ijobiy ta’rifga ega bo’lishi. Umumiy tarzda tayyorgarlik ko’rish bosqichining tuzilishi quyidagicha bo’lishi mumkin.


134
Mavzu bo’yicha axborotlar bilan ishlash:


– tinglovchilarning bilimlarini faollashtirish (aqliy hujum);


– turli manbalardan foydalangan holda axborot izlash;


– olingan materiallarni tizimlashtirish;


– asosiy fikrlarni tasdiqlash yoki inkor etish uchun keyslar (dalillar tizimi)ni tuzish, savollar raundini tayyorlash va h.k.


Umumiy va maxsus mahorat va ko’nikmalarni shakllantirish:


– dalillarni shakllantirish va asoslash;


– inkor etuvchi tomonning strategiyasini tuzish;


– savollarni to’g’ri ifodalash;


– notiqlik san’ati va mantiqiy fikrlash bo’yicha bilimlarni egallash, ularni amalda qo’llash;


guruhda samarali ishlash, autotrening va relaksatsiya ko’nikmalarini egallash.


Shunday qilib, tayyorgarlik ko’rish bosqichida tinglovchilar nafaqat o’yin uchun taqdim etilgan mavzu mazmunini puxta va chuqur o’rganishlari, balki tasdiqlovchi va inkor etuvchi tomonlar uchun mavzuning asosiy g’oyasiga tegishli har bir tushunchaga ta’rif berishlari, keyslar tuzishlari lozim, chunki qur’a tashlash uyin boshlanishidan avval amalga oshiriladi. Shu bilan birga, har bir tomon uchun inkor etish strategiyasi oldindan ishlab chiqiladi, ya’ni opponentlar (muxoliflar) tomonidan keltirilishi mumkin bo’lgan dalillarga qarshi dalillar hamda qarama-qarshi tomon bildirishi mumkin bo’lgan fikrlardagi ziddiyatlarni aniqlashga ko’maklashadigan savollar ishlab chiqiladi.




2. Kirish:

Har bir jamoa (uchta spiker tarkibida) har qanday raundlar orasida umumiy davomiyligi 8 daqiqagacha bo’lgan tanaffus olish imkoniyatiga ega.





Yüklə 10,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə