Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti


- Mavzu: Shaxs va faoliyat Mavzu rejasi



Yüklə 10,05 Mb.
səhifə24/45
tarix23.12.2023
ölçüsü10,05 Mb.
#157284
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   45
Shaxs psixologiyasi UMK

2- Mavzu: Shaxs va faoliyat Mavzu rejasi:

1. Faoliyatning psixologik xarakteristikasi.


2. Inson faoliyatining tuzilishi.


3. Faoliyatning asosiy turlari.


4. Faoliyatning o‘zlashtirilishi va malakalarni egallash.


5. Faoliyat tuzilishining psixologik talqini.


DEBAT

DEBAT – tingovchilarga mavzu yuzasidan taqdim etilgan asosiy fikr bo’yicha erkin fikr bildirish, fikr almashish. Debat qatnashchilari misollar, faktlar keltiradi, axborot beradi, ularni asoslantiradi, mantiqan isbotlaydi, tushuntiradi va h.k. Debat tartibi shaxslarga baho berish, emotsional ko’rinishlarni namoyon etishga yo’l qo’ymaydi. Muammo yuzasidan alohida ishtirokchining munosabati emas, balki muammoning o’zi muhokama qilinadi.


Debatning diskussiyadan asosiy farqi quyidagicha: debat qo’yilgan savolga «ha» yoki «yo’q» degan qat’iy javob olishga bag’ishlanadi. Ya’ni bir guruh (tasdiqlovchilar) ijobiy javob tarafdorlari, ikkinchi guruh (inkor etuvchilar) esa inkor etuvchi javob tarafdorlari hisoblanadi. Har bir guruhning ichida 2 kichik guruh shakllanishi mumkin, birinchisi – dalil to’playdi, ikkinchisi – qarshi dalil ishlab chiqadi.


Debatlar quyidagilarni shakllantiradi:


– o’z nuqtai nazarini shakllantirish va uni himoya qilish qobiliyatini;


– notiqlik mahoratini va dialog olib borish qobiliyatini;


– jamoaviy ruh va etakchilik xususiyatlarini.


Debat dialog olib borish uchun zarur bo’lgan quyidagi ko’nikmalarni shakllantiradi va layoqatni rivojlantiradi:


– tanqidiy fikrlash (muhokama qilinayotgan fikr va g’oyalarni shakllantirish,


133
tahlil qilish va asoslash uchun zarur bo’lgan ratsional, refleksiv va ijodiy fikrlash);


– o’zaro fikr almashinuv madaniyatini, omma oldida chiqish qilish ko’nikmalarini;


– tadqiqot o’tkazish ko’nikmalarini (keltirilayotgan dalillarni isbotlash va misollar keltirish uchun axborot manbalari bilan ishlashni talab qiladi);


– tashkiliy ko’nikmalarni (nafaqat o’zini tartibga solishni, balki bayon etilgan materiallarni tartibga solishni nazarda tutadi);


– tinglash va yozib olish ko’nikmalarini shakllantiradi. Debatlarda ikkita jamoa ishtirok etadi (bittasi asosiy fikrni tasdiqlaydi, ikkinchisi inkor etadi). Jamoalar debat hajmidan kelib chiqqan holda ikki yoki uchta ishtirokchi (spikerlar)dan tash-kil topadi. O’yin mazmuni betaraf bo’lgan uchinchi tomon, ya’ni hakamlarni jamoa tomonidan keltirgan dalillarning to’g’riligiga ishontirishdan iboratdir.


Debatlarning har bir bosqichi o’zining tuzilishi va foydalaniladigan metod va usullar tizimiga ega.





Yüklə 10,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə