Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti


«BLITS–O’YIN» metodini qo’llash qoidalari



Yüklə 10,05 Mb.
səhifə32/45
tarix23.12.2023
ölçüsü10,05 Mb.
#157284
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45
Shaxs psixologiyasi UMK

«BLITS–O’YIN» metodini qo’llash qoidalari:

– o’qituvchi ushbu metod bir necha bosqichda o’tkazilishi haqida tinglovchilarga tushuncha beradi. Har bosqichdagi vazifani baja-rishga aniq vaqt berilishi, tinglovchilar esa shu vaqtdan unumli foydalanishlari kerakligi haqida ularni ogohlantiradi;


– o’qituvchi hamma tinglovchilarga (alohida-alohida) tarqatma material beradi va tinglovchilardan ushbu materialni sinchiklab o’rganishlarini so’raydi;


– o’qituvchi tarqatma materialning mazmunini va bajariladigan vazifani tushuntiradi, ya’ni tarqatma materialda berilgan 20 ta harakatning ketma-ketligini to’g’ri belgilash kerakligi, belgini esa qog’ozda alohida ajratilgan bo’limga raqamlar bilan belgilash kerakligini tushuntiradi;


– qo’yilgan vazifa avval yakka tartibda bajarilishini aytadi;


– o’qituvchi birinchi berilgan vazifani har bir tinglovchi tomonidan yakka tartibda bajarilishini kuzatadi, qiynalganlarga yordam beradi yoki qaytadan tushuntiradi;


– har bir tinglovchi tarqatma materialdagi «ShF» bo’limiga shu erda berilgan harakatlardan o’zining shaxsiy fikri asosida manti-qiy ketma-ketligini raqamlar bilan belgilab chiqadi (ya’ni beril-gan 20 ta harakatdan, uning fikricha qaysi biri, birinchi bo’lishi, qaysi biri esa ikkinchi bo’lishini va hokazo). Bu vazifani bajarish-ga 20 daqiqa vaqt beradi;


– o’qituvchi tinglovchilardan 4 kishidan iborat kichik guruhlar tashkil etishlarini so’raydi. Ushbu guruhlar tinglovchilarning xohishlariga qarab yoki raqamlar bo’yicha tashkil etilishi mumkin;


– kichik guruhlardagi tinglovchilarning har biri o’z qog’ozidagi «ShF» bo’limida belgilangan harakatlar ketma-ketligi bilan bir-birlarini tanishtiradilar, keyin 4 kishida to’rt xil bo’lgan ketma-ketlikni birgalashib, bir-birlari bilan tortishib, bahslashib, bir-birlariga ta’sir o’tkazib, o’z fikrlariga ishontirib, kelishgan holda bir fikrga kelib, ularga tarqatilgan qog’ozdagi «GF» bo’limiga raqamlar bilan belgilab chiqadilar;


– o’qituvchi kichik guruhdagi tortishuvlarda ishtirok etmaydi, faqat kichik


143
guruhlar va har bir tinglovchi faoliyatini kuzatadi. Bu vazifani bajarish uchun 10 daqiqagacha vaqt beriladi;


– barcha kichik guruhlar o’z ishlarini tugatgach, o’qituvchi harakatlar ketma-ketligi bo’yicha to’g’ri javobni beradi, ya’ni tinglovchilardan ularga tarqatilgan qog’ozlardan «TF» bo’limini topishi va unga o’qituvchi tomonidan aytilgan harakatlar ketma-ketligining raqamlarini yozishni so’raydi;


– o’qituvchi tinglovchilardan «TF» bo’limida berilgan raqamlar bilan «ShF» bo’limida belgilangan raqamlarni solishtirishni hamda «TF» bo’limida berilgan raqamlarga to’g’ri kelmagan qator-larga «ShX» bo’limiga belgi qo’yishni so’raydi;


– shu tartibda «TF» va «GF» bo’limlari solishtiriladi hamda «TF» bo’limida berilgan raqamlarga to’g’ri kelmagan qatorlarga «GX» bo’limiga belgi qo’yiladi;


– o’qituvchi shaxsiy va guruh xatolarining umumiy miqdori (soni) bo’yicha tushuncha berib, ularni alohida-alohida sharhlab beradi;


– tinglovchilarning javoblari o’qituvchi tomonidan berilgan «TF»ning 11– 14 tasiga to’g’ri kelsa (55–70%) «qoniqarli», 15–18 tasiga to’g’ri kelsa (71–85%) «yaxshi», 19–20 tasiga to’g’ri kelsa (90– 100%) «a’lo» deb belgilash mumkin.


Guruh bahosi ham shu tartibda aniqlanadi. Tarqatma materialning taxminiy nusxasi:


BLITS– O’YIN




Yüklə 10,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə