Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 10,05 Mb.
səhifə23/45
tarix23.12.2023
ölçüsü10,05 Mb.
#157284
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45
Shaxs psixologiyasi UMK

3. Asosiy qism:

Ikkinchi bosqich — baholash bosqichi — odatda taqosslash, qarama - qarshilik va hattoki g’oyaviy nizo vaziyatlarini nazarda tutadi. Bu holatda diskussiyani boshqara olmaslik, shaxsiy nizolar kelib chiqishiga sabab bo’lishi mumkin. Bu bosqichda o’qituvchi oldiga quyidagi vazifalar qo’yiladi:


– fikr almashishni boshlash, aniq ishtirokchilarga so’z navbatini berish. So’z navbatini birinchi bo’lib o’qituvchi olishi tavsiya etilmaydi;


– iloji boricha ko’proq fikr, g’oya va takliflarni yig’ish. Buning uchun har bir tinglovchini faollashtirish lozim. O’z fikrini bildirish uchun so’zga chiqqan har bir ishtirokchi so’zining oxirida o’zining taklifini ham bildirishi yoki o’zining takliflarini keyinroq ham berishi mumkin;


– mavzudan chetga chiqmaslik, o’qituvchidan sergaklikni talab qiladi. Mavzudan chetga chiqqan tinglovchilarni mavzuga yo’naltirib turish lozim;


– barcha ishtirokchilarning yuqori faollik darajasini ushlab turish. Bir tinglovchining boshqasining hisobidan haddan ziyod faolligiga yo’l qo’ymaslik, vaqt reglamentiga rioya qilish, cho’zilib ketgan monologlarni to’xtatish va barcha ishtirokchilarni suhbatga jalb qilish;


– diskussiyaning keyingi aylanasiga o’tishdan oldin, bildirilgan g’oya, fikr, nuqtai nazarlarning tezkor tahlilini amalga oshirish lozim. Bunday tahlil yoki dastlabki xulosalarni muayyan vaqt oralig’ida (har 10–15 daqiqa), o’tkazish maqsadga muvofiq.




4. Xulosa (refleksiya):

Uchinchi bosqich — refleksiya bosqichi — muayyan yagona yoki murosali fikr, qarashlar, qarorlarni ishlab chiqishni nazarda tutadi. Bu bosqichda mashg’ulotning nazorat funktsiyasi amalga oshiriladi. O’qituvchi tomonidan hal etiladigan vazifalarni quyidagicha ifodalash mumkin:


132
– o’tkazilgan diskussiyani tahlil qilish va baholash, natijalarni sarhisob qilish. Buning uchun diskussiya boshida shakllantirilgan maqsad va olingan natijalarni taqqoslab, ularning ijobiy va salbiy jihatlarini aniqlash, xulosa chiqarish, qaror qabul qilish, natijalarni baholash lozim;


– diskussiya qatnashchilarining yagona fikrga kelishlariga yordam berish. Bunga turli yondashuvlarni diqqat bilan tinglash, qaror qabul qilish uchun umumiy g’oyalarni topish orqali erishish mumkin;


– qatnashchilar bilan birgalikda jamoaviy qaror qabul qilish, shu bilan birga turli fikr va yondashuvlarning muhimligini alohida e’tirof etish lozim;


– yakuniy so’zida guruhni nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan xulosalarga yo’naltirish lozim.





Yüklə 10,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə