Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti


Tаkrorlаsh uchun sаvollаr



Yüklə 10,05 Mb.
səhifə4/45
tarix23.12.2023
ölçüsü10,05 Mb.
#157284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Shaxs psixologiyasi UMK

Tаkrorlаsh uchun sаvollаr:

Individgа tа’rif bering.


Individuаllik nimа?


Shаxsning individuаlligini belgilovchi xususiyatlаrni sаnаng.


Shaxs shakllanishiga ta’sir ko’rsatuvchu omillarni ayting.


3-mavzu. Klassik psixoanaliz va uning modifikatsiyalari


Reja:



  1. Psixoanaliz nazariyasi psixik voqelikni ilmiy bilish shakli sifatida.




  1. K.Yungning analitik psixologiyasi. Psixika tuzilmasi.




  1. Individuatsiya va uning bosqichlari.




  1. Shaxs tipologiyasiga yondashuvlar. A.Adlerning Individual psixologiyasi.




  1. Psixologik mexanizmlar va ularni diagnostika metodlari.



Tayanch tushunchalar: klassik psixoanaliz, psixoanaliz nazariyasi, psixika tuzilmasi, shaxs tipologiyasi, psixologik mexanizmlar.

Z.Freydning psixoanalitik nazariyasi.


Z.Freyd g‘arb madaniyatiga chuqur ta’sir ko‘rsatdi. Freydning klinik psixologiya va psixiatriyadagi ilmiy qarashlarini alohida o‘ringa ega. Z.Freyd nimani o‘rgandi? U she’riyat, pyesa va falsafaga juda qiziqishi bo‘lganligi sababli, o‘z tadqiqotlari uchun vaqtni bekorga sarflamadi. U tibbiyot yo‘nalishida tahsil olgandan so‘ngra xususiy amaliyot bilan shug‘ullandi. U amaliyotda nevrologik sababga ega bo‘lmagan ruhiy o‘zgarishga ega bo‘lgan patsiyentlarga duch keldi. Masalan, baquvvat bo‘lsa-da, patsiyent qo‘ldagi sezgilarni yo‘qolishining sababini Z.Freyd insonning aqliga bog‘liqligini aniqladi. Bunday holatda patsiyentni davolash yo‘li uning o‘z-o‘ziga munosabatini o‘zgartirishda degan xulosaga keldi.


Freydning kuzatishlari qator nevrologik buzilishlarning psixologik sabablari


22
mavjudligi to‘g‘risidagi xulosaga olib keldi. Bu orqali Freyd ongsizlikni kashf qildi. Uning fikricha, ko‘zi ojizlik yoki karlik, beixtiyor ko‘rmaslik va eshitmaslik xohishi insonga keskin xavotirlikni uyg‘otar ekan. Freyd gipnoz ongsizlikka yo‘l deydi va patsiyentlarni davolashda undan foydalandi. Freyd patsiyentlari gipnoz tufayli o‘zlarining anglab bo‘lmas qobiliyatlarini ochdilar. So‘ngra u patsiyentlar o‘zlarini ruhiy yengillashishlariga imkon beruvchi erkin assotsiatsiya usulini olib kirdi. Ushbu usulga ko‘ra pasiyent o‘zining dardlarini bayon etadi. Bu esa patsiyentlarga ruhiy yengillik olib keldi. Freyd ruhiy buzilishlarning zamini, bugungi bezovtalanishlarning sababi pasiyentlarning o‘tmishi bilan bog‘liq, bolalikdagi tuyg‘ulariga borib bog‘lanishini ta’kidladi. Kasalliklarning ongsizlik sabablariga tayangan shaxs nazariyasini psixoanaliz davolash metodi bilan bog‘ladi. Freyd nazariyasining umumiy ko‘rinishi quyidagi


1-rasmda keltirilgan:


Id, Ego va super Ego ( Id (U), Ego (Men), Super-Ego (Super-Men)


Freyd topografik modeldan foydalanib, psixik hayotni uch darajasini ajratdi:





  • Ong




  • Ongoldi




  • Ongsizlik

1-rasm.

Ong darajasi

Ong darajasi aniq damdagi insonning ma’lumotlarini sezgi va kechinmalaridan tashkil topadi. Ong miyada saqlanuvchi ma’lum kam foizli axborotlarni qamrab oladi. So‘ngra ma’lumotlar ong oldi yoki ongsizlik sohada


23
yuklanadi.


Ongsizlik sohasi





  • Inson psixikasining eng chuqur va ahamiyatli qatlami ongsizlikdir. Bu ongga qanchalik bosim o‘tkazuvchi emotsiya va xotiralar orqali instinktiv qo‘zg‘alishlarini saqlovchi, ammo ushbu anglashilmagan materiallar ko‘pincha insonning kundalik faoliyatini belgilaydi.




  • Ongoldi soha, ba’zan xotiraga kirish mumkin bo‘lgan, o‘zida barcha tajribani kiritadi, ayni damda anglanilmagan, ammo tasodifiy yoki minimal kuch sarflash natijasida ongga tez qaytishi mumkinligi.




  • U- psixikaning ongsizlik qismi bo‘lib, biologik instinktli mayllardan iborat: agressiya va jinsiy. U jinsiy mayl - libido bilan to‘yingan. Insonda yashirin energetik tizim bo‘lib, bu quvvat har bir kishida miqdori - doimiy o‘lchamga ega. Ongsiz va irrasional bo‘ladi. U qoniqish, ya’ni so‘ngida baxt, eng asosi inson hayotidagi asosiy maqsad tamoyiliga bo‘ysunadi.




  • men ikkinchi tamoyil-gomeostaz- ichki muvozanatni saqlash tendensiyasi. Men (Ego)-ong –doimiy ravishda U bilan nizoda bo‘ladi, jinsiy mayllar ta’sirida bo‘ladi. U jamiyat ta’siri ostida shakllanadi. Menga uchta kuch ta’sir ko‘rsatadi: U, Super Men va insonga o‘z talablarini qo‘yuvchi jamiyat. MEN ular o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlashga harakat qiladi, qoniqish emas, balki reallik tamoyiliga bo‘ysunadi.




  • Super men axloqiy standartlarni tashuvchi, shaxsning bu qismi tanqid, senzura, vijdon roli bajaradi. Agar Men U ga mos harakatni amalga oshirsa yoki unga mos qaror qabul qilsa, Super Men unga qarshi chiqadi. Natijada aybdorlik, uyat, vidjon ta’nalari ko‘rinishidagi jazoni boshdan kechiradi.

Psixoanaliz atamasi


Shaxs nazariyasi va psixopatologiyasi; Shaxsdagi buzilishlarning davolash metodi;




Insonning anglashilmagan fikr va tuy-g‘ularini o‘rganish metodi. Shaxs strukturasi

Psixologiyada shaxsning himoya mexanizmlari to‘g‘risidagi qarashlarning tub ildizi Z.Freydning shaxs nazariyasi borasidagi izlanishlariga borib taqaladi. Freydning psixodinamik konsepsiyasiga ko‘ra shaxs tuzilmasi va himoya mexanizmlari ma’lum tizimlashtirilgan. Z.Freyd bo‘yicha shaxs tuzilmasi uchta tarkibiy komponentlardan iborat:


“Id” sohasi - bu shaxsning instinktli jihati bo‘lib, unda shaxsning eng kuchli instinktlari o‘rin olgan. Ular shaxs xulq-atvorini to‘g‘ri va chet yo‘llar bilan aniqlash va namoyon bo‘lishini ifodalaydi. “Id” sohasi vazifalarini qoniqish tamoyiliga asosan bajaradi.


Z.Freyd psixoanalitik nazariyasida qayd etishicha, psixik jarayonlar qoniqish


24
tamoyiliga ko‘ra avtomatik tarzda boshqarilar ekan. Hech qondirilmaganlik ichki ruhiy zo‘riqishni keltirib chiqaradi. O‘z navbatida, u psixik faollikni vujudga kelishiga olib keladi. Bu faollik zo‘riqishni va qoniqmaganlikni susayishiga yoki qoniqishga olib keladi.


Hayot va o‘lim instiktlari. Freydning psixodinamik nazariyasida ikkita asosiy instinktlarga ajratiladi: hayot instinkti (libido, eros) sifatida jinsiy instinkt; vayrongarchilik, buzg‘unchilik sifatida e’tirof etiluvchi o‘lim instinktlari (mortido, tanatos). Inson xulq-atvorining bu shakli shaxsning destruktiv instinkti sifatida namoyon bo‘lib, agressiyani ham instinkt natijasi deb baholaydi. Ularning hayotiy zarurat sifatida namoyon bo‘lishini to‘sib qo‘yish shaxsda jiddiy salbiy oqibatlarga olib kelishi kuzatiladi. Bu esa nevrozning asosi hisoblanadi. Asarlarining birida Freyd motido instinkti haqida to‘xtalgan bo‘lib, unda shaxs o‘zini o‘zi saqlash uchun (yo‘q qilmaslik) o‘zga kishini yoki o‘zgalarni yo‘qotishga intiladi. Freyd uchun eng hal etuvchi jihat, bu inson xulq – atvorida jamiyat rivojlanishidagi qonunlarini emas, irrasional psixik kuchlarning namoyon bo‘lishini hisobga olgan, unda intellekt voqelikni faol aks ettiruvchchi vosita emas, balkli bu kuchlarni maskirovka qiluvchisi hisoblanadi. Individ bilan ijtimoiy muhit abadiy va yashirin kurashda bo‘ladi. Uning psixoanalitik qarashlarida kuchaytiruvchi holatda instinktdan intellekt kuchliroq.


“Ego” sohasi-bu shaxsning ongli tomonini ifodalovchi rasional qismidir. “Ego” doimiy ravishda “Id” sohasi bilan o‘zaro ta’sirlashuvda bo‘ladi, ikki asosiy instinktlar Men tomonidan tanlanadigan mexanizm hali aniq ta’biri mavjud emas.


Siqib chiqarish jinsiy xohishlar bilan kurashishda foydalaniladi.


“Men” va “U” ning titib ko’rish va “Ustun menning” shakllanishiga qadar bir necha himoya mexanizmidan foydalaniladi.


Barcha himoya mexanizmlarining maqsadi “Men”ga yordam berishdan iborat. Shu sababli ham u uchta asosiy bezovtalanishga yo‘naltirilgan, ya’ni Menni zararlashi mumkin bo‘lgan nevrotik, axloqiy, va real.


Biroq Men ichdan chiqadigan norozilikdan himoyalanib qolmasdan, ilk davrlarda Men xavfli instinktiv stimullar bilan tanishadi, shuningdek, u norozilikni boshdan kechiradi.


Agar tashqi qoniqish yoki manfaatning asosiy manbai tashqi obyekt bo‘lgan holda unda shunchalik yuqori norozilikni kechirishga sabab bo‘lib qoladi.


Yosh bolaning Meni ko‘proq qoniqish prinsipi bilan yashaydi. U tashqaridan bo‘ladigan norozilikni hali ko‘p kechirmaydi.


Shaxsning rivojlanishi. Z.Freyd pasiyentlarining hayotini kuzatish asosida shaxs shakllanishini dastlab besh yilda amalga oshishini xulosaladi. Bolalar shaxs sifatida shakllanishida qator psixojinsiy davrlarni boshdan kechirishini va bu


25
bosqichlar alohida quvvat manbai erogen zonalarning o‘rniga bog‘liq deb ko‘rsatdi. Freyd ishonch bilan o‘g‘il bolalarning fallik bosqichdagi genetik ta’sir tufayli onasiga nisbatan otasini rashk qilishini qayd etdi. Buning sababini grek afsonasi “Shox Edip” afsonasiga tayanib, “Edip kompleksi” orqali tushuntirdi. Edip o‘zi bilmagan holda otasini o‘ldirib, Onasiga uylanadi.


Freyd psixojinsiy rivojlanish bosqichlarini 5 davrini keltirib o‘tadi. U quyidagi 1-jadvalda o‘z aksini topgan:


1-jadval







Yüklə 10,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə