Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti c-1-21 guruh talabasi Raxmonova Fotimaning falsafa fanidan “Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot” mavzusida


Global makonda axborot texnologiyalari, sun`iy intellekt va virtual reallikning mutanosibligi



Yüklə 424,8 Kb.
səhifə10/11
tarix09.04.2023
ölçüsü424,8 Kb.
#104822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
falsafa

Global makonda axborot texnologiyalari, sun`iy intellekt va virtual reallikning mutanosibligi.

1957 yilda taniqli iqtisodchi va sotsiolog J.Gelbreyt «Serobgarchilik jamiyati» kitobini e’lon qildi va uning asosiy g‘oyalarini keyinchalik o‘zining «YAngi industrial jamiyat» deb nomlangan boshqaasarida rivojlantirdi. Uning asarlarida inson fan va texnika sohasida erishayotgan yutuqlarga yuksak va faqat ijobiy baho beriladi, mazkur yutuqlar ta’sirida jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy tuzilmalarida chuqur o‘zgarishlar yuz berayotganiga e’tibor qaratiladi.Taniqli fransuz faylasufi R.Aron asarlarida, shuningdek, uning1956-1959 yillarda Sorbonna universitetida o‘qilgan ma’ruzalarida, amerikalik siyosatshunos U.Rostouning 1960 yilda chop etilgan va o‘z davrida shov-shuvga sabab bo‘lgan «Iqtisodiy o‘sish bosqichlari. Nokommunistik manifest» kitobida «industrial jamiyat» nazariyasi yanada to‘laroq asoslab berildi. Bu olimlar fikriga ko‘ra, fan-texnika inqilobi ta’sirida «odatdagi» agrar jamiyat o‘rnini sanoat jihatidan taraqqiy etgan «industrial» jamiyat egallaydi va bu erda bozor sharoitida ommaviy ishlab chiqarish birinchi o‘ringa chiqadi. Sanoatning rivojlanish va texnika yutuqlaridan foydalanish darajasi bunday jamiyat progressivligining bosh mezonlariga aylanadi.Jamiyat hayotining barcha sohalariga kompyuterlarning keng joriy etilishi yangi nazariyalar, chunonchi: «postindustrial», «informatsion» (D.Bell, G.Kan, J.Furaste, A.Turen), «texnotron» (Z.Bjezinskiy, J.J.Servan-SHrayber), «o‘ta industrial», «kompyuter» (A.Toffler) jamiyati nazariyalari yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Ularda ijtimoiy taraqqiyotning asosiy mezoni sifatida texnika yutuqlari, aniqrog‘i faqatgina ular emas, balki fan va ta’limning rivojlanishi amal qiladi. Kompyuter texnikasi negizida yaratilgan yangi texnologiyalarning amalga joriy etilishi taraqqiyotning muhim mezoni hisoblanadi.Amerikalik taniqli faylasuf va sotsiolog D.Bell bo‘lg‘usi ijtimoiy qurilish shaklshamoyillarini belgilar ekan, hali Internet paydo bo‘lishidan ancha oldin shunday degan edi: «SHunga ishonchim komilki, axborot va nazariy bilim postindustrialjamiyatning strategik resurslaridir. Bundan tashqari, o‘zining yangi rolida ular hozirgi tarixning tub burilish nuqtalaridir»6.D.Bell birinchi burilish nuqtasi sifatida hozirgi jamiyatda «umumiy bilim» sifatida asosiy ishlab chiqaruvchi kuchga aylangan fan xususiyatining o‘zgarishini qayd etadi. Ikkinchi burilish nuqtasi yangi texnologiyalar paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib, ular, sanoat inqilobi davri texnologiyalaridan farqli o‘laroq, o‘ta moslashuvchan va osongina qayta ixtisoslashtirilishi mumkin. U «Hozirgi texnologiya betakror vaayni vaqtda rang-barang natijalarga erishish uchun ko‘p sonli muqobil yo‘llar ochadi, bunda moddiy ne’matlar ishlab chiqarish mislsiz darajada o‘sadi. Bular – imkoniyatlar, hamma gap ularni ro‘yobga chiqarishda»deb qayd etgan edi Texnopessimizm fan texnika yutuqlari insoniyatni boshi berk ko‘chaga olib kiradi va pirovardda u halok bo‘ladi deb hisoblaydi. Ko‘rib chiqilayotgan nazariyalarning ayrim tarafdorlari fan-texnika inqilobining salbiy oqibatlariga, xususan atrof muhitning ifloslanishi muammolariga ma’lum darajada e’tibor bergan bo‘lsalar-da, lekin, umuman olganda, ularning hech biri bundan 1980-yillarning o‘rtalarigacha jiddiy tashvishga tushmadi.


Yüklə 424,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə