Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti c-1-21 guruh talabasi Raxmonova Fotimaning falsafa fanidan “Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot” mavzusida



Yüklə 424,8 Kb.
səhifə4/11
tarix09.04.2023
ölçüsü424,8 Kb.
#104822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
falsafa

. Global jarayonlar tasnifi

biosferaga antropogen ta’sirning kuchayishi va insonning real «geologik kuch»ga aylanishi;ommaviy madaniyat, avvalo kino, musiqa, adabiyot, keng iste’mol mollari ishlab chiqarish sohasida faol rivojlana boshlashi; televizorning ixtiro etilishi, vaqt o‘tishi bilan u ommaviy madaniyatning asosiy targ‘ibotchisiga va globallashuv ramziga aylanishi; makon va vaqtni ilk bor insonning kundalik hayoti ko‘rsatkichlariga qadar uzilkesil «qisqartirgan» havo kemalarida qit’alararo qo‘nmay, to‘g‘ri uchib o‘tishlarlarda namoyon bo‘ldi.Ammo echilmagan ziddiyatlar va umumiy bog‘liqlikning kuchayishi insoniyat tarixidagi eng katta va davomli urush – Ikkinchi jahon urushi boshlanishiga olib keldi. Bu safar dunyo miqyosidagi urushda Er aholisining to‘rtdan uch qismi ishtirok etdi, Birinchi jahon urushiga qaraganda bir necha baravar ko‘proq qurbonlar berildi. Dunyo miqyosidagi jarayonlarning globallashuvi nuqtai nazaridan bu urushlarning ikkalasi ham amalda ayni bir global urushning turli bosqichlari edi. Ularning o‘rtasidagi farq faqat miqdor ko‘rsatkichlarida ko‘rinadi. Mohiyat e’tibori bilan, ikkala urush ham ayni bir masalalarni echish – XX asr boshida bo‘lib olingan, yaxlit va o‘zaro bog‘langan dunyoni qayta bo‘lib olishga qaratilgan edi. Urush olib borish usullari ham deyarli bir edi, farqi esa, texnik jihozlanish darajasi va miqyosi Ikkinchi jahon urushida bir necha baravar yuqori, mafkuraviy ta’sir esa avvalgi urushda yo mavjud bo‘lmagan radio, telefon, yo hali yaxshi rivojlanmagan aviatsiya, dengiz, temir yo‘l, avtomobil transporti aloqa va kommunikatsiya vositalaridan keng foydalanish bilan ko‘p karra kuchaytirilishida namoyon bo‘ldi.Ikkinchi jahon urushi ham, xuddi avvalgi jahon urushidek, urushdan keyingi dunyoviy tartibning o‘ziga xos xususiyatiga aylangan bir qator olamshumul oqibatlarga olib keldi. Ularning orasida eng muhimi shu bo‘ldiki, urush mutlaqo yangi qurol turi (atom va reaktiv qurol) yaratish borasidagi tadqiqotlar va amaliy ishlarni rag‘batlantirdi. Mazkur davrda ularning ilk namunalari jangovar sinovdan o‘tkazildi va insoniyatga butun dunyoni xarobazorga aylantirish va barcha tirik mavjudotlarni qirib tashlash uchun cheksiz imkoniyatlar yaratdi. Fan-texnika taraqqiyotining ayni shu yutuqlari keyinchalik «sovuq urush» davrida avj olgan qurollanish poygasining mohiyati va mazmunini belgilab berdi va sayyoramizning nozikligi va makonda tutashligini amalda namoyish etdi.Ikkinchi jahon urushining boshqa bir oqibati jamiyat hayotiningijtimoiy-siyosiy sohasida yuzaga keldi va u turli-tuman xalqarotashqilotlarning mislsiz darajada o‘sishida namoyon bo‘ldi. Ularningorasida Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT), hech shubhasiz, ajralibturadi. Evropadagi integratsiya jarayonlari hamurushning tugashi bilanbog‘liq bo‘lib, Buyuk Britaniya bosh vaziri U.CHerchill Evropa qo‘shmaSHtatlarini tuzishga chaqirgan 1946 yilni ularning sanoq boshi deb hisoblash mumkin. Bosh harbiy jinoyatchilar guruhi va natsistlarning asosiy tashkilotlari ustidan o‘tkazilgan Nyurnberg sud jarayoni yana bir muhim tadbir va ayni vaqtda xalqaro munosabatlarni huquqiy tartibga solish sohasida dunyo miqyosidagi hamkorlikning ilk tajribasi bo‘ldi.


Yüklə 424,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə