Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti c-1-21 guruh talabasi Raxmonova Fotimaning falsafa fanidan “Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot” mavzusida



Yüklə 424,8 Kb.
səhifə5/11
tarix09.04.2023
ölçüsü424,8 Kb.
#104822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
falsafa

. Global jarayonlar tasnifi

Bu jarayon 1945 yil 8 avgustda g‘olib mamlakatlar – SSSR, AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan tashkil etilgan tarixdagi birinchi Xalqaro harbiy tribunal tomonidan amalga oshirildi va hozirgi xalqaro sud tizimini tashkil qilish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Ayni shu davrda liberalizm vademokratiya g‘oyalari dunyo miqyosida keng tarqala boshladi, ijtimoiy borliqasoslarini, jamiyatning axloqiy negizlari va ijtimoiy rivojlanishning asosiy tamoyillarini qayta anglab etishga qaratilgan jiddiy tadqiqotlarva nazariy ishlovlar majmui paydo bo‘ldi.Globallashuvning serqirraligi. Dunyo miqyosidagi tahdidlar va globallashuv jarayonlarini aholining keng qatlamlari anglab etishi, shuningdek jahon hamjamiyati va unga mos keluvchi qadriyatlarg amunosabat, madaniyat, turmush tarzining shakllanishi gldoballashuv serqirraligi bosqichiga xos xususiyat hisoblanadi. 1970-yillardan globallashuv o‘z rivojlanishining yangi bosqichiga ko‘tarildi va serqirra tus oldi. Ayni shu davrda axborot-texnologiya inqilobining rivojlanishi jadallashdi, mif, din, falsafa, fan, ekologiya bilan bir qatorda global ong ijtimoiy ongning yana bir shakli sifatida paydo bo‘ldi. Globallashuvning serqirragi jahon bozorini sezilarli darajada o‘zgartirdi, jahon xo‘jaligi o‘ziga xos xususiyatlarini namoyon etib, milliy xo‘jaliklardan kuchliroq va muhimroq tus olishiga imkoniyat yaratdi. Quyidagilar globallashuv serqirraligining muhim xususiyatlari hisoblanadi:a) «rezonans effekti»ning paydo bo‘lishi, bunda iqtisodiy yuksalishlar yoki tangliklar bir mamlakatdan u bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan boshqa mamlakatlar va mintaqalarga o‘tadi; b) turli tovarlar va xizmatlar jahon bozorlarining yaratilishi;v) ko‘rsatilgan tovarlar va xizmatlarga jahon narxlariningshakllanishi, ular mazkur tovarlar va xizmatlar milliy ishlab chiqaruvchilarining siyosatini ko‘p jihatdan belgilashi. Iqtisodiyotning internatsionallashuvi va pul rolining unifikatsiyalashuvi bilan bir qatorda ommaviy jamiyat va unga mos keluvchi ommaviy madaniyatning shakllanishiserqirra globallashuvning o‘ziga xosxususiyatiga va muayyan darajada uning qonuniy mahsuliga aylandi.Zamonaviy transport va aloqa vositalari sharofati bilan makon vavaqt omillari amalda muhim ahamiyatga ega bo‘lmay qolgan globallashuv sharoitida, til turli xalqlarning iqtisodiy, siyosiy, ilmiy, maishiy va hokazo aloqalari va muloqoti yo‘lidagi oxirgi jiddiy to‘siq bo‘lib qoldi. Umumiy qabul qilingan tilga ob’ektiv ehtiyoj doimo mavjud bo‘lgan, lekin jahon savdosi va kapitallarni bir joydan boshqa joyga o‘tkazish hajmlari ko‘p karra o‘sgan, siyosiy munosabatlar global darajagacha kengaygan, xalqaro jamoat tashkilotlari, sport musobaqalari, turistik industriya va shu kabilar paydo bo‘lgan serqirra globallashuv davrida u ayniqsa kuchaydi. Bugungi kunda ingliz tili bir qator ob’ektiv sabablarga ko‘ra madaniyatlararo muloqot tiliga aylandi.1991 yilda Internet paydo bo‘lganidan so‘ng dunyo informatsion jihatdan ham uzil-kesil tutashdi. Kompyuter inqilobi va Internet tarmog‘ining rivojlanishi chegaralardan boshqa hamma narsa mavjud bo‘lgan yangi axborot maydonini vujudga keltirdi.


Yüklə 424,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə