Buxoro tuman 47-umumiy o’rta ta’lim maktabining sinf o’quvchisi ning Ota – onasi bilan suhbat daftari


III-chorak. Bolaning maktabdagi 6 muammosi



Yüklə 34,37 Kb.
səhifə4/6
tarix22.03.2024
ölçüsü34,37 Kb.
#181286
1   2   3   4   5   6
@idum uz ota onalar bilan ishlash daftari

III-chorak.
Bolaning maktabdagi 6 muammosi
Kichik masalalar bolalar nazdida juda ulkan muammodek ko’rinishi mumkin. Shu sababdan ularni hal etishda sizning yordamingiz va qo’llab-quvvatlashingiz g’oyat muhim. Xo’sh, bolalar ruhiyati bilan bog’liq vaziyatlarda qanday yo’l tutishimiz kerak? Bu haqida psixolog Shahnoza Xalilova tavsiya beradi.
1.Agar maktabga borishni istamasa…Bolalar ertalab uyqudan uyg’onishga qiynalganliklari uchun maktabga borishni istashmaydi. Tadqiqotchilar 5-6 haftadan keyin bola yangi kun tartibiga o’rganishini ta’kidlashmoqda. Shu sababdan farzandingiz kun tartibiga qat’iy rioya qilishini nazoratga oling. Sport to’garaklari yoki qo’shimcha mashg’ulotlarga yaxshisi 3-4 oydan so’ng jalb qiling.
2.Darsga qiziqmasa…Boshlang’ich sinf o’quvchilari bu muammoga deyarli duch kelishmaydi. Esini tanigan bolalar esa tushunmaganida, darsga tayyor bo’lmaganida qiziqmasligi mumkin. Bola mavzuni bilmaganidan qo’rqib, 45 daqiqa tahlikada o’tiradi. Bunday vaziyatda o’zingiz mavzularni tushuntiring. Ammo qo’shimcha darslar bilan yuklamani oshirish tavsiya etilmaydi.
3.Mustaqil dars tayyorlamasa…Bola yoshligidan har narsani tayyoriga erishib o’rgangani uchun dastlab darslarni ham ota-onasi bilan birga tayyorlashni xohlaydi. Shuning uchun ota-onalar tayyor javobni emas, aynan nimani tushunmayotganligini aniqlashlari va o’sha mavzuni faqatgina tushuntirib berishlari lozim. Bundan tashqari, bola bilan haftada besh kun emas, aytaylik, faqat uch kungina birga dars tayyorlashga kelishib oling. Qolgan kunlari esa tayyorlagan darsini faqat tekshirib bering va albatta, maqtab qo’yish ham yodingizdan ko’tarilmasin.
4.Masxara qilishsa…Bunday vaziyatda o’qituvchi, direktor yoki dilozorlarning ota-onasi bilan gaplashishga shoshilmang. Shunday qilsangiz, bolangiz endi «chaqimchi» tamg’asini ham ko’tarib yurishga majbur bo’ladi. Yaxshisi, farzandingizning muammoga nisbatan qarashini to’g’ri shakllantirishga harakat qiling. Agar shunda ham vaziyat o’zgarmasa, uning do’stlari bilan ishlashga to’g’ri keladi.

Yüklə 34,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə